M. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/142
Sana06.07.2022
Hajmi3 Mb.
#743808
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   142
Bog'liq
61a1f6a296c4f1.68790592

Nazorat savollari: 
1. Kutubxona konsorsiumlarining vazifalari. 
2. AKMning konsorsiumlarga birlashishining afzalliklari nimada? 
 
3. Konsorsiumlar qanday qilib resurslarni hamkorlikda ishlatish 
imkoniyatlarini kengaytiradi?
4. Konsorsiumlar qanday qilib o‘z a’zolarning sotib olish 
imkoniyatlarini kengaytiradi?
5. Konsorsiumlar qanday qilib ta’limiy xizmatlar samardorligini 
oshirishga yordam beradi?
6. Qanday qilib konsorsiumlar texnologik yechimlar samaradorligini 
oshirishga yordam beradi?


134 
7. Qay tarzda konsorsiumlar kutubxonalarni qo‘llab-quvvatlashni 
kuchaytirishi mumkin?
8. Qanday mashhur konsorsiumlarni bilasiz? 
9. EIFL xalqaro konsorsiumi missiyasi qanday?
10. EIFL konsorsium qanday funksiyalarni bajaradi?
11. EIFL konsorsiumining asosiy dasturlari?


135 
5.JAHON AXBOROT RESURSLARI VA OCHIQ 
FOYDALANISH MANBALARI 
 
1.1.
 
Ochiq resurslar. Ochiq foydalanish shartlari. Ochiq 
foydalanishning asosiy shartlari 
 
Bugungi kunda axborot resursi jamiyat taraqqiyotining shunchalik 
muhim elementiga aylandiki, insoniyatning butun diqqat-e’tibori oxirgi 
20 - 30 yil ichida siyqasi chiqqan taraqqiyot masalalari va shunchaki 
moddiy resurslar va noz-ne’matlardan axbortni yig‘ish, qayta ishlash va 
unga yetishish muammolariga asta-sekin o‘tib qoldi. Mustahkam 
kutubxona infrastrukturasi, ayrim mamlakatlar (Norvegiya va Kanada) 
tomonidan isbotlanganidek, milliy taraqqiyotning ajralmas qismiga 
aylandi. Shu jihatdan bunday davlatlar BMTning Insoniyat Taraqqiyoti 
Ko‘rsatkichida oxirgi o‘n yilda birinchi o‘rinni egalladilar.
Aynan 
axborot 
sohasining 
rivojanishi 
mamlakatlarning 
taraqqiyotida ulkan disproporsiya - nomutanosiblikka olib kelgani 
hozirda hech kimda shubha tug‘dirmaydi. Elektron ilmiy-ta’lim 
resurslarining narxi yildan yilga oshib bormoqda, shu bois 
rivojlanayotgan mamlakatlar uchun dunyoviy bilimlar manbayiga 
kirishga ega bo‘lish qiyinlashib borayotir. Biroq mamlakatlar 
taraqqiyotidagi uzilish rivojlangan mamalakatlar bundan yanada ko‘p 
foyda ko‘radi, degani emas. Aksincha, qanchalik g‘alati eshitilmasin, 
disproporsiya jahon taraqqiyotida tormozlovchi rolini o‘ynay boshlaydi.
Ayrim mamlakatlarning axborotlardan o‘zlarini izolyatsiyalashlari 
idealistik va fundamentalistik dogmalarga, hayotni bir tomonlama 
tushunish va talqin etishga olib keldi. Bu shubhasiz mamlakatlarning 
siyosiy mavqeyi va iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir qiladi. Shu bois 
ko‘pgina jamoat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar 
hamda alohida olimlar so`nggi paytlarda o‘z tadqiqotlari natijalarini, 
matbuotdagi o‘quv-uslubiy ishlarini ochiq matbuot, Internetning ochiq 
kirishlari va tarmoqlarida joylashtirish tashabbusi va chaqiriqlari bilan 
chiqmoqdalar.
Ta’kidlanganidek, Budapesht «Открытый доступ» (ochiq 
foydalanish) deb nomlangan tashabbusi va Berlin Deklaratsiyasida 
rivojlantirilgan mazkur tushuncha ostida «o‘quvchilarga ma’lumotlarni 
o‘qish, yuklash, nusxalash, tarqatish va bosib chiqarish, qidirish va 
havolalar qilish, indeksatsiyalash,
 
uzatish yoki moliyaviy va texnik 
to‘siqlarni chetlab boshqa legal maqsadda ishlatish, ishni yaxlitligini 


136 
saqlagan holda muallifga havola berish imkonini beruvchi ommabop 
Internet orqali tekin kirish» tushuniladi. 
«Открытый доступ» (Ochiq foydalanish) harakatining o‘zi ilmiy 
jurnallarning narxi keskin ko‘tarilab ketganligi bois paydo bo‘ldi. Bu o‘z 
navbatida, ko‘pgina universitetlar, ITI, kutubxonalarning jurnallarga 
obuna 
bo‘lishdan voz kechishiga olib keldi. Statistikaning 
ko‘rsatishicha, so`nggi paytlarda ilmiy jurnallarga obuna narxining 
o‘sishi yiliga 10% gacha bo‘lgan ko‘rsatkichni tashkil etmoqda. Bir 
jiddiy ilmiy jurnalga yillik obunaning o‘rtacha narxi 1000 AQSH 
dollaridan oshib ketmoqda. Kutubxonalar uchun ham davriy nashrlar 
uchun obunaga o‘z budjetidan mablag‘ ushlab qolish qiyinlashib 
bormoqda. Ilmiy tadqiqotlar turlari va yangi ilmiy tadqiqot 
yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi, bilimlarning eksponensial o‘sishi 
jurnallar 
nomlarining 
tez 
ko‘payishiga 
olib 
kelmoqda. 
Globalizatsiyaning umumiy chaqiriqlari va Internet tarqalishi ham jahon 
bilimlar manbayiga kirishda teng huquqli imkoniyatlarni taqozo 
etmoqda. 
Mazkur harakatning maqsadi resurslar mualliflari va egalaridan 
hamkasabalar tadqiqotlariga ilm-fan taraqqiyoti va bashariyatning butun 
jahon taraqqiyoti uchun erkin kirish imkoniyatini rag`batlantirishlariga 
erishishdan iborat.
Berlin Deklaratsiyasi «Internet ilmiy bilimlar va ijtimoiy fikrlarning 
global bazasiga funksional birlashtirish vositasi»ga aylantirilishini e’lon 
qildi, shu munosabat bilan ko‘rib chiqish lozim bo‘lgan ilmiy siyosat, 
tadqiqot 
institutlari, 
qo‘llab-quvvatlovchi agentlik va fondlar, 
kutubxonalar, arxivlar va muzeylar uchun mas`uliyatli chora-tadbirlarni 
aniqlash zarurligini ta’kidladi. IFLA federatsiyasining ma’lumotlariga 
ko‘ra, 300 ga yaqin universitet, ilmiy tadqiqot markazlari, ilmiy fondlar, 
akademik va kutubxona assotsiatsiatsiyalari ochiq kirish bo‘yicha Berlin 
Deklaratsiyasiga imzo chekdilar, butundunyo ta’lim va fan organlari 
hamda siyosiy tashkilotlar davlat tadqiqotlariga ochiq kirish prinsiplarini 
oshkora qo‘llab-quvvatladilar. Ochiq kirishga qo‘shilgan hissa original 
ilmiy 
natijalar, 
birlamchi 
ma’lumotlar va metama’lumotlarni, 
boshlang‘ich materiallar, tasviriy va grafik materiallarni, raqamli 
taqdimotlarini va ilmiy multimediyaviy qo‘llanmalarni o‘z ichiga oladi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish