Bu esa bolalarni oila, maktab va boshqa ta’lim muassasalarida axloqiy jihatdan tarbiyalashda yo‘l qo‘yilgan xatolar oqibatidir.
Aslida ular jonzotlarga nisbatan shafqatsiz bo‘lish ma’naviy nuqson va uning kelgusida og‘ir oqibatlarga olib kelishidan xabar beruvchi tashvishli ishorat sifatida qaramoq kerak. Ba’zan kasb- hunar kollejlarida ham bunday toifadagi bolalar uchrab turadi. Agar, ular bu yerda ham zaruriy ekologik ta’lim va tarbiya olishmasa, u holda ular tabiatga ham, odamlar hamda o‘z- o‘zlariga ham ko‘p zarar keltirishlari mumkin.
Hozirgi zamonda ko‘pgina odamlarning tabiatdan «uzoqlashib qolishi» ma’lum darajada ularning ma’naviy olamiga, tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Ularda tabiatga nisbatan g‘amxo‘rlik ham ancha xiralashadi. Ayniqsa, shaharda yashab «madaniylashib» ketgan ba’zi odamlar bahorda keng dalalarga, tabiat qo‘yniga chiqqan- larida ekologik me’yorlarga, axloqiy taqiqlarga amal qilmay, daraxt va butalarni sindiradi, o‘tlarni payhon qiladi, gullarni yulib tashlaydi, daraxtlar tanasi, tog‘-u toshlarga, yer yuziga o‘z nomini yoki boshqa so‘zlarni o‘yib yozadilar.
Ammo bunda ular nafaqat tabiatga, balki boshqalarga ham, eng muhimi, o‘ziga ham ma’naviy zarar yetkazayotgani haqida o‘ylab ko‘rmaydilar. Bu ularning tabiatdan, rahm-shafqat va g‘amxo‘rlik tuyg‘usidan biroz bo‘lsa-da, uzoqlashib qolganidan dalolat beradi. Bolalarga televizorlarda beriladigan ekologik tarbiya saboqlariga e’tibor berishni tavsiya etish foydadan xoli emas.
Ekologik tarbiya — bu tabiatga mavhum muhabbat uyg‘otish vositasi emas, u insonning unga bo‘lgan oqilona munosabatini shakllantirish, mehr-muhabbatni barqarorlashtirish usuli. Shuning uchun ham u kishilarga bo‘lgan hurmat va e’tibor, ishonch, ular mehnati va hayotini e’zozlash orqali uzoq murakkab yo‘lni bosib o‘tadi. Har bir inson tabiat go‘zalligini ko‘ra bilsin, uning saxiyligini unutmasin, tabiatdan hayratlanib, ajablanib, zavqlanib yashasin. Ekologiya va madaniyat juda keng qamrovli tushun- chalardir.
Madaniyat ekologiyaga va aksincha, ekologiya madaniyatga turli sohalarda ta’sir ko‘rsatadi. Bu tushunchalar uchun umumiy bo‘lgan manbalar ham xilma-xildir. Faqat madaniyatli kishigina tabiat va jamiyatning o‘zaro ta’sirini oqilona yo‘lga qo‘yishga intiladi. Bu boradagi faoliyatini ham uning madaniyati belgilab beradi. Madaniyat odamlarni bilimli qilishga, ularga ish tartib- qoidalarini o‘rgatishga, qolaversa, ishlab chiqarishni, texnika va fanni ekologiyalashtirishga xizmat qiladi.
Ekologik madaniyat quyidagilarni qamrab oladi: tabiatni muhofaza etish madaniyati, tabiat boyliklaridan foydalanish madaniyati, ekologik tizimni o‘zgartirish madaniyati. O‘zida ekologik madaniyatni shakllantirgan inson bir tuman miqyosida tabiatni muhofaza etish borasidagi g‘amxo‘rlik undan uzoqlardagi ekologik vaziyatga ham samarali ta’sir ko‘rsatishini teran tushu- nadi. Tabiiy muhitdagi kamchiliklarni bartaraf etish — barcha millat va xalqlarning ishidir. Ular faoliyatini bir maqsad yo‘lida birlashtirish ekologik muammoni hal etishning muhim sharti hisoblanadi.
Tabiiy muhitni muhofaza etish va tiklash masalasi millionlab odamlarning hamkorlikdagi ishlari tufayligina hal etilishi mumkin. Jamoaning hamkorligi odamlarning nafaqat tabiatni muhofaza etish va tiklash ishida faol ishtirok etishlarini ta’minlaydi, balki tabiatga nisbatan befarq va ayniqsa, yovuzlarcha muno- sabatda bo‘lishga toqatsizlik uyg‘otadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yildagi «Tabiatni muhofaza etishni kuchaytirish va tabiat boyliklaridan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida tabiat haqidagi bilimlarni aholi o‘rtasida ommalashtirishning ahamiyati kattaligi ta’kidlanadi. Ekologik ma’rifatdan tashqari tarbiyalanuvchilarning faolligidan ham samarali foydalanish lozim.
Bunday faollikni rivojlantirishda tuman yoki qishloq joylar- dagi kasb-hunar kollejlari qoshida, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ta’lim muassasalari hududida o‘rmonchilikni yo‘lga qo‘yish katta o‘rin tutadi. Hozirgi vaqtda Respublika- mizdagi ayrim kasb-hunar kollejlarida bunday ishlar juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Taqiqlangan joylarda ov qilish bilan shug‘ul- lanish jamiyatimiz, ayniqsa, qo‘riqlanayotgan tabiat uchun katta zarar keltiradi. Ayrim shaxslar boylik orttirish maqsadida ko‘l va daryolarda dinamit portlatib baliqlarni o‘ldiradi, qo‘riq- xonalardagi hayvonlarni ayovsiz ov qiladi va hokazo. Shuningdek, suv qurilmalarini loyihalashda uning atrof-muhitga qanday ta’sir etishini o‘ylamaslik, rejani bajarish va mahsulot tannarxini pasaytirish hisobiga tabiat boyliklarini talon-toroj qilgan holda va tabiatni ifloslantirish hollari uchrab turadi. Har bir xo‘jasizlik ortida mas’ul shaxslar bo‘lib, ular suv, havo, tuproq, o‘rmon, atrof-muhitning holati haqida emas, ko‘proq o‘z huzur- halovatini, o‘z foydasini ko‘proq o‘ylaydi.
Bundaylarni kelgusi avlodlar baxt-saodati aslo qiziqtirmaydi. Totg‘rirog‘i, ularda ekologik madaniyat yo‘q. Aynan shuning uchun ham, nafaqat xo‘jalik yuritish va tabiatga g‘amxo‘rona munosabatda bo‘lish qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan ma’muriy va huquqiy ta’sir o‘tkazish, balki keng aholi orasida, xususan, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari — bo‘lajak ishchilar, mutaxassislar orasida ham ekologik bilimlarni tashviqot-targ‘ibot qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |