M a ‘ ruzalar matni kirish


-mavzu: O’zbekiston Respublikasi Prokuraturasi (1 soat)



Download 1,03 Mb.
bet15/15
Sana21.04.2017
Hajmi1,03 Mb.
#7252
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

25-mavzu: O’zbekiston Respublikasi Prokuraturasi (1 soat)

Reja:

1. Prokuratura organlari tushunchasi va uning danlat organlari tizimida tutgan ro’li

2. O’zbekiston Respublikasi Prokuratura organlarining tizimi

3. O’zbekiston Respublikasi Prokuratura organlarining vakolatlari, va faoliyat tartibi.

4. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo’ysinuvchi prokurorlarning huquqiy maqomi
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining tizimi O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasiprokuraturasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar,tumanlararo va boshqa hududiy prokuraturalardan iboratdir. Unga,

shuningdek, transport, harbiy, tabiat muhofazasi prokuraturalari va boshqaixtisoslashtiril

gan prokuraturalar ham kiradi.O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi (yangitahriri) qonunning 18-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Soliq va valutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashishidepartamenti tashkil etildi. Departamentga lavozimiga ko‘ra O‘zbekistonRespublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosariga tenglashtirilgan, O‘zbekistonRespublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Departament boshlig‘i rahbarlik qiladi. Departamentni hamda uning joylardagi bo‘linmalarini tashkil etish vaularning faoliyat ko‘rsatish tarkibi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan viloyatlar vatumanlar prokuraturalariga tenglashtirilgan boshqa prokuraturalar, tuman prokuraturalariga ega bo‘lgan shaharlarda esa, tuman prokuraturalari bo‘ysunadigan shahar prokuraturalari tuzilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tuziladigan transport, tabiat muhofazasi prokuraturalari, boshqa ixtisoslashtirilgan prokuraturalar viloyatlar, tumanlar prokuraturalari, tumanlararo prokuraturalari yoki shahar prokuraturalari vakolati bilan faoliyat ko‘rsatadi.O‘zbekiston Respublikasi ichki qo‘shinlari va FVV bo‘linmalari harbiy prokuraturasini tashkil etish va uning ish tartibi «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonun, boshqa qonun hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasining harbiy prokuraturasi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi. Jumladan, 1993 yil 7 mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining harbiy prokuraturasi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, harbiy prokuratura «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajara turib, o‘z faoliyatini Qurolli Kuchlar, chegara va ichki qo‘shinlarda, qorovul qo‘shinlarida, shuningdek FVV bo‘linmalarida qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga qaratadi. U quyidagilarni muhofaza qiladi:

– harbiy xizmatchilar, harbiy quruvchilar va yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, ularning oila-a’zolari va Qurolli Kuchlar ichki qo‘shinlar qo‘shinlari va FVV bo‘linmalari xizmatchilarining, shuningdek, boshqa fuqarolarning huquq va erkinliklarini;

– O‘zbekiston Respublikasi xavfsizligini, Qurolli Kuchlarning, chegara qo‘shinlari, ichki qo‘shinlarning va qorovul qo‘shinlarining hamda FVV bo‘linmalarining harbiy qobiliyati va harbiy tayyorgarligini, harbiy intizom va harbiy xizmatni o‘tashning belgilangan tartibini;

– harbiy qismlar, Qurolli Kuchlarning muassasalari, harbiy o‘quv yurti, korxonalari va tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini. Harbiy prokuratura o‘ziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, quyidagi asosiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadi:

a) barcha harbiy boshqaruv organlari, harbiy qismlar, harbiy o‘quv yurtlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, ichki qo‘shinlar va FVV bo‘linmalarining komandirlari, boshliqlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan, harbiy chaqiruvdagilar, shuningdek, Qurolli Kuchlar, ichki qo‘shinlar va FVV bo‘linmalari ning ishchilari va xizmatchilari tomonidan o‘z xizma vazifalarini bajarish paytida qonun larga, nizomlarga va boshqa harbiy qonun hujjatlariga amal qilinishini nazorat qilish;

b) Qurolli Kuchlardagi surishtiruv, harbiy prokuratura tergovchilari organlari, shuningdek, MXX surishtiruv organlari, tergovchilari tomonidan harbiy sudlarga taalluqli jinoiy ishlarni tergov qilish paytida qonunlarga amal qilinishini nazorat qilish;

v) sudlarda ishlarni ko‘rib chiqish paytida ishtirok etish va sud ishlari to‘g‘risidagi qonunlarning bajarilishini nazorat qilish;

g) gauptvaxtalar, shuningdek, hibsga olinganlarni va qamalgan harbiy quruvchilarni saq lashning boshqa muassasalarida, intizomiy qismlarda hamda harbiy qismlarda harbiy sudlar belgilangan jazolarni o‘tashda qonunlar va harbiy nizomlarga amal qilinishini nazorat qilish. Harbiy prokuratura Qurolli Kuchlarda, chegara qo‘shinlari, qorovul qo‘shinlari hamda FVV bo‘linmalarida jinoyatlarga va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurash bo‘yicha qonunlarning ijrosini nazorat qiladi. Uning zimmasiga jinoiy ishlar bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshirish, jinoyat qilganlarni javobgarlikka tortish, jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, ularning sabablari va sharoitlarini tugatish yuklangan. O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori boshchilik qiladi. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan, keyin O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tasdig‘idan o‘tadigan birinchi o‘rinbosariga,

o‘rinbosarlarga ega. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘z o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi. O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasida Bosh prokuror (rais), uning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, O‘zbekiston Respublikasining harbiy prokurori, prokuratura idoralarining boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atning shaxsiy tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlaydi.

Respublika prokuraturasida bosh boshqarmalar, boshqarmalar va bo‘limlar tuzilib, ularda katta prokurorlar va prokurorlar bo‘ladi. Bosh prokuror katta yordamchilar, maxsus topshiriq bo‘yicha yordamchilar va yordamchilarga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Bosh boshqarmalar, boshqarmalar va bo‘limlar boshliqlarini, boshliq o‘rinbosarlarini, Bosh prokurorning katta yordamchilarini, maxsus topshiriq bo‘yicha

yordamchilari va yordamchilarini, boshqarmalar va bo‘limlarning katta prokurorlari hamda prokurorlarini, O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilari va katta tergovchilarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori boshchilik qiladi, uning Bosh prokuror tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori (rais), uning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari va prokuratura idoralarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hay’at

tuziladi. Hay’atning shaxsiy tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tasdiqlaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasida boshqarmalar va bo‘limlar tuziladi. Boshqarma va bo‘limlarning boshliqlari, respublika prokurorining katta yordamchilari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligiga binoan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod

qilinadilar.



Viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalariga, ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar boshchilik qiladilar. Ularning O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari

bo‘ladi. Viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalarida, ularga tenglashtirilgan boshqa prokuraturalarda prokuraturaga boshchilik qiladigan prokuror (rais), uning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari va prokuratura idoralarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atlarning shaxsiy tarkibini tegishli prokurorlarning taqdimiga

binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tasdiqlaydi. Viloyatlar, Toshkent shahri prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan boshqa prokuraturalarda boshqarmalar va bo‘limlar tuzilib, ularning boshliqlari, shuningdek, katta yordamchilar O‘zbekiston

Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar. Boshqarmalar va bo‘limlar boshliqlarining o‘rinbosarlari, yordamchilar, katta prokurorlar, alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilar tegishli prokuror tomonidan tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.



Shaharlar va tumanlarning prokuraturalariga, shuningdek, ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar boshchilik qiladilar. Ular o‘rinbosarlar, katta yordamchilar, yordamchilarga ega


1


2


3 Бойков А.Д. Третья власть. – М.: Издательство БЕК, 1998. - Б.104.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish