Beshinchi sinf
Beshinchi sinfda tayanch ta’lim bosqichi boshlanadi. Beshinchi sinfda o’quvchilar psixologik tomondan ancha o’zgargan bo’ladi. Ularning diqqat-e’tibori turg’un, fanlarga qiziqish, izlanish, o’zining sevgan mashg’uloti mavjudligi bilan farq qiladi. Fikrlash birmuncha rivojlanganligi sababli, ko’rgazmali idrokdan ko’ra, so’z orqali mantiqiy idrok qobiliyatlari rivojlana boshlaydi. Vokal-xor malakalari ovoz diapazonlari notekis bo’ladi. (Dl-mi2 birinchi ovoz, Dol (si kich)-Do2 (re2) ikkinchi ovoz diapazonlarida bir va ikki ovozli ashulalar aytish). Shu sababli ularda sof unison ansambl ikki ovozda kuylash ishi murakkab amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |