M a. Iii-ia. O`rta osiyo davlatlari (Dovon, Qang`, Xorazm) Miloddan avvalgi III-II asrlarda Qang’ va Dovon davlatlari



Download 32,95 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2021
Hajmi32,95 Kb.
#66799
1   2   3   4
Bog'liq
kuzibayev sanjar 5-variant tarix

  

8. Buyuk ipak yo’li  

Ilk bor Xitoy hududidan boshlanib g’arbga tomon minglarcha kilometr masofaga cho’zilgan (12 ming km), Sharq bilan G’arbni tutashtirgan bu noyob savdo yo’li ulug’ ajdodlarimiz sa’y-harakatlari samarasi o’laroq umumbashariyat tadrijiy taraqqiyotida yorqin iz qoldirgan. Buyuk Ipak yo’li  tushunchasini birinchi bo’lib fanga taniqli nemis olimi Fon Rixtgofen olib kirgan. U XIX asrning 70-yillarida yozgan «Xitoy» nomli klassik asarida bu terminni chuqur ilmiy asoslab berdi.



Ma’lumki, Xitoyning Sian shahridan boshlangan Ipak yo’li Lanjou orqali

Dunxuanga (Sharqiy Turkiston) kelib, bu erdan u ikkiga ajraladi. Ipak yo’lining janubiy - g’arbiy tarmog’i Taklamakon sahrosi (Mo’g’uliston) orqali Xo’tanga, undan Yorkentga kelib, undan Balxga  tomon o’tadi. Balxda yo’l yana uch tarmoqqa  ajraladi. G’arbiy tarmog’i Marvga, janubiy tarmog’i Hindistonga, shimoliy tarmog’i Termiz orqali Darbent, Nautak va Samarqandga tomon yo’naladi. Ipak yo’lining shimomiy-g’arbiy tarmog’i esa Dunxuandan Bami, Turfon  orqali Tarim vohasi-Qashqarga boradi. U erdan Toshqo’rg’on orqali O’zgan, O’sh, Quva, Axsikent, Popga, Asht orqali Xo’jand, Zomin, Jizzaxga, so’ngra Samarqandga borib tutashadi. Samarqanddan esa bu yo’l yana davom etib, Dabusiya, Malik cho’li orqali Buxoro, Romitonga, undan Varaxsha orqali Forobga borib Amul shahriga o’tadi. Amulda esa bu yo’l Marvdan Urganch sari yo’nalgan yo’lga qo’shiladi. Marv shahri O’rta asrlar davrida Buyuk ipak yo’li chorrahalari kesishgan eng muhim hayotiy nuqta bo’lgan. Eng muhimi shundaki, Buyuk ipak yo’lining  g’arbdan keladigan savdo karvonlari, aytaylik, Italiya, Ispaniya va boshqa O’rta er dengizi mamlakatlarining savdogarlari ham o’z mollarini Tir, Damashq, Kichik Osiyo, Eron orqali yana O’rta Osiyoning  yirik savdo markazi - Marvga olib kelar, shu erdan Sharq tomon yo’llarini davom ettirardilar. Shu ma’noda Marvning turli dinlar ildiz otgan, turli madaniyatlar tutashgan joy bo’lganligi alohida  ahamiyatga molikdir. Buyuk Ipak yo’li Sharqu G’arbni bog’lovchi, turli mamlakatlarning savdo- sotiq, tijorat aloqalarining eng asosiy vositasi bo’lganidan,  bu yo’nalishda joylashgan davlatlar undan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga, yoxud bu borada o’z mavqeini mustahkamlashga intilganlar. Shu bois turli tarixiy bosqichlarda turli  davlatlar bunga intilib, Buyuk  ipak yo’li ustidan o’z nazoratlarini o’rnatganlar. Masalan, mil. av. VI-IV asrlarda Eron ahomaniylari, mil. av. IV asrda esa makedoniyalik Iskandar, mil. av. II-I asrlarda Rim-Parfiya davlatlari o’rtasida bu boradi qattiq raqobat kechgan. Yoxud Arab xalifaligi vujudga kelgunga qadar bu yo’lning Eron va So’g’diyona hududlaridan o’tgan qismida Eron va So’g’d savdogarlari etakchilik rolini o’ynaganlar. Arab xalifaligi kuchayib, ko’plab hududlarni  qo’lga kiritgach, bu yo’l arab savdogarlari tasarrufiga o’tadi. Chingiziylar davrida Buyuk ipak yo’lining tasarrufi butunlay ularning qo’l ostida bo’ladi. Buyuk Sohibqiron Amir Temur davriga kelib uning qudratli saltanati vujudga kelgach, Buyuk ipak yo’li sarhadlari  yangidan kengayib, katta  miqyoslar kasb  etib, yanada rivoj topadi. Mil. av. II asr boshlarida Davan va Qang’ davlatlariga tashrif buyurgan Xitoy elchisi va sayyohi Chjan Tsyan safaridan so’ng Xitoy bilan O’rta Osiyo davlatlari o’rtasidagi diplomatik va savdo-sotiq aloqalari yangi bosqichga ko’tariladi. Elchining bu yurtda ko’rgan-kechirganlari, ayniqsa uzumchilik, vino tayyorlash, rangli shishalar ishlab chiqarish, zargarlik, zotdor, uchqur otlar Xitoy hukmdorlarini qiziqtirgan. Bu esa ikki o’rtadagi aloqalarga  keng yo’l ochgan. Xitoy O’rta Osiyoning zotdor otlari, rangli shishalari, zargarlik mollari, la’liga xaridor bo’lsa, ayni chog’da Xitoydan  yurtimizga ko’proq ipak va ipak mollari, chinni buyumlar, choy mahsulotlari keltirila boshlangan.


Download 32,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish