Mahsulotning ilgarilab ketishi yoki xizmati uchun sayt
Bu saytlar prezentatsiyasi. Ular biron-bir yangi mahsulot yoki
xizmat haqida, aniqrog‘i ularni tijorat qilishga undaydi. Qoidaga
binoan, ular mahsulot yoki xizmatning chiroyli rasmlari va afzal-
lik tomonlarini obdan tavsiflab beradilar.
Xususiyatlari:
bunday saytlar 1–3 betdan iborat bo‘ladi. «Sotila-
digan matn» va buyurtma shaklidagi chiroyli dizaynga ega bo‘ladi.
Ko‘pincha video yoki flash roliklarda, ijobiy baholangan holda
uzatilib boradi.
Sayt katalog
Qoidaga binoan, bunday saytlar mahsulot ishlab chiqaradi-
gan ishlab chiqarish firmalariga kerak. Masalan: gulqog‘oz (oboy)
ishlab chiqaradigan fabrika sayt – katalog qilib, unda ham-
ma turdagi gulqog‘ozlarning rasmlarini joylashtirishadi, unga
gulqog‘ozlarning narxi, tavsifi va har xil ko‘rinishdagi interyer-
lari ko‘rsatiladi.
Xususiyatlari:
bunday saytlar ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
mahsulot rasmi, ularning tavsifi, narxi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |