Lte tarmoqlarida trafikni uzatish sifati parametrlarini baholash usullarini tahlil qilish


CS fallback funksionalini qo‘llaydigan qurilmalarning o‘ziga xos xususiyatlari va xarakteristikalari



Download 408,5 Kb.
bet2/2
Sana06.01.2022
Hajmi408,5 Kb.
#323255
1   2
Bog'liq
Shohruh maqola

CS fallback funksionalini qo‘llaydigan qurilmalarning o‘ziga xos xususiyatlari va xarakteristikalari

UE, tabiiyki, ham E-UTRAN/EPCga, ham CS domainga GERAN yoki UTRAN tarmog‘i orqali ulanishga ega bo‘ladi.

MME LAI va IMSIdan olinadigan hash-qiymatdan VLR nomerini aniqlash uchun ishlatadi, agar bu LAIda bir necha MSC/VLRlar xizmat ko‘rsatsa, SGSNda aynan shu hash-qiymat/funksiya ishlatiladi.

MSC bilan barchasi tushunarli, lekin yana CS fallback funksionalini ICS yoki SRVCC qo‘llanishi bilan kengaytirish mumkin.

2- rasm. CS fallback va SMS-xabarlarni uzatishni tashkil etish uchun EPS-tarmoqning soddalashtirilgan arxitekturasi

LTE tarmog‘ida bo‘lgan abonent chaqiruvni amalga oshirishi vaqtida nima yuz beradi? Soddalashtirilgan call flow – tarmoq elementlari orasida signallar xabarlarini almashlash diagrammasini ko‘rib chiqamiz, u barchasini etarlicha yaqqol tushuntirishga imkon beradi (3- rasm).

Hodisalarni rivojlanishi asosiy ko‘rinishni ko‘rib chiqamiz. LTE texnologiyasini qo‘llaydigan telefon egasi 4G va 3G/2G tarmoqlar qamrab olish zonasida ko‘cha bo‘ylab ketmoqda. Fon rejimida pochta, Facebook, Twitter va boshqa servislar yangilanmoqda. Qo‘ng‘iroq qilish istagida u o‘ziga odat bo‘lib qolgan amallarni bajaradi. Raqamni teradi va ekrandagi chaqiruv tugmasi aks etgan joyga tegadi (chaqiruv tugmasini bosadi).

3- rasm. Soddalashtirilgan call flow – tarmoq elementlari orasida signallar xabarlarini almashlash diagrammasi


Bu momentda servisni taqdim etilishiga birinchi kengaytirilgan so‘rov generatsiyalanadi (ikki yil oldin oddiy ovozli chaqiruv kengaytirilgan so‘rov sifatida talqin etilishini tasavvur qilish qiyin edi). MME abonent LTE tarmog‘ida ekanligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan so‘rovni oladi, bu haqda eNodeBga u CSFB protsedurasini uyushtirishi uchun xabar qiladi.

CSFB protsedurasi 2G/3G-tarmoqqa o‘tishni ko‘zda tutadi, lekin telefon bu vaqtda tarmoqni aktiv ishlatmoqda, pochtani va servislardan yangilashlarni olmoqda va bu jarayonni to‘xtatish mumkin emas. eNodeB ma’lumotlarni aktiv uzatilayotganini ko‘rish bilan 3G yoki 2G tarmoqda handoverni amalga oshirish qarorini qabul qiladi. Tarmoqni tanlash haqidagi qaror UEdan olinadigan o‘lchashlar asosida qabul qilinadi. SHunday qilib, tarmoqlar orasidagi o‘tish ma’lumotlarni uzatish aktiv sessiyalari uzilmasdan amalga oshiriladi.

eNodeB o‘z qarorini MMEga xabar qiladi va endi MME SGSN bilan kelisha boshlaydi. Bu jarayonni boshlash uchun bu abonent uchun SGSN (PFCs, PDP context, APN) va RNCda zarur resurslarning borligiga ishonch hosil qilish kerak. Buning uchun MME SGSNda joylashish o‘rnini (Update Location) o‘zgartirishga so‘rovni uzatadi. SGSN, o‘z navbatida, LTE servislarni (EPS bearer service) LTE bo‘lmagan servislar (PDP context) bilan mos kelishini aniqlaydi va RNCda resurslarni (PFCs - Packet Flow Context) ajratilishini so‘raydi. 3G-tarmoqning yuklanganligiga bog‘liq ravishda barcha servislarning qabul qilinishi shart emas, EPS-servislarning qismi tashlab yuborilishi mumkin.

Keyin RNC ham 3G-tarmoq (Handover Radio Resources) uchun, ham LTE (NAS konteyner) uchun ma’lumotlar bo‘ladigan manbadan oluvchiga shaffof konteyner tayyorlanadi. Zarur resurslarning borligi haqidagi tasdiqlashni olish bilan SGSN bu haqda MMEga xabar qiladi, u Handover protsedurasini uyushtiradi (shaffof konteynerni eNodeBga jo‘natadi).

eNodeB komandani olish bilan MMEdan servislarni SGSNga “qayta ulay” boshlaydi va bu bilan birga Handover komandasini (shaffof konteyner bilan birga) UEga jo‘natadi. Bu komanda bo‘yicha UE (smartfon) 3G-tarmoqning radioqismiga qayta sozlana boshlaydi. Aynan bu maqsadlar uchun shaffof konteyner ham LTE, ham 3G tarmoqlarda handover uchun ma’lumotlarga ega bo‘ladi.

YAngi tarmoqqa sozlangandan keyin UE XID (eXchange IDentifier) xabarnii jo‘natadi va bu momentning ma’lumotlarni uzatishni qayta tiklaydi. RNC SGSNni handoverning muvaffaqiyatli yakunlanganligi haqida xabardor qiladi, shuningdek XIDni SGSNga retranslsiya qiladi. Update Location tasdiqlash olinganidan keyin MME va eNodeB resurslarini bo‘shatish boshlanadi.

Keyin 2G/3G tarmoqlarda yillar bo‘ylab ishlab kelayotgan standart ovozli chaqiruv protsedurasi bo‘lib o‘tadi.

LTE kirish chaqiruvi chaqiruvni uyushtiruvchi UE emas, balki MSC bo‘lishidan tashqari yuqorida ko‘rib chiqilgan chiqish chaqiruvidan hech bir farq qilmaydi.

Boshlanishida SGs-interfeys bo‘yicha MME MSCdan zarur ma’lumotlarli (IMSI, VLR TMSI, Location Information) pagingni qabul qiladi.sozlashlarga bog‘liq ravishda paging IMSI bo‘yicha yoki TMSI bo‘yicha o‘tadi. Birinchi holda MME IMSIni ishlatadi, ikkinchi holda olingan ma’lumotlardan S TMSIni generatsiyalaydi va eNodeBga uzatadi. Pagingni olish bilan smartfon radioresurslarni so‘rashni boshlaydi va kengaytirilgan so‘rovni generatsiyalaydi. Oldingi ko‘rinishdagi kabi handover bo‘lib o‘tadi va bundan keyin UE 2G/3G tarmog‘ida pagingga javob beradi. Ovozli bog‘lanish o‘rnatildi.

4-rasm.Soddalashtirilgan call flow – tarmoq elementlari orasida signallar xabarlarini almashlash diagrammasi


Demak, CSFB texnologiyasining ishlashi uchun LTE va GSM/UMTS tarmoqlarining qoplanishi zarur. SHuningdek, CSFB texnologiyasini abonentlar qurilmalarida va mobil aloqa MSC-kommutatorlarida qo‘llash bo‘lishi kerak. MSCda LTE/EPC qurilmalar tomonida maxsus interfeys ishlatiladi, u abonentlar qurilmalarining peyjingi va ularning LTE va GSM/UMTS tarmoqlari orasidagi qayta ulanishini boshqarish uchun, shuningdek kirish va chiqish SMS xabarlarini etkazish uchun mo‘ljallangan.



CSFB texnologiyasining kamchiliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:

- signalizatsiya va SMS uchun MME va MSCni modernizatsiyalash zarurati;

  • GERAN/UTRAN va E-UTRAN zonalarining qoplanishi;

  • ovozli bog‘lanishni o‘rnatilishi kechikishining ortishi;

  • ma’lumotlarni uzatish tezliklarini 2,5G/3G tezliklarigacha kamayishi;

  • so‘zlashuv tugagandan keyin mobil terminalni LTE tarmog‘iga qaytish vaqtining zarurati.

4G tarmog‘ida uyushtiriladigan ovozli chaqiruvlar IMS-platforma asosida IP bo‘yicha amalga oshiriladi.

LTE-qamrab olish yo‘qolganda ovozli chaqiruv kanallar kommutatsiyalanadigan (CS-voice) 2G/3G tarmoqqa qayta yo‘naltiriladi. Buning uchun Single Radio Voice Call Continuity funksionalini aktivlashtirish zarur bo‘ladi.

Ovozli chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish LTE tarmog‘ida paketli kanallar orqali ovoz signali ma’lumotlar paketlarini uzatish (Voice over IP) hisobiga bo‘lib o‘tadi.

Ovozli servisning mobilligi LTE radioqamrab olish yomonlashganda SRVCC funksional - LTE (PS-servis) tarmog‘idan 2G/3G (CS-servis) tarmoqqa sota tayinlanadigan xendover protsedurasi amalga oshiriladi.

SRVCC texnologiyasining qo‘llanishi ovozli bog‘lanishni o‘rnatilishi vaqtini o‘rtacha 1 sekundga qisqartirishg imkon beradi. SHu bilan birga, texnologiya 2G/3G tarmoqdagiga qaraganda ovozli servisning sifatini 10-15%ga yaxshilashga imkon beradi.

Bu servisni amalga oshirish uchun tarmoq 3GPP Release 8dan boshlab tavsiflangan tarmoq arxitekturasini qo‘llashi kerak. SRVCC handoverning bir necha turlari mavjud: CS_Only va CS_and_PS. Bu parametr radiotarmoqda sozlanadi va handoverga boshlang‘is so‘rovda uzatiladi, bu MMEning keyingi amallarini aniqlaydi. Bunda mobil qurilma SRVCC texnologiyasini qo‘llashi kerak bo‘ladi.



Raqobatda, VoLTE xizmatlarining keyingi joriy etilishi ovozli OTT-xizmatlarni taqdim etilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bugungi kunda Skype, Google Voice, WhatsApp, Viber va boshqalar kabi OTT (Over-the-Top) servislar orqali ovozli aloqa usuli mavjud va foydalanilmoqda.
Download 408,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish