M a ‘ ruza №13 joyni vertikal planirovka qilish uchun yuza nivelirlash



Download 256,33 Kb.
bet2/3
Sana29.04.2022
Hajmi256,33 Kb.
#590852
1   2   3
Bog'liq
M A ‘ R U Z A № 13

Gorizontal maydonchalar, odatda er qazish ishlarining nolaviy balansi shartiga rioya qilgan holda ko‘tarma va kovlanmalar hajmi taxminan barobar bo‘lganda loyihalanadi. YUza nivelirlash ma’lumotlari asosida planirovka qilinayotgan uchastkaning o‘rtacha otmetkasi topiladi. Bunda kvadrat shakldagi har qaysi prizma vertikal tekisliklar, tekis asos va yuqoriga qiya tekislik (uchastkaning yuzasi) bilan chegaralangan deb faraz qilinadi. Prizmaning balandligi uning yuzasidagi burchagiy nuqtalar otmetkalarining o‘rtacha arifmetik qiymatiga teng deb qabul qilinadi. U holda prizma hajmi



bo‘ladi, bu erda R - prizma asosining yuzasi; h - burchagiy nuqtalarning otmetkalari.


Kvadratlar uchlarining qora otmetkalari ma’lum bo‘lgan uchastkani planirovka qilishda o‘rtacha otmetka quyidagicha hisoblab topiladi. Uchastka konturi ichida joylashgan kvadratlarning a1, a2, a3, ...... a24 uchlari otmetkalari (1 - rasm) hisoblashda to‘rt marta takrorlanadi va ularning yig‘indisi ga teng bo‘ladi.
So‘ngra uchastka konturi bo‘ylab joylashgan (uchastka burchaklari uchlarining otmetkalari bundan mustasno) kvadratlar uchlarining otmetkalari (b1, , b20) jamlanadi va olingan yig‘indi 2 ga ko‘paytiriladi, chunki bu otmetkalar ikki yondosh kvadratga taalluqlidir. Nihoyat, uchastkaning burchagiy nuqtalari otmetkalari (s1, s4) ni jamlab topiladi.
Uchastkani planirovka qilish uchun o‘rtacha otmetka N0 quyidagi formula bilan aniqlanadi:



bu erda n - barcha kvadratlar soni.





1-rasm. Joydagi uchastka yuzasini planirovka qilishda er qazish ishlari balansini nolga teng qilgan holda loyihaviy otmetkani hisoblashga doir sxema.


Kvadrtalar barcha uchlarining ish otmetkalari qora otmetkalar bilan planirovka otmetkasi N0 ayirmasidan chiqadi.


Qiyaliklar.Kvartal ichidagi territoriyalarni planirovka qilishda, texnologik asbob-uskunalar uchun qiya maydonchalar tayyorlashda va boshqa hollarda berilgan nishablik bo‘yicha qiya yassiliklar loyihalanadi.
Nivelir to‘ri kvadratlari uchlarining qora otmetkalarini, loyihaviy yassilik boshlang‘ich nuqtasining N1 otmetkasini ( 2- rasm) va loyihalanayotgan yuzaning ikkita o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishlari bo‘yicha berilgan i1 va i2 nishabliklarni bilgan holda nivelir to‘la kvadratlari uchlarining loyihaviy otmetkalari, so‘ngra ilgari ko‘rsatib o‘tilgan tartibda ish otmetkalari hisoblab topiladi.



2-rasm. Qiya tekislik loyihalashga doir sxema
Boshlang‘ich nuqtaning loyihaviy otmetkasi N1 bilan loyihaviy yassilikdagi N2 otmetkali ixtiyoriy nuqta o‘rtasidagi bog‘liqlik

formula bilan ifodalanadi, bu erda i1 va i2 - gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda berilgan loyihaviy nishabliklar; d1 va d2 - boshlang‘ich nuqta bilan nishabliklar yo‘nalishlarida aniqlanayotgan nuqta orasidagi masofa.


Hisoblab topilgan loyihaviy va ish otmetkalari ish chizmasiga, kvadrtalarning tegishli uchlari yoniga yozib qo‘yiladi, ularga asoslanib planirovka qilish ishlari bajariladi va loyihaviy otmetkalar uchun yuzalar tozalanadi.

Download 256,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish