M a V z u: Peloponnes urushlari


Peloponnes urushlari yakuni va oqibatlari



Download 276,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana01.01.2022
Hajmi276,91 Kb.
#293949
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
peloponnes urushlari

4. Peloponnes urushlari yakuni va oqibatlari. 

Peloponnes  urushining  asosiy  natijasi  Afinaning  Sparta  bilan  Yunonistonda  gegemonlik 

qilish  uchun  qilgan  uzoq  kurashidan  so`ng  to`la  va  batamom  mag`lubiyatga  uchragani  bo`ldi. 

Afinaliklar mag`lubiyatining sababi nimada edi? Avvalo Afina dengiz davlati vaqt sinoviga dosh 

berolmadi:  Afinaning  siyosati  uning  ittifoqdoshlarida  norozilik  uyg`otdi.  Afinaning  qudratli 

paytida  ittifoqdoshlar  foyda  ko`rar  edi,  biroq  liderning  kuchi  va  irodasi  sustlasha  boshlaganda, 

ittifoq tarqaldi. Afina mag`lubiyatining boshqa sababi ular urush rejasining nobopligi edi: dengiz 

jangi  bilan  Spartadek  continental  davlatni  qulatib  bo`lmasdi.  O`z  yurtini  talashlariga  qo`yib 

berish  xato  edi,  albatta.Hatto  Afinadek  yuksak  rivojlangan  shahar  ham  qishloq  xo`jaligi 

hududlari bilan jonli aloqasiz mavjud bo`lishi mumkin emasdi. Dengizdagi ustunlik afinaliklarda 

ekanligida,  ularning  shahri  tashqin  aloqalar  hisobiga  yashashi  mumkin  edi,  lekin  bu  ustunlikni 

yo`qotish  bilan  Afina  och  o`limga  mahkum  edi.  Bulardan  tashqari  afinaliklarda  mustahkam 

boshqaruv  yo`qolgan  edi,  operatsiyalarni  amalga  oshirishda  noma’qulchiliklar  ham  bor  edi. 

Bunga  Sitsiliyaga  uyushtirilgan  ekspeditsiya  misol  bo`la  oladi.  U  barbod  bo`lgan  edi.  Va, 

nihoyat,  Afinaning mag`lubiyatiga Spartaliklarga forslarning moliyaviy  yordam  ko`rsatgani o`z 

ta`sirini  o`tkazgan.  Bu  yordam  spartaliklarga  xususiy  qudratli  flot  tuzib,  afinaliklar  eng  kuchli 

bo`lgan  joyda–  dengizda  –  ularni  mag`lub  qilish  imkonini  bergandi.  Xo`sh,  spartaliklarning 

g`alabasi yunon polislariga nima olib keldi? Sparta urushni ellin ozodligini afinaliklar zulmidan 

qutqarish shiori ostida olib borgan. Ammo, Spartani qo`llab-quvvatlash va uning tarafida bo`lish 

bilan  yunonlar  aytarli  hech  nimaga  erishishmadi.  Afina  gegemonligi  o`rniga  Spartaniki  keldi, 

xolos.  U  qurol  kuchi  bilangina  qattiq  nazorat  qilganligi  tufayli  “ozod  qilinganlar”  uchun 

afinaliklarnikiga  nisbatan  100  barobar  og`irroq  edi.  Spartaning  g`alabasi  ularning  tarafida 

bo`lgan aristokratiyani asta olib kelayotgan edi. Bu munosabat uchun xarakterli vaziyat Afinada 

edi.  Quvg`in  qilinganlarning  qaytib  kelishi  antidemokratik  harakatlarni  kuchaytirib  yubordi. 

Lisandr  qo`llab-quvvatlayotgan  oligarxlar  xalq  yig`ilishiga  mavjud  konstitutsiyani  bekor  qilib 

ideal bo`lgan “otalar tuzumi”ga qaytish uchun bosim o`tkazayotgan edilar.

59

 Islohotlarni amalga 



oshirish maqsadida 30 kishidan iborat komissiya tuzib chiqildi. Uning tarkibiga sofist Kritiy va 

Feramen  ham  kiritilgan  edilar.  Rasman  eng  badavlat  “uch  minglar”da  siyosiy  huquqlar  saqlab 

qolingan bo`lsa-da, boshqaruvchilar hech kim bilan hisoblashib o`tirishmasdi, ular chinakamiga 

tiranlarga  aylangan  edilar.  Sparta  garnizoniga  tayangan  holda  ular  afinaliklarni  ezishardi. 

Repressiya  “O`ttiz”  dushmanlarni  ichidan  topishi  mumkin  bo`lgan  barcha  demokratlar,  obro`li 

fuqarolar  hamda  davlati  qaysidir  arbobni  o`ziga  tortgan  boylar  boshiga  tushdi.  Bu  oradan 

Beotiyadan  Attikaga  quvg`inga  uchragan  demokratlar  Frasibul  boshchiligida  bostirib  kirishdi. 

Ular  File qal`asida biroz to`xtab, keyin  Afinaga  yo`l  olishdi. Munixiya(Pirey  rayonlaridan biri) 

yaqinida  bo`lib  o`tgan  hal  qiluvchi  jangda  demokratlar  ularning  qarshisiga  kelgan  oligarxlarni 

yer tishlatishdi. Kritiy jangda halok bo`ldi va Afinada hokimiyat “O`ttizlar” komissiyasidan “uch 

minglar”  yig`ini  tayinlagan  yangi  oligarxlar  hukumatiga  o`tdi.  Biroq  yangi  hukumatning 

                                                 

58

 Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,211. 



59

 Хронология войн – Пелопоннесские войни. Skazania.ru sayti. 




 

- 16 - 


hokimiyati Afinaning o`zidagina tarqaldi, Pireyda esa demokratlar mustahkam o`rnashib oldilar. 

Lisandr  oligarxlarga  yordamga  kelishni  xohlardi,  biroq  obro`si  ko`tarilib  ketishidan  qo`rqib 

Lisandrni  Sparta  hukumati  to`xtatib  qoldi  hamda  ular  orqali  Afinada  Pirey  demokratlarining 

partiyasi  va  shahar  oligarxlar  partiyasi  o`rtasida  yarashuv  vujudga  keldi.  Demokratiya  qayta 

tiklandi    (eramizdan  avvalgi  403-yilning  kuzi),  biroq  bu  urushdan  oldin  Afinada  hukm  surgan 

o`sha  buyuk  demokratiyaning  soyasi  edi,xolos.  Umuman  olganda,  yunonlar  uchun  Peloponnes 

urushining  mohiyati  salbiy  bo`ldi.  Yangi  tinchlik  va  yangi  boshqaruv  tizimi  avvalgisichalik 

mustahkam  emasdi  va  tez  orada  ellinlar  yangi  ichki  nizolar,  kelishmovchiliklar  og`ushida 

qoldilar. Urush  fuqaroviy  jamoalar o`rtasida kelishmovchilikning kelib  chiqishiga sabab bo`ldi. 

U  kambag`allar  va  boylar,  shahar  demosi  va  qishloq  xo`jaligi  aristokratlari,  demokratlar  va 

oligarxlar  o`rtasidagi  munosabatlarni  keskinlashtirdi.  Urush  fuqarolarning  qo`shinga  jalb 

qilinishini kuchaytirmadi, balki, aksincha,  yollanma armiyalar va ular qo`mondonlarining rolini 

oshirib  qo`ydi.  Urush  shuningdek  an`anaviy  polis  ruhining  nobud  bo`lishiga  olib  keldi: 

kurashayotgan  tomonlarning  buzg`unchi  siyosati,  siyosiy  guruhlar  va  arboblar  ochko`z 

manfaatlarining  to`qnashuvi  –hammasi  qabul  qilingan  qonun-qoidalarning  nisbiy  ekanligini 

isbotlab  turardi.  Peloponnes  urushi  keying  yuz  yillikda  polis  tizimini  inqirozga  olib  kelgan 

jarayonlarning kuchli turtkisi bo`libgina qolmay, o`zi ham uning dastlabgi bosqichi edi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

- 17 - 



Download 276,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish