M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri



Download 422,93 Kb.
bet104/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

sinf — zangori chiziq bilan.

Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan pestitsidlar ichida xavfli uch belgi xususiyatiga ega bo‘lganlari juda xatarli hisoblanadi, jumladan:

  1. Tashqi muhit ta’sirida o‘zining zaharlilik xususiyatini yo‘qotmasligi.

  2. Kumulativ xususiyatga ega bo‘lishi.

  3. Sut orqali o‘tishi. Xlororganik guruhga kiruvchi pestitsidlar shunday xususiyatlarga ega.

Kam miqdorda bo‘lsa ham, uzoq vaqt davomida ovqat bilan organizmga tushadigan pestitsidlar o‘ta xavfli hisoblanadi. Bunday hollarda ba’zi bir a’zo va sistemalar faoliyatida bir qadar o‘zga- rishlarni kuzatish mumkin. Bu jihatdan, zaharlanishning yashirin ko‘rinishi, ayniqsa, xatarli bo‘lib, hech qanday tashqi zaharlanish




belgilari sezilmagan holda a’zolarda chuqur biokimyoviy o‘zga- rishlar kechadi. Surunkali zaharlanishning oldini olish choralari quyidagilardan iborat:

  1. Ovqat mahsulotlari tarkibida tashqi muhitda zaharli xu- susiyatini saqlovchi, sezilarli kumulativ xossaga ega bo‘lgan pestitsidlar butunlay bo‘lmasligi kerak.

  2. Ovqat mahsulotlariga o‘tgan pestitsidlar miqdori faqat ruxsat etilgan me’yorda bo‘lishi (qaysiki, organizmga beziyon miqdorda) mumkin.

  3. Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga faqat tashqi muhitda zaharli xususiyatini tez yo‘qotadigan pestitsidlar qo‘llash tavsiya etiladi.

  4. Pestitsidlarni qo‘llash qoidalariga qattiq rioya qilish, ovqat mahsulotlaridagi zaharli moddalarni yo‘qotish muddatini aniq­lash va hosilni yig‘ishda shunga amal qilish talab etiladi.

  5. Ovqat mahsulotlari tarkibidagi qoldiq zaharli moddalar miqdorini aniqlab, zararli bo‘lgan mahsulotlarni ovqat uchun ishlatmaslik va boshqalar.

  1. §. ASBOBLARDAN, PLYONKALARDAN O‘TADIGAN BIRIKMALARDAN ZAHARLANISH

Oziq-ovqat sanoatida va ovqatga aloqador muassasalarda idishdan, jihozlardan, o‘rash uchun ishlatiladigan plyonkalardan oziq-ovqatga o‘tadigan zaharli moddalardan zaharlanishning oldini olish muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat sanoatida yelim- lar, loklar, bo‘yoqlar qoplangan buyumlar, ovqat mahsulotlarini shisha idishlarda saqlash uchun jipslash materiallari poliamidli, poliatsetatli, polietilenli, polivinilatsetat, polistirollar, har xil rezina birikmalari, ionlanish natijasida olingan qatronlar, organik oyna, ftoroplastlar, har xil markali sellofan, jihozlarni va yashik- larni qoplash uchun har xil sirlar ishlatiladi. Ularni oziq-ovqat korxonalarida faqat Sog‘liqni saqlash vazirligining Bosh sani- tariya-epidemiologiya boshqarmasi ruxsati bilan ishlatish tavsiya etiladi. Oshxona anjomlari (idish-tovoq, o‘rash materiallari) ovqat mahsulotlariga ko‘proq og‘ir metallarning tuzlari (qo‘r- g‘oshin, margimush, mis, rux) va har xil organik moddalar tushishi mumkin. Ular oziq-ovqat mahsulotlariga texnologik uskunalar, idishlardan tushishi, shuningdek, yanglishib ishlatib qo‘yilganda tushishi mumkin. Qo‘rg‘oshindan zaharlanish ancha ko‘p uchraydi.




Qo‘rg‘oshindan zaharlanish. Har xil qiyomlar, marinadlar, tuzlangan mahsulotlar, mevalar va boshqalarni ichi qo‘rg‘oshin- langan idishlarda uzoq muddat saqlash natijasida qo‘rg‘oshindan zaharlanish kelib chiqadi. Qo‘rg‘oshin organizmga oz miqdorda tushsa ham, unda saqlanib qolish xususiyatiga ega, u suyaklarda to‘planadi. To‘planish davri deyarli beziyon o‘tadi. Biroq, ayrim hollarda (charchash, och qolish, spirtli ichimliklarni ichish, kislotalar ichib qo‘yishda, yuqumli kasalliklar bilan og‘rishda) qo‘rg‘oshin tuzlari erib, qonga o‘tadi va zaharli ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘rg‘oshin organizmga 0,2-0,25 mg dan ortiq miqdorda tushganda surunkali kasalliklar ro‘y berishi mumkin. Surunkali zaharlanish umuman behollik, ko‘ngil aynish va revmatizmdagi singari og‘riqli kechib, teri ko‘kimtir kulrang tusda bo‘ladi. Tishlar orasidagi qoldiq ovqat tarkibidagi oqsillarning chirishidan oltingugurt vodorodi hosil bo‘ladi va milklardagi qo‘rg‘oshin bilan birikib qo‘rg‘oshin sulfidiga aylanadi.
Qo‘rg‘oshindan zaharlanish kamqonlik, vaqti-vaqti bilan ichning buzilib turishi va qorinda qattiq og‘riq paydo bo‘lishi (qo‘rg‘oshin sanchig‘i) bilan kechadi. Qo‘rg‘oshindan surunkali zaharlanishning o‘ziga xos belgilari terining kulrang tusga kirishi- qo‘rg‘oshin tusi paydo bo‘lishidir. Qo‘rg‘oshindan zaharlanishda parezlar, falajlar va talvasa kabi holatlar ro‘y beradi.
Mahsulotlardagi qo‘rg‘oshinning asosiy manbayi qalaylangan, sirlangan idish-tovoqlar hisoblanadi. Qo‘rg‘oshin siri (glazur) qo‘rg‘oshin oksidining silikat kislota bilan qotishmasidan iborat.
U kulolchilikda sopol idishlarga qoplanadi. Bunda qo‘rg‘o- shin silikat kislota bilan to‘la birikmaydi va keyin osongina oziq- ovqat mahsulotlariga o‘tadi. Bunday sirni yakka hunarmand- chilikda ishlatish, ko‘pincha, qo‘rg‘oshindan zaharlanishga sabab bo‘ladi. Hozirgi vaqtda, amaldagi sanitariya qonunchiligiga ko‘ra, hamma kulolchilikda eng kam miqdorda (40-60% o‘rniga 12%) qo‘rg‘oshin saqlagan «fritirlangan» sir qo‘llash lozim. Bun- dan tashqari, tayyor sopol idishlar qo‘rg‘oshin ajratishiga si- novdan o‘tkaziladi, bunda sinalayotgan idish 4 foizli sirka kislota eritmasida 30 daqiqa mobaynida qaynatilganda eritmaga qo‘rg‘oshin chiqmasligi kerak. Qo‘rg‘oshindan zaharlanishning oldini olishda qalay sifati ustidan nazorat qilish katta ahamiyatga ega. Idish sirtidagi sir qo‘rg‘oshin bilan qalay qotishmasidan iborat bo‘lib, u oziq-ovqatlar uchun ishlatiladigan tunuka va mis idishlarga (plitaga qo‘yiladigan qog‘ozlar, bochkachalar)




qoplash, shuningdek, texnologik uskunalar qismlarini zanglash- dan saqlash maqsadida qo‘llaniladi. Idishlarning ichki yuzasini sirlash uchun qo‘llaniladigan qalayda qo‘rg‘oshin miqdori sani­tariya me’yorlari bo‘yicha bir foizdan oshmasligi kerak. Idishning tashqi choklarini kavsharlash uchun qalaydagi qo‘rg‘oshin miq­dori 10% dan ziyod bo‘lmasligi shart.
Margimush (mishyak)dan zaharlanish. Margimushning 0,15 grammi o‘limga olib keladigan doza hisoblanadi. Kamroq miq- dori surunkali zaharlanishni keltirib chiqaradi. Aksari odamlar tarkibida margimush saqlagan zaharli kimyoviy birikmalar bilan ishlov berilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini iste’mol qilganda zaharlanadilar. Sabzavotlar, mevalar va danaklar, mevalardagi zaharli kimyoviy moddalarning qoldiqlari yetarlicha tozalan- maganda organizmga tushishi mumkin. Ilgari margimushli birik- malarni saqlash uchun foydalanilgan idishlardagi oziq-ovqatlar iste’mol qilinganda, margimush o‘rniga yanglishib ishqor, krax­mal ishlatganda, shuningdek, zaharlangan urug‘lik, g‘allaning unini iste’mol qilganda zaharlanish ro‘y bergan hollar ma’lum.
Zaharlanishning klinik belgilari ketma-ket qusish, to‘sh ostida kuchli og‘riq paydo bo‘lishi va ko‘p marta suvdek ich ketishi bilan belgilanadi. Margimushdan zaharlanishda axlat guruch shillig‘iga o‘xshaydi. Ko‘p ich ketishi va qusish natijasida orga- nizm suvsizlanadi, bu chiqariladigan siydik miqdorining ka- mayishi, talvasaga tushish, sianoz bilan yuzaga chiqadi. Mar- gimushdan zaharlanish, ko‘pincha, o‘lim bilan tugaydi.

Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish