M. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/142
Sana06.07.2022
Hajmi3 Mb.
#743808
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   142
Bog'liq
61a1f6a296c4f1.68790592

East View kompaniyasi 
http://eastview.com/ 
East View (Ist Vyu) Minneapolisda (AQSH) joylashgan xalqaro 
kompaniya bo‘lib, Rossiya va Ukrainada ofislari mavjud. Kompaniya 
1989-yilda tashkil topgan. Faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri rus 
tildagi elektron resurslarni taqdim etish hisoblanadi. Asosan G‘arbiy 
Yevropa, 
AQSH 
va 
Yaponiyada 
joylashgan 
yirik 
ommaviy 
kutubxonalar, universitetlar va ilmiy markazlar kompaniyaning 
ma’lumotlar bazalariga obuna bo‘ladi. Kompaniyaning East View 
Publications (Ist Vyu Pablikeyshns) firmasi rus tildagi onlayn 
ma’lumotlar bazalarini taqdim etadi. Rossiya nashrlarining ma’lumotlar 
bazalaridan Garvard, Yel, Prinston, Nyu-York, Chikago, Michigan, 
Indiana universitetlari hamda AQSH va Yevropadagi o‘nlab ilmiy 
muassasalar va ommaviy kutubxonalar foydalanadi. East View 
Publications 
umumiy 
ma’lumotlari 
va 
resurslaridan 
http://www.eastview.com/
,
http://news.mosinfo.ru 
http://www.ebiblioteka.ru/ saytlarda foydalanish mumkin. «IVIS» MChJ 
kompaniyasi East View Information Services, Inc. Amerika 


72 
kompaniyasining Rossiya va MDH mamlakatlaridagi rasmiy hamkori va 
eksklyuziv 
distribyutori 
hisoblanadi. 
East 
View 
Publications 
ma’lumotlar bazalari ijtimoiy va gumanitar fanlar, harbiy mavzuga doir 
manbalar, Rossiya va MDH mamlakatlaridagi axborot agentliklarining 
yangiliklari, Rossiya, MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlarining markaziy 
va mintaqaviy davriy nashrlari, shuningdek Rossiya parlament 
nashrlarini o‘z ichiga olgan.
RF Fanlar Akademiyasining ba’zi bir nashrlari, Ukraina, 
Boltiqbo‘yi va MDH boshqa mamlakatlarining davriy nashrlari «Ist 
Vyu» ma’lumotlar bazalarida eksklyuziv tartibda taqdim etilgan. 
Manbalarning umumiy soni 5000 ni tashkil etadi. Ularning xronologik 
davri 90-yillarning o‘rtalaridan hozirgi kungacha bo‘lgan davrni qamrab 
oladi. Manbalar bosma nashrlarga muvofiq ravishda bazalarga to‘liq 
joylashtirilgan. 
Ma’lumotlar bazalarining qisqacha tavsifi: 
1. Rossiyaning markaziy gazetalari – Central Russian Newpapers 
(UDB-COM) 
Bu baza Moskva va Sankt-Peterburgda chop etiladigan 46ta 
gazetalardan tashkil topib, 800000 ga yaqin maqolalarni o‘z ichiga 
olgan. Arxiv chuqurligi asosan 1997-yildan boshlanadi.
2. Rossiyaning mintaqaviy gazetalari – Regional Newspapers (UDB 
-REG) 
Mazkur ma’lumolar bazasi Rossiyaning barcha hududlari, shu 
jumladan Shimoliy Kavkaz va Sibir hududlarida chop etiladigan 82 dan 
ortiq gaz va neft sanoatiga doir nufuzli gazetalarni o‘z ichiga oladi. 
Arxiv chuqurligi asosan 2000-yildan beri hisoblanadi.
3. Yangiliklar – Data base of Russian/NIS Newswires (UDB - 
NEWS) 
Ushbu baza Rossiyaning 4 ta axborot agentligining rus va ingliz 
tilidagi (2 manba) yangiliklari, shuningdek Markaziy Osiyo hududining 
yangiklarini (Asia-Plus) o‘z ichiga oladi. Bu bazadagi ma’lumotlar har 
kuni yangilanadi. Maqolalarning umumiy soni 350000 ni tashkil etadi.
4. Ijtimoiy va gumanitar fanlar. Rossiya jurnallari-Social 
Sciences&Humanities from Russia (UDB-EDU) 
Bu ma’lumotlar bazasi 51 ta ilmiy va badiiy-adabiy jurnallar, shu 
jumladan Rossiya FA nashriyotining 31ta jurnallarini o‘z ichiga olgan. 
Arxiv chuqurligi 2000-yildan boshlanadi. Ma’lumotlar muntazam 
yangilanadi.


73 
5. RF Parlament nashrlari-Database of Russian Duma Publications 
(UDB-GOV). Mazkur baza 18 ta parlament nashrlaridan iborat. Arxiv 
chuqurligi 1999-yildan hisoblanadi. Bazadagi ma’lumotlar doimiy 
ravishda yangilanadi.
6. Harbiy va mudofaa mavzusiga oid Rossiya jurnallarining 
ma’lumotlar bazasi – Universal Database of Russian Military and 
Security Periodicals (UDB-MIL). Ushbu baza Rossiyaning turli 
hududlaridagi mustaqil va davlat nashrlarning 48 ta manbalaridan tashkil 
topgan. Arxiv chuqurligi 1999-yildan boshlanadi. Ma’lumotlar 
muntazam yangilanadi.
7. MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi markaziy nashrlarning 
ma’lumotlar bazasi The Universal Database of CIS and Baltic 
Newspapers. Bu baza Belarus, Ukraina, Moldova, Gruziya, Armaniston, 
Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston va 
Boltiqbo‘yi mamlakatlarida chop etiladigan 28 ta davriy nashrlarni o‘z 
ichiga olgan. Arxiv chuqurligi 2000-yildan hisoblanadi. 
Dastur 2 rejimda: soddalashtirilgan (kalit so‘zlar bo‘yicha) va satrlar 
bo‘yicha qidiruvni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Kompaniyaning 
ma’lumotlar bazalari asosan milliy va mintaqaviy kutubxonalar, 
tadqiqotchilar, 
olimlar 
va 
mutaxassislar 
uchun 
mo‘ljallangan. 
Foydalanuvchilarning maqsadli guruhi – bu talabalar, an’anaviy 
(klassik) va gumanitar fanlarga ixtisoslashgan universitetlar, harbiy 
OTM o‘qituvchilari va xodimlari, axborot-kutubxona xodimlari va 
kitobxonlari, ITI ilmiy xodimlari, qonunchilik va ijro etuvchi 
tashkilotlarning vakillari hisoblanadi. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish