Mutatsiya latincha - «mutati» - o’zgarish (rasta bo’lish) demakdir. Bolalar xori bilan ishlaganda, ularning yoshiga qarab, fiziologik va psixologik xususiyatlarini hisobga olish zarur. O’g’il va qiz bolalarning organizmida 12-14 yoshda, ba’zida undan ham kechroq katta o’zgarishlar bula boshlaydi. Yurak kengaya boshlaydi, musqullar mustahkamlasha boradi, ovoz tonida o’zgarishlar bo’ladi va xokazo. Bunday davrda bolalar ovozi ortikcha «kuylashga kuchi yetmaydi va diqqat hamda extiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni talab qiladi.» O’g’il bolalarda xalqum tez o’sadi, ovoz pardalari uzunlashadi, ovoz pasayib kichiq oktava tovushlariga uta boshlaydi.
Ba’zi vaqtda mutatsiya davri og’ir va har xil holatda o’tishi sababli
machg’ulotlarni vaqtincha tuxtatish zarur bo’lib qoladi. Qiz bolalarda mutatsiya osoyishta, asoratsiz o’tadi. Lekin shunga qaramay, qizlarning ovozini ham extiyot qilish zarur. Honandalik rejimiga rioya qilinsa, mutatsiya davri bir qancha yengil o’tishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |