Keyingi bo‘limda — tuqqan xotinlar palatasi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va qo‘shimcha xonalar bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan bolalar xonasida (bu yerga joylashtirilgan karavotlarni soni tug‘ilgandan keyingi karavotlar soniga nisbatan
foizini tashkil qilishi kerak) ko‘pi bilan 20 ta karavot bo‘ladi.
Palatadagi 1 ta karavot uchun 7 m2 joy ajratiladi, eklampsiya kasali bor ayollarning har biriga — 15 m2, yangi tug‘ilgan bitta bola uchun palatada — 9 m2, ikkita bola uchun — 10 m2 joy ajratiladi. Palatada ko‘pi bilan 2—4 ta karavot bo‘lgani ma’qul.
Kasalxonaning ginekologiya bo‘limida bemorlar jarrohlik hamda konservativ yo‘l bilan davolanadilar. Bo‘limda bitta 18 m2 muolaja qabul xonasi, operatsiya va yana operatsiya xona- sidan oldingi xona bo‘lishi lozim.
Navbatchi hamshira xizmat o‘rni. Muolajalar xonasi va shoshilinch yordamga muhtoj bemorlar 1 o‘rinli palatalarga yaqin yotqiziladi. Hamshiraning xizmat o‘rnidan yo‘lak palatalar va yordamchi xonalar eshiklari ko‘rinib turishi uchun orasidagi masofa 15 metrdan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Unda zarur jihozlar: stol, shkaf, sterilizator, termometr, bir martalik shpritslar, xolodilnik, chig‘anoq, telefon, palatada turib tibbiyot xodimini chaqirish moslamalaridan iborat signalizatsiya blok bo‘lishi lozim.
Anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi bemorni funksional holatini masofadan turib kuzatish uchun apparatlar (kardio- monitor, kardiokompleks va h.k.) bilan jihozlanadi. Navbatchi hamshira xizmat o‘rniga ko‘chma «ritm va trevoga signalizatori» o‘rnatiladi.
Ambulatoriya tipidagi muassasalar. Poliklinikalar va am- bulatoriya tipidagi boshqa muassasalar, asosan, kutish xona- laridan, vrachlik va davolash tashxis xonalaridan tashkil topgan. Poliklinikaning asosiy eshigidan keyin bevosita ro‘yxat qiluvchi (registratura) va kiyim yechinadigan xona bilan bog‘langan dahlizga kiriladi. Kutish uchun 2—3 metrgacha kengaytirilgan dahlizdan foydalanish mumkin. U yaxshi shamollatilishi va yoritilishi lozim. Poliklinikalar ishini to‘g‘ri uyushtirilsa ko‘p bemorlar to‘planishining oldi olinadi, bir-biridan yuqumli kasalliklar tarqatuvchi mikroblarni o‘tishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bolalar bo‘limi kattalar bo‘limidan butunlay alohida bo‘ladi. Bolalar bo‘limiga filtr orqali kirish mumkin, bu yerda tibbiy hamshira bola to‘g‘risida ota-onalardan so‘rab-surishtiradi,
bemor bola kelgan zahoti ko‘rib, haroratini o‘lchaydi. Isitma- layotgan, yuqori nafas yo‘llari yallig‘langan, terisiga toshma toshgan yoki boshqa yuqumli kasallik alomatlari bo‘lgan bolalar (alohida eshikli) ko‘rish boksiga yotqiziladi. Bolalar bo‘limlarida hojatxonadan tashqari go‘dak bolalar uchun tuvaklar turadigan xona, unitaz, yuvish va dizenfeksiya qilish uchun maxsus jihozlar bo‘lishi kerak.
§. TIBBIYOT XODIMLARINING MEHNAT VA SHAXSIY GIGIYENASI
Tibbiy xodimlar mehnatini yengillatishga imkon beradigan sharoitlarni yaratish kasalxona gigiyenasining eng muhim vazi- falaridan biri hisoblanadi. Mehnat jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar majmuyini o‘tkazish yo‘li bilan tibbiy xodimlar charchashining oldini olish mumkin.
Poliklinika va kasalxonalarda vrachlar xonalari, muolaja xonalari, navbatchi hamshiralar ishlash o‘rni, ordinatorlar, labo- ratoriya xonalari eng zarur ish joylari hisoblanadi. Ish joyi jihozlariga: tibbiy asboblar, yozuv qurollari, hujjatlar, tashkiliy texnika va tezkor aloqa vositalari kiradi.
Hujjatlarni yurgizishga ketadigan vaqtni qisqartirish muhim tadbirlardan hisoblanadi. Jumladan, tibbiyotga oid yozuv-hisob ishlarida hujjatlashtirishning bosmaxona imkoniyatlaridan foydalanish lozim. Tibbiy xodim bu qog‘ozlardan foydalanar ekan, zarurining tagiga chizib qo‘ya qoladi. Ma’lumki, bemorga beriladigan yozma tavsiyalar og‘zakisiga qaraganda samarali bo‘ladi. Chunki, og‘zaki tavsiyalarni bemorlar faqat 30—35% eslab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |