M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


Sifatli yerosti suvlari yo‘q yoki ular yetarli bo‘lmagan joylarda vodoprovod uchun suv ochiq suv havzalaridan olinadi



Download 422,93 Kb.
bet71/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Sifatli yerosti suvlari yo‘q yoki ular yetarli bo‘lmagan joylarda vodoprovod uchun suv ochiq suv havzalaridan olinadi.
Ichimlik suv olishga mo‘ljallangan joy cho‘milish, kir yuvish, mollarni sug‘orish uchun ajratilgan joylardan yuqorida va oqar




suvlar boshidan, ya’ni suv havzasi eng kam ifloslanadigan yerdan tanlanadi. Ochiq suv havzalariga quriladigan vodoprovod tar- moqlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: suv olish inshooti; suv sifatini yaxshilash uchun inshootga suv beradigan birinchi ko‘- targich nasoslar; tozalash inshootlari; ikkinchi ko‘targich na- soslari; bosim rezervuari; suv tarqatuvchi tarmoq.
Vodoprovodni sanitariya jihatidan muhofaza qilishda uning chegaralarini belgilash katta ahamiyatga ega.
Vodoprovodni sanitariya jihatidan muhofaza qilish chega- ralari uch aylanmadan iborat bo‘ladi.
Birinchi aylanma — qat’iy nazorat hududi — suv olinadigan manba, nasos stansiyalari, suv tozalash inshootlari, rezervuar qurilgan maydondan iborat bo‘ladi. Bu maydon o‘rab qo‘yiladi, qo‘riqlanadi, bu hududda yashash va u yerga begona kishilarning kirishi man etiladi. Birinchi aylanmadagi suv havzasidan foyda- lanish mumkin emas.
Ikkinchi aylanma — chegara hududi — vodoprovodga suv olinadigan daryo oqimi bo‘ylab yuqoridan bir necha o‘n kilo- metrgacha cho‘zilib boradi. Chegara hududi daryo oqimi bo‘yi- cha pastdan bir necha yuz metrga boradi. Bu hududda toza- lanmagan oqar suvlarning oqishi, suv havzasi va qirg‘oq bo‘y- laridan foydalanish man etiladi.
Uchinchi aylanma — kuzatish chegarasi. Epidemiologik ishlar bu hududda keng miqyosda olib boriladi, jumladan, kasal bo‘lganlarni nazoratga olish, yuqumli ichak kasalligi shu aholi orasidan chiqsa, uning kelib chiqish sabablarini aniqlash, tezkorlik bilan chora ko‘rish, vodoprovod suvini zararsizlantirish usullarini qayta ko‘rib chiqish, tashqi muhitni ifloslaydigan qurilishlarni nazorat qilish va hokazolardan iborat. Nazorat hududi kichik daryolarda boshidan oxirigacha, katta daryolarda esa sharoitga qarab belgilanadi.
Suv manbalarining sanitariya chegaralari joylardagi mas’ul mutasaddi tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi. Markazlashgan suv ta’minoti ustidan joriy sanitariya nazorati olib borishda manbadagi suv sifati muntazam nazorat qilib turiladi. Buning uchun xlorlangan suv turadigan rezervuarlarning chiqish joyidagi suvdan namuna olinadi. Tarmoqning turli qismlaridagi vodop­rovod suvining sifati ham nazorat qilinadi, buning uchun ko‘chalardagi barcha suv taqsimlash kolonkalaridan va tarmoq­ning boshi berk uchastkalaridagi jo‘mraklardan hamda boshqa




joylardan navbatma-navbat, muntazam namuna olib turiladi. Namuna suvning organoleptik xossasi, mikroblar soni, koli-titri yoki koli-indeksi aniqlanadi.

    1. §. DENGIZ VA OKEANLAR EKOLOGIK MUAMMOSI


Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish