M a ‘ ruza №1 geodeziya to’G’risida umumiy ma’lumotlar geodeziya fani va uning vazifalari. Geodeziya fanining qisqacha tarixstrreplA



Download 26,33 Kb.
bet3/3
Sana15.06.2022
Hajmi26,33 Kb.
#675583
1   2   3
Bog'liq
1-MAVZU

3. Geodeziyani axamiyati.
Erni shakli va kattaligi haqidagi ma’lumotlar insoniyat uchun zarurdir. Bu ma’lumot ESYini o‘chirish, televidenie, geologiya, radio, geografiya, geofizika uchun zarurdir.
Er yuzasini o‘rganish, o‘zlashtirish, xamda er yuzasini injener inshootlarini barpo qilish bilan shug‘ullanadigan barcha mutaxassislar uchun topografik karta ko‘z bo‘lib xizmat qiladi. Buning uchun undan foydalanishni yaxshi bilish kerak.
Geodezik ishlar sanoat va grajdan qurilishi, yo‘l qurilishida ham muhim ahamiyatga ega yangi shaxar va qishloqlarni bunyod etish, axoli yashaydigan punktlarini planlashtirish kabi muxim ishlarni geodezik ishlarsiz va topografik kartalarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
Geodezik o‘lchash ishlari, topografik kartalar va aerofotos’emka materiallari mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini oshirish vositalaridan biridir.
Topografik karta va aerosuratlardan taktik, strategik masalalarni hal qilishda, hamda boshqa harbiy ishlarda keng foydalaniladi.
Umuman, geodeziya mamlakatimiz xo‘jaligini barcha tarmoqlarini rivojlantirishda va mudofaa qobiliyatini oshirishda juda katta axamiyatga ega.
4. Geodeziyani rivojlanish tarixi.
Geodeziya qadimiy fanlardan birdir. U kishilik jamiyati hayotiy talablari asosida vujudga kelgan va ishlab chiqarish kuchlarini taraqqiy etishi bilan rivojlana borgan. Geodeziya fani Arabiston, Xitoy, Xindiston, O‘rta Osiyoda taraqqiy etgan. Masalan IX asrning boshlarida arab xalifasi Mamun topshirig‘i bilan Mesopotomiya tekisligida er sharining kattaligini aniqlash maqsadida gradus o‘lchash ishi olib borilgan. Olimlar er shari meridianini 1° yoy uzunligini 111,8 km ekanligini aniqlaganlar.
1680 yilda I. Nyuton o‘zini dunyo tortilish qonuniga asoslanib, er - ellipsoid shaklida degan fikrni olg‘a surdi.
XIX asr boshlarida turli mamlakatlarda astronomiya, geodeziya soxasida olib borilgan ishlar erni shakli ellipsoiddan bir oz farq qilishini ko‘rsatdi. Masalan ulug‘ olim Laplas Fransiya va boshqa davlatlarda olib borilgan gradus o‘lchashlar natijasini analiz qilib, meridian 1° sining uzunligi ekvatordan qutblarga tomon bir xilda kamaymasligini aniqladi. SHunga asoslanib er o‘ziga xos noaniq shaklga ega ekan, degan xulosaga kelindi. 1873 yilda nemis fizigi I. V. Listing erning bunday shaklini geoid deb atalishini taklif etdi.
Erning kattaligini aniqlashda Rossiyada bajarilgan gradus o‘lchashning axamiyati juda katta.
Masalan 1816 yildan boshlab geodezist K. I. Tenner raxbarligida Rossiyaning g‘arbiy chegarasidagi guberniyalarda astronom V. YA. Struve raxbarligida Boltiq bo‘yi guberniyalarida gradus o‘lchash ishlari olib borilib, bu ishlar 1850 yilgacha davom etgan va Dunay daryosining quyilish joyidan to Skandinaviya yarim orolining shimoliy qirg‘og‘igacha bo‘lgan 25°20ў meridian yoyining uzunligi xisoblab chiqarilgan.
Geodeziya fanini nazariy jihatdan rivojlantirishda rus olimlari P. L. CHebo‘shev, A. P. Bolotov, N. YA. Singer, A. A. Tillo va boshqalar salmoqli hissa qo‘shdilar.
X1X asr boshida Rossiyada olib borilgan geodezik ishlar natijasida Rossiyani 10% gina topografik jixatdan o‘rganilgan edi.
Sovet hokimiyati dastlabki yillaridayoq mamlakatimiz territoriyasini geodezik va topografik jixatdan o‘rganishga katta axamiyat berildi. 1928 yilda mashxur rus geodezisti F. N. Krasovskiy davlat territoriyasida geodezik tayanch shaxobchalarini barpo etish va topografik plan olish ishlarini programmasini tuzib chiqdi.
1933 yilda davlat territoriyasini gravimetrik planini olish ishlari olib borildi. 1945 yilda mamlakatimiz territoriyasini 1:1.000.000 masshtabli kartalari tuzildi. Aerofototopografik plan olish ishlariga Drobishev, Konshin, Lobanov va boshqa olimlar turli injenerlik inshootlarni barpo etishda geodezik ishlarini bajarish metodlarini yaratishga olimlar N. G. Viduev, G. F. Glotov, N. N. Lebedev va boshqalar katta hissa qo‘shdilar.
Sovet hokimiyati davrida yangidan-yangi, mukammal optik va avtomatik asboblar, aerofotos’emka apparatlari, fotogrammetrik asboblar, hamda svetodalnomer, radiodalnomer, lazerodalnomerlar yaratildi va o‘zlashtirildi.
Kartografiya soxasida ham katta yutuqlarga erishildi va yirik kartografik asarlar yaratildi.
Geodeziya fani xalq manfaatini ko‘zlab, xalq xo‘jaligini rivojlantirish va mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini oshirish uchun xizmat qilmoqda.
5. Geodeziyani sanoat va grajdan qurilishidagi axamiyati
Geodezik ishlar sanoat va grajdan qurilishida ham katta ahamiyatga ega. Har qanday bino, uy va yo‘l qurilishining samaradorligi, qurilish narxi, ulardan foydalanish iqtisodiy ko‘rsatkichlariga asosan geodezik ishlarning qanchalik aniq bajarilganligiga va geodezik ma’lumotlardan qanchalik to‘g‘ri foydalanilganligiga bog‘liq.
YAngi shaxar va qishloqlarni barpo etish, aholi yashaydigan punktlarni planlashtirish, ularni obodonlashtirish va qayta qurish loyixalarini tuzish kabi muxim masalalarni geodezik ishlarsiz amalga oshirib bo‘lmasligi turgan gap.
Download 26,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish