Tarixiy jihatdan o`zbek tili leksikasi
Tilning tarixiy taraqqiyoti davomida uning barcha bo`limlarida, jumladan, leksikasida ham o`zgarishlar yuz beradi. Bunda tildagi ba’zi so`zlar eskirib, iste’moldan-ishlatilishdan chiqib ketadi yoki yangi tushunchalarni nomlovchi so`zlar paydo bo`ladi. Bu hodisalar tilning leksik tarkibini 2 qatlamga ajratishni taqozo etadi:
1. Zamonaviy qatlam (neytral qatlam).
2. Eskirgan qatlam.
Zamonaviy qatlam. Bu qatlam o`zbek tili leksikasining asosiy qatlami bo`lib, uni umumxalq leksikasiga – ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikaga oid so`zlar, shuningdek, atamalar, kasb-hunarga doir so`zlar tashkil etadi. Bu qatlamdagi so`zlar yangilik bo`yog`iga ham, eskilik bo`yog`iga ham ega bo`lmaydi.
Zamonaviy qatlamda so`zlarning nutqda ko`p yoki kam ishlatilishi, barcha kishilarning ishlatishi yoki ma’lum guruh kishilari nutqidagina ishlatilishi asosga olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |