192.168.3.1, niqob 255.255.255.0 deb belgilang.
Config bolimida RIP tugmasini bosing, shundan so’ng marshrutlash protokoli parametrlarini sozlash uchun RIP Routing oynasi ochiladi.
Network maydoniga tarmoq raqami 192.168.1.0 ni kiriting va Add tugmasini bosing.
Network maydoniga tarmoq raqami 192.168.3.0 ni kiriting va Add tugmasini bosing. Shundan so’ng Router0 ning ushbu oynasi 6.3- rasmda tasvirlangandek ko’rinishga kelishi kerak.
Router0 oynasini yoping.
4.2-rasm. RIP protokoli parametrlarini sozlash.
Router0 marshrutizatorini sozlang:
Ishchi sohadan Router1 marshrutizatorini tanlang.
Router1 oynasidan Config bolimiga o’ting va FastEthernet0/0 tugmasini bosing.
FastEthernet0/0 interfeysi uchun port holatini On, IP-manzili
192.168.2.254, niqob 255.255.255.0 deb belgilang.
Config bolimida FastEthernet1/0 tugmasini bosing.
FastEthernet1/0 interfeysi uchun port holatini On, IP-manzili
192.168.3.2, niqob 255.255.255.0 deb belgilang.
Network maydoniga tarmoq raqami 192.168.2.0 ni kiriting va Add tugmasini bosing.
Network maydoniga tarmoq raqami 192.168.3.0 ni kiriting va Add tugmasini bosing.
Router1 oynasini yoping.
Lupadan foydalanib, Router0 marshrutizatorida masrshrutlash jadvalini tekshiring: jadvalda 192.168.1.0, 192.168.2.0 va 192.168.3.0 mavjud bo’lishi shart, oynaning o’zi esa 4.3-rasmda tasvirlangandek ko’rinishda bo’lishi kerak.
4.3-rasm. RIP protokoli marshrutlash jadvali.
Lupadan foydalanib, Router1 marshrutizatorida masrshrutlash jadvalini tekshiring: ushbu jadvalda ham 192.168.1.0, 192.168.2.0 va 192.168.3.0 mavjud bo’lishi shart.
Bog’lanishni tekshirish uchun, PC0 kompyuterdan PC1 kompyuterga oddiy paket yuboring. Agar birinchi urunish omadsiz kechsa, ikkinchi paketni
yuborishga harakat qilib ko’ring. Agar ikkinchi paket ham yuborilmasa – u holda router va kompyuter sozlamalarini tekshirib ko’ring.
2-misol.
Endi marshrutizatorlarni global tarmoqda qo’llashni o’rganamiz. Buning tarmoqni 4.4-rasmdagidek quramiz. Tanlangan qurilmalar:
Router 2621XM – 3 dona;
Switch 2950-24 – 3 dona;
Server-PT – 1 dona;
PC-PT – 10 dona.
4.4-rasm. Tarmoqning umimiy ko’rinishi.
Kompyuterlar va kommutatorlar, shuningdek, kommutatorlar va marshrutizatorlar ekranlashmagan o’rama juft (UTP) kabeli bilan o’zaro bog’langan. Server ekranlashmagan o’rama juftli kross kabel orqali marshrutizatorga bog’langan. Marshrutizatorlar o’zaro Serial DTE kabeli orqali bog’langan. Router 2621XM marshrutizatorlarini bunday turdagi kabel bilan bog’lash uchun unga mos tarmoq interfeysini unga o’rnatishimiz lozim. Buning uchun routerni maxsus tugma orqali o’chiramiz va unga MM-8A/S interfeysini o’rnatamiz (4.5-rasm).
4.5-rasm. MM-8A/S interfeysini routerga o’rnatish.
Har bir routerga shu tartibda ineterfeys o’rnatilgandan so’ng ularni Serial kabel bilan bog’lash mimkin bo’ladi.
Router sozlamalariga o’tamiz. Ularni iiki xil usulda sozlash mumkin.
usul. Ularni sozlash uchun CLI (Command Line Interface) da buyruqlarni qo’lda yozish orqali. Bu usulda Router 1 ning fastEthernet 0/0 porti quyidagicha sozlanadi:
4.6-rasm. FE0/0 portini CLI orqali sozlash
usul. IP-manzillarni interfeysga qo’lda kiritish yotdamida (4.7-rasm).
4.7-rasm. FE0/0 portiga IP-manzillarni qo’lda kiritish orqali sozlash.
Qolgan barcha interfeyslar shu ko’rinishda sozlanadi. Quyida interfeyslar uchun IP-manzillarni keltiramiz (4.8-rasm).
4.8-rasm. Qurilmalarga IP-manizllarning biriktirilishi.
Kompyuterlarni sozlashda ularga IP-manzillar 6.9-rasmda ko’rsatilgan tartibda belgilanadi, Default Gateway ga esa mos Router interfeysining IP-manzili yoziladi. Berilgan tarmoqda server bitta bo’lganligi sababli DNS barcha kompyuterlar uchun bir xil bo’ladi: 215.35.169.50 (4.9-rasm).
4.9-rasm. PC0 konfiguratsiyalari.
Serverning sozlamalariga o’tamiz. Serverning config bo’limidagi Settings qismi sozlamalari:
Fast Ethernet interfeysining sozlamalari quyidagicha bo’ladi:
DNSni sozlash qoldi. DNS web-serverga murojaat uchun kerak bo’ladi. Name bo’limiga sayt nomi, Address ga esa serverning IP-manzili yoziladi va Add tugmasi bosiladi. Shuning bilan server sozlamalari yakunlandi.
Asosiy qism, rouerda statik marshrutlashni sozlash qoldi. Statik marshrutlash CLI orqali sozlanadi.
Har bir roter uchun quyidagicha sozlamalarni amalga oshiramiz:
Router>enable Router#configure terminal
Router(config)#ip route 0.0.0.0 0.0.0.0 serial 1/0 Router(config)#exit
Router#wr
Router>enable Router#configure terminal
Router(config)#ip route 0.0.0.0 0.0.0.0 serial 1/1 Router(config)#exit
Router#wr
Statik marshrutlash sozlandi faqat ping buyrug’i orqali ulanishni tekshirish qoldi. PC4 dan PC0 ga ping yuboramiz:
Natija shuni ko’rsatyaptiki barchasi to’g’ri ishlayapti.
Ushbu amaliy mashg’ulotda global tarmoq marshrutizatorlari haqida nazariy bilimlar berildi hamda Router yordamida tarmoqda marshrutlashga doir misol keltirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |