M a V z u: Peloponnes urushlari


Arxidam urushi va mustahkam bo`lmagan yarashuv



Download 276,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana01.01.2022
Hajmi276,91 Kb.
#293949
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
peloponnes urushlari

2. Arxidam urushi va mustahkam bo`lmagan yarashuv 

Eramizdan avvalgi 431-yilning bahoriga kelib tomonlar tayyorgarlikni tugatishdi

20

. Urush 


harakatlari  fivanliklarning  Afinaga  ittifoqdosh  bo`lgan  beotiylar  shahri  Plateyaga  kutilmagan 

hujumi  bilan  boshlandi,  lekin  fivanliklar  otryadi  tor-mor  etildi.  Asirga  olingan  jangchilar  qatl 

etildi.  Ular  orasida  ko`zg  ko`ringan  fivanlik  aristokratlar  ham  bor  edi.  Javob  tariqasida  katta 

Peloponnes  qo`shinlari  yoz  oyi  boshida  Attika  hududiga  kirib  bordi.  Pelloponnesliklarga 

                                                 

15

 Война Афин со Спартой. Fraktal-vortex.narod.ru sayti. 



16

The history of the Peloponnesian war. Classics.mit.edu sayti.  

17

 Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,200. 



18

 Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,200. 

19

 Фукидид. История 



(ПОД РЕДАКЦИЕЙ Э.Д.ФРОЛОВА)

. - 


Санкт-петербург: Наука, 1999. – ст.138.

 

20



 The Peloponnesian war. Internetwars.ru sayti. 


 

- 7 - 


spartalik  hukmdor  Arxidam  qo`mondonlik  qildi.  Shuning  uchun  ham  Peloponnes  urushlarining 

butun  birinchi  davrini,ya`ni  mil.avv.421  yilgacha,  Arxidam  urushi  deb  atashadi

21



Dushmanlarning hujumi  qishloq  aholisini shaharga ko`chib,  uning devorlaridan panoh topishga 



majbur  qildi.  Afinada  ko`p  sonli  odam  to`planib  qoldi.  Ularning  bir  qismi  qarindoshlari  va 

do`stlarinikidan  qo`nim  topishgan  bo`lsa,  qolgan  katta  qismi  jamoat  binolari,  ibodatxonalar  va 

baraklardan  boshpana  topishga  majbur  edi.  Dehqonlar  afina  shaharlari  devorlaridan  dushman 

qanday qilib ularning dalalari va uylarini vayron qilayotganini ko`rib turishardi. Olomon ichida 

shovqin  ko`tarildi  –  ko`pchilik  dushmanga  qarshi  munosib  javob  berishni  talab  qilardi.  Ammo 

Perikl dushmanning ustun qo`shinlari bilan ochiqdan-ochiq jangga kirish tavakkal ekanini anglab 

turardi va shuning uchun yurtdoshlarini bunday to`qnashuvdan saqlab qolishni epladi. Attikaning 

shimoliy  qismini  bo`m-bo`sh  qilgach  Arxidam  tezda  o`z  qo`shinini  Peloponnesga  qaytarib  olib 

ketdi, afinaliklar esa jonli kuchlarini saqlab qolishdi. Bu orada Afinaning floti Peloponnes atrofi 

bo`ylab  tekshiruv,  reyd,  o`tkazib  ulgurgandi.  Afinaliklar  qirg`oqbo`yi  hududlarini  bo`shatib, 

ularni  o`zlarining  Kefalleniy  orollari  itiifoqiga  birlashtirishardi  hamda  ular  Korinfning  bir 

koloniyasini  ham  qo`lga  kiritishdi.  Undan  tashqari,  afinaliklar  ikkita  qashatqich  operatsiyani 

amalga  oshirishdi:  Eginadan  spartaliklarni  qo`llab-quvvatlagani  uchun  mahalliy  aholi  quvg`in 

qilindi va ularda Afina koloniyalari joylashtirildi, yil oxiriga borib esa Megaridaga yurish qilindi. 

Eramizdan  avvalgi  430-yilda  peloponnesliklar  Attikaga  takror  yurish  qildi;  busafar  Arxidam 

ancha  ichkariga  kirib  bordi  va  mamlakatda  deyarli  bir  yarim  oy  qoldi

22

.  Dushmanlar  yana 



ekinlarni  yo`q  qilib  Afina  dehqonlarining  uylarini  yoqib  yuborishardi.  Qishloq  xo`jaligi 

hududlarining  vayron  etilishi  afinalilar  uchun  og`ir  zarba  bo`ldi,  ammo  undan  ham  yomoni 

shundaki,  Pirey  bandargohi,  undan  keyin  esa  Afinaning  o`zida  ham  qadim  odamlari  “chuma” 

deb  nomlagan  epidemiya,  hoynahoy  bu  vabo,  tarqaldi.  Aytishardiki,  uni  dushman  atayin  olib 

kelgan deb, biroq ehtimol, u savdo kemalari orqali epidemiya tarqalgan Misr yoki Old Osiyodan 

kirib  kelgan

23

.  Uncha  katta  hududga  ega  bo`lmagan  va  oddiy  gigiena  shart-sharoitlari  mavjud 



bo`lmagan  bu  shaharda  200minggacha  odam  to`plangan  edi–epidemiya  aql  bovar  qilmas 

darajada  tez  tarqalib  borardi.  Fukididning  guvihlik  berishicha,  jang  salohiyatiga  ega  bo`lgan 

armiyaning  to`rtdan  bir  qismi  halok  bo`ldi.  Bundan  tashqari  Afina  xalqning  ma`naviy  ahvoli 

og`irlashib, ishonchsizlik kayfiyati avj olib borardi. To`g`ri, epidemiyaning o`z qo`shinida ham 

tarqalishidan  qo`rqib  Arxidam  Attikani  tozaladi.  O`sha  vaqtning  o`zidayoq  Perikl  floti  bilan 

Peloponnes  atrofida  yana  reyd  o`tkazdi,  biroq  shimoliy  va  sharqiy  sohildagi  bir  nechta 

punktlarning  vayron  etilishidan  boshqa  natijaga  erishilmadi.  Keyin  flot  va  qo`shin  Xalkidika 

qirg`oqlariga  yo`naltirildi,  lekin  bu  yerda  afinaliklarning  harakatlari  epidemiya  tufayli  mutlaq 

cheklangan edi. Kasallik  yangi  qo`shilgan jangchilarning uchdan birini nobud qildi  va mil.avv. 

432-yildan  beri  Potideyani  qamal  qilib  kelayotgan  Afina  qo`shinlariga  o`tdi

24

.  Bu  hamma 



muvaffaqiyatsizliklar  natijasida  Perikl  siyosiy  quladi.  Eramizdan  avvalgi  430-yilning  yozida 

navbatdagi  mehnat  yili  uchun  strateglar  tanlash  saylovida  oxirgi  15  yil  ichida  birinchi  bo`lib  u 

Afinadagi  eng  muhim  bu  lavozimga  saylanmadi.  Muxolofat  darhol  Periklga  qarshi  sud 

jarayonini  boshlab  yubordi:  u  jamoat  pullarini  sovurib  yuborishda  ayblanib  50  talantlik  katta 

jarimaga  tortildi

25

.  Ammo  Perklning  chetlatilishi  Afinada  siyosiy  oqimning  o`zgarishiga  olib 



bormadi. Sparta bilan muzokaralar olib boorish haqidagi taklif va urunishlar tez orada qoldirildi: 

ikkala  tomon  ham  yon  bosishni  xohlamasdi,  urush  davom  etdi.  Mil.avv.430/29-yilning  qishida 

afinaliklar holati  biroz  yaxshilandi: ular nihoyat  Potideyani  qo`lga kiritishdi;  Afina floti  Korinf 

ko`rfaziga kirib borib, Korinfni qamal qila boshladi

26

. Afinada siyosiy vaziyat biroz  yengilladi. 



Perikldan  ayblari  olib  tashlanib,  u  yana  strateg  etib  tanlandi.  Lekin  bu  mashhur  afinalik 

siyosatchining so`nggi zafari edi: mil.avv. 429-yilning kuzida uning o`zi shafqatsiz kasallikning 

                                                 

21

 Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,203. 



22

 Война Афин со Спартой. Fraktal-vortex.narod.ru sayti. 

23

 Фукидид. История 



(ПОД РЕДАКЦИЕЙ Э.Д.ФРОЛОВА)

. - 


Санкт-петербург: Наука, 1999. – ст.132.

 

24



 Золотой век Древней Греции и Пелопоннесскаявойна. Хreferat.ru sayti. 

25

 Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,200. 



26

 The Peloponnesian war. Internetwars.ru sayti. 




 

- 8 - 


qurboni  bo`ldi.  Periklning  o`limi  Afinada  o`ziga  xos  siyosiy  vakuumga  olib  keldi.  Unga 

arziydigan  davomchi  topilmadi.  Xalq  yig`inida  Kleon  ancha  ko`zga  ko`ringan  edi,  lekin  u 

shunchaki  demagog(balandparvoz  so`zlar,  va`dalar  bilangina  cheklanadigan  siyosiy  arbob)  edi; 

harbiy  ishlarga  esa  Perikl  davrasidan  bo`lgan  Nikiy  ismli  aslzoda,  Perikl  rejasining  harbiy 

tomonini  har  holda  chidasa  bo`ladigan  darajada  olib  bora  oladigan,  lekin  unga  siyosiy  tus  bera 

olmaydigan  oddiy  strateg  boshchilik  qilardi.  Tashabbuskor  sardorning  yo`qligi  darrov  sezildi: 

mil.avv.429-yilda  afinaliklar  bironta  ham  faol  operatsiya  amalga  oshirishmadi

27

.  Ammo 



dushman  tomon  tetik  harakat  qilardi:  peloponnesliklar  Plateyani  qamal  qilishni  boshlab  g`arb 

tomonga  ikkita  hujum  uyushtirishdi:  quruqlikda  –  Akarnaniyaga  qarshi,  dengizda  esa  – 

Navpaktdagi  Afina  flotiga  qarshi.  To`g`ri,  ikkala  harakat  ham  omadsizlik  bilan  tugadi,  biroq 

peloponnesliklarning  dengizda  ancha  faol  ekanligi  namoyon  bo`ldi.  Mil.avv.428-yil  afinaliklar 

uchun og`ir sinovlar yili bo`ldi. Spartaliklar yana Attikaga hujum qilishdi va deyarli darhol shu 

voqeadan  keyin  muhim  orol  Lesbosda  qo`zg`olon  ko`tarildi.  Bu  orolning  ajralib  chiqishi 

Afinaning  Egey  dengizining  shimoli-sharqiy  qismida  hukmronligini  xavf  ostida  qoldirardi.  U 

yerdagi  suv  havzalari  o`ta  muhim  bo`lib  ularning  qo`ldan  ketishi  boshqa  ittifoqdoshlar  uchun 

yomon namuna bo`lishi mumkin edi. Afinaliklar bosh ko`targan asosiy shahar Mitilenani qamal 

qilishni boshlashdi. Eramizdan avvalgi 427-yilning bahorida Mitilenada ocharchilik boshlandi va 

mitilenalik hukmdurlarning afinaliklar oldida urush harakatlarini to`xtatishga majbur qilgan quyi 

qatlam  harakatlari  avj  oldi

28

.  Sparta  Afinaga  hujum  qilish  uchun  qulay  vazuyatni  qo`ldan  boy 



berdi.  Afina  xalq  yig`inida  bosh  ko`targan  lesbosliklarni  qanday  qilib  jazolash  haqida 

muhokamalar  ketardi.  Zero  ularning  taqdiri  boshqa  ittifoqchilar  uchun  dars  bo`lishi  ko`zda 

tutilgan  edi.  Savdo-hunarmandchilik  vakillari  va  shahar  demosining  manfaatlarini  ifodalagan 

holda  Kleonning  partiyasi  urushni  davom  ettirishni  va  ittifoqchilar  bilan  munosabatlarni 

susaytirmaslikni  talab  qilardi.  Kleon  hamma  katta  erkaklarni  qatl  qilish,  ayollar  va  bolalarni 

qullikka  sotib  yuborish  hamda  qolgan  yerlarni  afinalik  kolonistlarga  bo`lib  berish  taklifi  bilan 

chiqdi.  Bu  taklifga  Nikiy  bosh  bo`lgan  boshqa  guruh  qarshilik  bildirdi.  Uning  guruhi  iloji 

boricha tez urushni tugatish va hech qanday zo`rlik ishlatmaslikning tarafdori edi. Ularning sa`y-

harakatlari  bilan  mag`lub  bo`lganlar  qismati  biroz  yumshatildi:  Lesbos  shaharlari  (sodiq  bo`lib 

qolgan  Metimnadan  tashqari)  o`z  avtonomiyasi  (mustaqilligi)  va  flotidan  mahrum  qilindi,  qatl 

hukmi faqatgina qo`zg`olonning eng faol ming nafar ishtirokchilariga berildi. Lesbos yerlarining 

sezilarli qismi esa 2700 ta afina kolonistlariga bo`lib berildi.

29

 Lesbosdagi qo`zg`olonni bostirish 



afinaliklardan  katta  kuch  talab  qildi  va  boshqa  ishlar  e`tiborsiz  qoldirildi.  Dushman  qamalida 

qolgan Plateya o`z taqdiriga tashlab qo`yildi. Oxir oqibatda shaharning taslim bo`lishiga to`g`ri 

keldi  (eramizdan  avvalgi  427-yilning  yozida,  Mitilenaning  qulashidan  keyinoq);  u  yerda  ham 

qatllar  boshlandi.  Taxminan  Lesbosdagi  qo`zg`olon  bilan  bir  paytda  Kerkirada  ham  yetarlicha 

og`ir  ahvolga  kelib  qolgan  Afina  ittifoqidan  chiqishga  urunishlar  bo`ldi.  Mulkdor  guruhlar 

tashabbusi  bilan  qilingan  bu  urinishlardan  xalqning  qahri  keldi  va  orolda  fuqarolar  urushi 

boshlanib ketdi. Unda – asosan demokratlar tomonida turib – qullar ham ishtirok etishdi. Afina 

eskadralarining yetib kelishi demokratlar g`alabasini ta`minladi va Afina bilan ittifoq tasdiqlandi. 

Kerkira  demokratlari  dushmanlariga  qirg`in  uyushtirishdi.  “7  kun  davomida,  –  deb  yozadi 

qadimgi  tarixchi,–kerkiraliklar  o`z  fuqarolar  qatorida  dushman  bo`lib  ko`ringan  hammani 

demokratiya  hokimiyatdan  chetlashtirishda  ayblab  o`ldirishardi;  lekin  birov  shaxsiy  adovat 

qurboni  bo`lardi,  boshqalar  esa  qarzdorlari  tomonidan  o`ldirilardi.  O`lim  har  ko`rinishda  hukm 

surardi,  bunday  davrlarda  odatda  sodir  bo`ladigan  hamma  narsa  bo`lardi,  hatto  undan  ham 

ziyoda:  ota  o`g`lini  o`ldirardi,  duojo`ylar  muqaddas  joylardan  mahrum  qilinib  o`sha  joylarning 

o`zida  ham  o`ldirib  yuborilardi;  ba`zilarni  Dionis  ibodatxonasiga  qamab  ustidan  g`isht  terib 

tashlashgan,  ular  o`sha  yerda  o`lim  topganlar”.

30

  Lesbos  va  Kerkira  bo`lgan  voqealar  Afina 



himoyasining  kuchsiz  tomonini  ko`rsatib  qo`ydi–separatchilik  harakatlari  va  davlat  qulashining 

                                                 

27

 Хронология войн – Пелопоннесские войни. Skazania.ru sayti. 



28

 Фукидид. История 

(ПОД РЕДАКЦИЕЙ Э.Д.ФРОЛОВА)

. - 


Санкт-петербург: Наука, 1999. – ст.138.

 

29



 То произведение… - ст.141. 

30

 Фукидид. История 



(ПОД РЕДАКЦИЕЙ Э.Д.ФРОЛОВА)

. - 


Санкт-петербург: Наука, 1999. – ст.156.

 



 

- 9 - 


ehtimoli  bor  edi.  Afinaliklar  eng  avvalo  o`z  manfaatlari  yo`lida  olib  borgan  urush 

ittifoqchilarning  noroziligini  keltirib  chiqardi,  xolos.  Bu  bilan  birga  Afinaga  bilan  munosabat 

ittifoqdosh  shaharlarda  noroziliklarni  keltirib  chiqardi:  asosiy  moliyaviy  og`irlik  bo`yinlariga 

tushgan  mulkdor  guruhlarda  borgan  sari  afinaliklarga  qarshi  kayfiyat  kuchayib  ketayotgan  edi; 

xalq  esa  odatdagidek  Afina  bilan  ittifoqni  saqlab  qolish  tarafdori  edi.  Natijada  Peloponnes 

urushlari  xususiy  jangovar  to`qnashuvdan  ko`ra  ko`proq  butun-grek  ijtimoiy-siyosiy  nizosiga 

aylanib borar edi. Bu orada Afina uchun Kerkira ustidan nazoratni saqlash juda muhim edi. Zero, 

ayni  shu  vaqtda  g`arbiy  frontning  ahamiyati  oshdi.  Shuningdek  Sitsiliyada  bir  guruh  polislar 

Sirakuza  boshchiligidaboshqa  shaharlar,  asosiy  tarkibi  uncha  katta  bo`lmagan  ioniy  shaharlari 

Leontina,  Katan,  Naksos,  Regiyga  qarshi  ichki  urush  boshladilar.  Keying  shaharlarga  ancha 

qiyin  bo`ldi  –  ulardan  ikkitasi  Leontin  va  Regiy  Afina  bilan  ittifoqdosh  edi.  Agar  afinaliklar 

g`arbda  o`z  ta`sirini  saqlab  qolishni xohlashsa,  darhol  jangga  aralashishlari  kerak  edi.  Shunday 

bo`ldi ham eramizdan avvalgi 427-yilning kuzida strateg Laxet 20ta kema bilan Sitsiliyaga suzib 

ketdi. U ulkan ulkan zafarlar quchdi. Shu tariqa Messapa afinaliklar tomoniga o`tdi. Eramizdan 

avvalgi 426-yil muvafaqqiyatdan ruhlangan afinaliklar Spartaliklarning muzokaralar boshlashga 

urinishini  rad  etganlaridan  so`ng  425-yilda  spartaliklar  5-marta  Attikaga  hujum  qilishdi

31

.  Bu 


orada afinaliklar sitsiliyaga 40ta kemadan iborat yangi eskadrani yuborishdi.Ekspeditsiyaga bosh 

etib  mohir  strateg  Demosfen  bu  kuchlardan  Peloponnesdagi  vaziyatni  izdan  chiqarishda 

foydalanish  topshirig`i  bilan  tayinlangan  edi

32

.  Dushmanga  sezdirmasdan  u  Messeniyaning 



g`arbiy sohilidagi Pilos bandargohiga tushdi va u yerda uncha katta bo`lmagan otryad bilan qolib 

himoya  qo`rg`oni  qura  boshladi.  Afinaliklarning  Messeniyaga  –doimo  ilotlarning  bosh 

ko`tarishiga  tayyor  bo`lgan  mamalakatga–  o`rnashib  olishi  xabari  saprtaliklarni  Attikaga 

yurishini  darrov  to`xtatishg  majbur  etdi.  Pilosga  ancha  piyoda  va  dengiz  kuchlari  yo`naltirildi. 

Demosfenni  tashqi  dunyodan  uzib  qo`yish  maqsadida  spartaliklar  Pilos  bandargohiga  yo`lni 

to`sib  qo`yadigan  Sfakteriya  orollarini  garnizon  bilan  egallashadi.  Ammo  keyin  Sitsiliyaga 

yuborilgan  Afina  floti  yetib  keldi,  Peloponnes  eskadrasini  yakson  qildi  va  spartaliklarning 

Sfakteriyadagi garnizonini qamalga oldi. Spartaliklar tinchlik muzokaralarini olib borishni taklif 

qilishdi. Nikiyning guruhi, aftidan, bu taklifni qabil qilishga moyil edi, lekin Kleonning partiyasi 

rozilik  berish  haqida  hatto  o`ylamasdi.  Bahslar  avjga  chiqqan  paytda  Kleon  shuni  bildirdiki, 

Pilosdagi jang dadil olib borilganda edi, Sfakteriyani 20 kundayoq olsa bo`lardi.

33

 Nikiy istehzo 



aralash  to`laqonli  fuqaro  bo`lgan  raqibiga  opertsiyani  u  holda  uning  o`zi  olib  borishini  taklif 

qildi.  Gapidan  tutilgan  Kleon  buni  rad  etishni  o`ylab  ham  o`tirmadi.  Kleonning  jasoratini  ham 

tan olish kerak: Pilosga madad kuchlari bilan borib u Demosfen bilan Sfakteriya ustiga qo`shin 

tortdi  hamda  spartaliklarni  taslim  bo`lishga  majbur  etdi.  Afina  Pilosdagi  g`alabasining  natijasi 

ulkan edi. Afinaliklar qo`liga ko`pgina nomdor spartaliklar tushib qolishdi va ular Spartaga agar 

ular  Attikaga  qayta  hujum  qilishsa  asirlarni  qatl  qilishlarini  aytishdi.  Afinaliklar  endilikda 

Messeniyada  mustahkam  o`rnashib  olishgandi  va  ularning  u  yerdaligi  Spartaliklar  harakatlarini 

cheklab qo`ydi. Afinaning o`z davlatida vazni yuqori darajada oshdi va bundan foydalanib Kleon 

muhim  moliyaviy  islohot  o`tkazish  kerak  deb  turib  oldi:  eramizdan  avvalgi  425/24-yilning 

qishida ittifoq to`lovi hisobi qattiq ko`rib chiqildi; alohida shaharlar uchun to`lovlar salkam ikki 

barobar oshirildi

34

. Afinaliklar shafqatsiz urush olib borish uchun qo`shimcha manbalarni qo`lga 



kiritishdi.  Kampaniya  eramizdan  avvalgi  424-yili  afinaliklarning  yangi  hujumi  bilan  boshlandi: 

Nikiy  Lakon  sohillari  yaqinida  joylashgan  Kifer  orollarini  qo`lga  kiritdi,  boshqa  strateglar  esa 

Megaralik  demokratlar  bilan  til  biriktirib  Megaraning  bandargohi  Piseyani  qo`lga  kiritishadi

35



Bu  Afina  zafarlarining  eng  yuqori  nuqtasi  edi,  biroq  g`alaba  sharobidan  mast  bo`lgan 

Megaradagi  afinaliklar  shunday  natijaga  yana  Beotiyada  ham  erishmoqchi  bo`ladilar.  Afina 

qo`shinlari Beotiyaga ikki tomondan hujum uyushtirishni reja qilishgan edi, bu bilan bir vaqtda 

                                                 

31

 Кузишина В.И. История древней Греции. – М.:Высшая школа,2005. – ст,205. 



32

 Фукидид. История 

(ПОД РЕДАКЦИЕЙ Э.Д.ФРОЛОВА)

. - 


Санкт-петербург: Наука, 1999. – ст.165.

 

33



 То произведение… - ст.185. 

34

 Хронология войн – Пелопоннесские войни. Skazania.ru sayti. 



35

 The Peloponnesian war. Internetwars.ru sayti. 




 

- 10 - 


ularning Beotiyalik tarafdorlari mamlakat ichkarisidan hujum qilishlari kerak edi. Ammo chuqur 

o`ylangan  operatsiya  barbod  bo`ldi:  Beotiya  hukumati  demokratlardan  ilgarilab  ketishdi,  ya`ni 

ularni  to`xtatib  qolishdi, Afinaning ikki armiyasidan biri  katta talofot  bilan qaytarib  yuboriladi, 

narigisi  esa  joyida  tor-mor  etiladi.  O`sha  vaqtni  o`zidayoq  afinaliklar  uchun  noxush  bo`lib 

shimoldagi  vaziyat  keskinlashdi.  Yosh  spartalik  qo`mondon  Brasid  ajoyib  g`oyani  ilgari  surdi–

Frakiyada  yangi  front  ochish,  Afinadan  norozi  ittifoqchilarni  o`z  tomoniga  og`dirib  shu  yo`l 

bilan  Afinaga  markaziga  qaqshatqich  zarba  berish

36

.  Sparta  hukumatining  roziligi  bilan  Brasid 



ilotlar  va  yollanma  jangchilardan  tuzilgan  uncha  katta  bo`lmagan  otryad  tuzib,  jasorat  bilan 

butun  Gratsiya  ichidan  o`tib  Xalkikka  yetib  keldi.  Makedoniyalik  hukmdor  Perdikka  darhol 

Sparta  tomonga  o`tdi

37

.  Afina  ittifoqchilari  orasida  esa  notinchlik  paydo  bo`layotgan  edi. 



Frakiyaning  ichkarirog`iga  kirib  borar  ekan  Brasid  Afinaning  shimoldagi  hukmronligining 

poydevori bo`lgan  Amfipol  shahrini qo`lga kiritdi.  Bo`lg`usi  tarixchi,  o`sha paytda  esa  afinalik 

strateg  Fukidid  Amfipolning  Spartaga  o`tishining  oldini  ololmaydi  va  buning  uchun  Afinadan 

quvg`in  qilinadi

38

.  Afinaliklarning  Beotiya  va  Frakiyadagi  mag`lubiyatlariga  yana  bittasi 



qo`shildi:  afinaliklarning  faolligidan  qo`rqqan  Sitsiliyadagi  grek  shaharlari  ichki  urushlarni 

to`xtatish  haqida  kelishib  olishdi  va  Afina  floti  oldiga  kelgan  joyiga  qaytib  ketish  shartini 

ko`ndalang  qo`ydi.  Bu  ketma-ket  muvaffaqiyatsizliklar  harbiy  partiyaning  obro`sini 

zayiflashtirib  qo`ydi.  Sparta  bilan  yana  muzokaralar  boshlandi  va  yillik  tinchlik  haqida  xulosa 

kelishdi.  Yil  tugashi  bilan  Kleon  urush  harakatlarini  qayta  tiklash  kerak  deb  turib  oldi.  Uning 

o`zi  shimolga  yurishga  boshchilik  qildi  va  qisqa  muddat  ichida  boy  berilgan  punktlar  ustidan 

Afina  nazoratini  qaytardi.  Lekin  Amfipolga  ketishda  Kleonni  Brasid  qarshi  oldi  va  Kleon 

mag`lub  bo`ldi.  Afina  mag`lubiyatga  uchradi  Kleonning  o`zi  esa  jangda  halok  bo`ldi. 

Spartaliklar  kam  talofot  ko`rishdi,  lekin  nobud  bo`lganlar  ichida  Brasidning  o`zi  ham  bor  edi 

(422-yil)

39

.  Jang  qilayotgan  ikkala  tomonning  sardorlarining  bir  vaqtdagi  o`limi  yana  tinchlik 



muzokaralari  uchun  yo`l  ochildi.  Ikki  tomon  ham  10yillik  urush  davomida  bir-birini  yengish 

mumkin emasligiga ishonch hosil qildi. Afinada moliyaviy va odam resurslari sarflanib bo`lgan 

edi.  So`nggi  mag`lubiyatlar  dengiz  qo`shinlarini  ancha  kuchsizlantirib  g`alabaga  bo`lgan 

ishonchni so`ndirdi. Sparta o`zining asirdagi fuqarolaridan xavotirda edi. Undan tashqari, u bilan 

uning  Peloponnes  ittifoqchilari–demokratik  Mantineya  va  Elida–  o`rtasida  tushunmovchilik 

paydo  bo`ldi.  Nihoyat,  Peloponnes  davlati  bo`lgan  Argos  bilan  bo`lgan  30-yillik  tinchlik 

sulhining  muddati  oxirlab  qolgan  edi  va  Sparta  urushga  tayyorlanishi  kerak  edi.  Bunday 

sharoitlarda  Sparta  va  Afina  tez  orada  tinchlikka  erishdi  (eramizdan  avvalgi  421-yil  bahorda). 

Tomonlar  urushdan  avval  bo`lgan  vaziyatga  qaytishlari  kerak  edi:  afinaliklar  Pilos  va  Kiferani 

qaytarib  berishlari  kerak  edi,  spartaliklar–Amfipolni.  Afinadan  ajralib  chiqqan  Xalkidik 

shaharlari  o`z  mustaqilligini  saqlab  qoldilar,  ammo  afinaliklarga  dastlab  belgilangan  hisobda 

o`lpon  to`lab  turishlari  kerak.  Barcha  asirlar  kelishilgan  holda  almashildi.  Bu  tinchlik  tantanali 

ravishda  50  yilga  qabul  qilindi;  uning  afinalik  tashabbuskori  Nikiy  sharafiga  uni  odatda  Nikiy 

tinchligi deb ataladi

40

.  


Tinchlik  sulhining  tuzilishi  oddiy  xalq  tomonidan  shodlik  bilan  qabul  qilindi.  O`sha 

paytda  Afinadagi  kayfiyatning  guvohi  muzokaralar  oxirlab  qolganda  namoyish  etilgan 

Aristofanning  “Tinchlik”  komidiyasi  bo`lishi  mumkin.  Unda  asosan  Attika  dehqonlarining 

tuyg`ulari  ifoda  etilgan.  Ammo  hukumat  qarama-qarshiliklari  saqlanib  qolgan  edi:  Nikiy 

tinchligi  ularni  bartaraf  etolmagan  edi,  aslida  uning  o`zi  ham  tomonlarning  vaqtincha  urush 

qilish  imkoniyatlari qolmaganligi  tufayli vujudga kelgan.  Eramizdan avvalgi  421-yilda tuzilgan 

kelishuv  unchalik  mustahkam  bo`lmagan  yarashuv  edi.  Sulhni  tuzgan  ikki  davlat  uning 

shartlarini rostakamiga bajarish haqida jiddiy o`ylamagandilar ham: Sparta Amfipolning Afinaga 

qaytarib berilishini ta’minlamadi(ular shunchaki  o`z qo`shinlarini shaharda olib chiqib ketdilar, 

                                                 

36

 Фукидид. История 



(ПОД РЕДАКЦИЕЙ Э.Д.ФРОЛОВА)

. - 


Санкт-петербург: Наука, 1999. – ст.203.

 

37



 То произведение… - ст.204. 

38

 То произведение… - ст.213. 



39

 То произведение… - ст.230. 

40

 Фукидид. История 



(ПОД РЕДАКЦИЕЙ Э.Д.ФРОЛОВА)

. - 


Санкт-петербург: Наука, 1999. – ст.234.

 



 

- 11 - 


biroq  shahar  mustaqilligini  ssaqlab  qolgan  edi),  afinaliklar  ham  o`z  o`rnida  Pilos  va  Kiferani 

qaytarishga  shoshilmadilar.Na  Potideya  va  Kerkira  Afina  qo`li  ostida  qolib  ketganiga  sira 

ko`nikolmagan  Korinf,  na  Xalkidik  shaharlari  Nikiy  tinchlik  sulhini  tan  olmadilar.  Bu  uning 

huquqiy majburiyatlarini shubha ostiga qo`yardi. Tinchlikka erishilgandan keying davr Sparta va 

uning  ittifoqchilari  o`rtasidagi  munosabatlarning  keskinlashuvi  bilan  belgilanadi.  Oshib 

borayotgan  siyosiy  izolyatsiyani  Sparta  o`zi  do`stlik  va  hamkorlik  shartnomasini  tuzgan  Afina 

bilan  soxta  yaqinlashish  yordamida  yengib  yubormoqchi  bo`ldi.  Biroq  bu  aksincha  Peloponnes 

ligasida  spartaliklarga  qarshi  koalitsiya  shakllanishiga  sabab  bo`ldi:  Elida,  Mantineya,  Korinf, 

Xalkidik  shaharlari  Spartadan  chiqib  uning  doimiy  dushmani  Argos  bilan  ittifoqqa  kirdi. 

O`shanda  Spartada,  nihoyat,  ular  ketayotgan  yo`l  halokatga  olib  borishini  anglab  yetdilar  va 

eramizdan  avvalgi  420-yildayoq  Beotiya  bilan  ittifoq  qayta  tiklandi

41

.  Bu  orada  Afinada  ham 



tinchlik tarfdor partiyaning xursandchiligi  uzoqqa cho`zilmadi. Kleon mansub  bo`lgan badavlat 

savdogar  va  hunarmandlarga  tegishli  bo`lgan  guruh  Giperbol  ishtirokida  yana  o`ziga  kerakli 

sardor  topib  oldi.  Tez  orada  bu  partiyaga  Alkiviad  ham  qo`shildi.  Periklning  jiyani  bo`lgan  bu 

aristocrat  yangicha  qarashlar  odami  edi.  U  fuqaroviy  normalar  haqida  hamda  kuchli  shaxsning 

mulk va hokimiyatga egalik qilish huquqi haqida to`la tasavvurga ega edi. Alkiviad Suqrotning 

shogirdi  edi.  Buyuk  faylasuf-dialektik  borliq  haqidagi  bahslarni  rad  etib,  o`z  shogidlarini 

ezgulikka o`rgatardi: nafsni yengish, xavflarni bartaraf etish hamda ilohiy va insoniy qonunlarga 

rioya  qilish.  Suqrot  maktabida  Alkiviad  dialektikadan  o`z  manfaatlari  yo`lida  foydalanib 

bahslarda  g`olib  bo`lish  san`atinigina  o`rgandi.  Bu  odamni  mashhurlik  va  qudratga  intilish 

xohishi boshqarardi. Eramizdan avvalgi 420-yilda Alkiviad birinchi bo`lib strateg etib tayinlandi 

va  o`shandan  boshlab  o`z  davlatining  siyosatiga  ta’sir  ko`rsatib,  uni  urush  tomon 

yaqinlashtirardi

42

.  Afinada  urush  kayfiyatining  qaytishidan  uning  eramizdan  avvalgi  420-yilda 



Argos,  Mantineya  va  Elida  bilan  ittifoqqa  kirishi  guvohlik  beradi.  Natijada  Korinf  Spartaga 

qarshi  koalitsiyadan  chiqib,  u  bilan  yaqinlashib  oldi.  Eramizdan  avvalgi  419-yilda  Afina  va 

Argos Epidavrga qarshi urush harakatlarini boshlab yubordi

43

. Epidavrga spartaliklar  yordamga 



kelishdi,  eramizdan  avvalgi  418-yilda  esa  ishlar  Sparta  va  Afina  yordam  berayotgan  o`sha 

Peloponnes  koalitsiyasi  o`rtasida  ochiq  urush  bo`lishigacha  yetib  bordi.  Nikiyning  noto`g`ri 

harakatlari  va  qaror  qabul  qila  olmaslik  qobiliyati  tufayli  Afina  yomon  ahvolda  edi.  Sparta 

Mantineya  yaqinidagi  jangda  dushmanlarini  yer  bilan  bitta  qildi  vabutun  Peloponnesda  o`z 

gegemonligini  o`rnatdi.  Bu  Afinada  siyosiy  inqirozga  olib  keldi:  Giperbolning  tashabbusiga 

ko`ra  demokratiya  siyosiy  arboblarni  ostrasizmga  (qadimgi  Gretsiyada  sodiq  bo`lmagan 

fuqarolarni quvg`in qilish) hukm qilindi. Lekin xatar Alkviada va Nikiyni yaqinlashtirdi va o`z 

tarafdorlarining  umumiy  ovozi  yordamida  demosning  sardorini  quvg`in  qilinishiga  erishishdi–

Giperbolni.  Keyingi  yillarda  Afinada  hal  qiluvchi  rolni  Nikiy  va  Alkiviad  o`ynadi.  Eramizdan 

avvalgi  415-yilda  bir  nechta  tashqi  siyosiy  zafarlardan  keyin  Sitsiliyaga  ajoyib 

ekspeditsiya(harbiy harakat, yurish)ni uyushtirishga kelishildi

44




Download 276,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish