Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-bob. Kontraktlar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha bitimlarni ekspertizadan o‘tkazish hamda ro‘yxatga olish tartibi va muddati



Download 123,19 Kb.
bet23/30
Sana06.04.2022
Hajmi123,19 Kb.
#531377
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Bog'liq
PQ-3550 20.02.2018

5-bob. Kontraktlar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha bitimlarni ekspertizadan o‘tkazish hamda ro‘yxatga olish tartibi va muddati
27. Kontraktlar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha bitimlarni ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
28. Markaz:
ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun zarur hujjatlar va to‘lov amalga oshirilganligi tasdiqnomasi taqdim etilgan kundan boshlab yigirma kun mobaynida kontrakt, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha bitimni ekspertizadan o‘tkazadi va ro‘yxatga oladi;
zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab besh kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida tuzilgan, xarid qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar va/yoki ularning qiymati belgilangan yoxud tender hujjatlari Markazda ekspertizadan o‘tgan tenderlarning yakunlari bo‘yicha tuzilgan kontrakt, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha bitimni ekspertizadan o‘tkazadi va ro‘yxatga oladi.
29. Markaz tomonidan kontraktlar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha bitimlarni ekspertizadan o‘tkazishda:
to‘lov valyutasiga, tovarlar (ishlar, xizmatlar) kelib chiqqan mamlakatga qarab kontrakt narxlarining ham xalqaro bozorlarkonyunkturasiga,ham ekspertizaga ariza berilgan paytda bir xil parametrlar va sifatga ega bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning mahalliy bozorlardagi talab va takliflarining amaldagi holatiga asoslangan narxlari darajasiga muvofiqligi o‘rganiladi;
ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarning mazkur Nizom talablariga muvofiqligi tekshiriladi;
kontrakt, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha bitimning shartlari xalqaro va ichki savdo-sotiqning barcha tomonidan qabul qilingan normalariga mosligi o‘rganiladi.
30. Kontraktlar, import kontraktlariva/yoki qo‘shimcha bitimlar ekspertizasi:
yagona milliy resurslar ma’lumotnomasi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorining konyunkturasini o‘rganish natijalari;
ommaviy axborot vositalari va jahon Internet tarmog‘idagi maqolalardan;
bevosita mahsulot tayyorlovchi zavodlar, yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilardan yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari)dan olingan ma’lumotlardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
31. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari asosida tuzilgan, xarid qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar va/yoki ularning qiymati aniqlab qo‘yilgan kontraktlar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha bitimlarni ekspertizadan o‘tkazishda ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiqligi tekshiriladi;
o‘tkazilgan tenderlar bo‘yicha tuzilgan kontraktlar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha bitimlar bo‘yicha ekspertiza faqat ularning tender hujjatlari shartlariga, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi hamda davlat tili va rus tiliga tarjimasi to‘g‘riligi nuqtai nazaridan amalga oshiriladi.
32. O‘tkazilgan ekspertiza natijalari bo‘yicha buyurtmachiga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda ijobiy xulosa hujjatlarning asl nusxalari beriladi yoki hujjatlar qaytarilish sabablarini ko‘rsatgan holda qaytarib beriladi.
33. O‘tkazilgan ekspertiza yakunlariga ko‘ra kontrakt, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha bitim Markaz tomonidan ro‘yxatga olinadi, kontrakt, import kontrakti va/yokiqo‘shimcha bitim asl nusxasining har bir varag‘ida kontrakt, import kontrakti va/yokiqo‘shimcha bitimlarni ro‘yxatga olish Markazi bo‘linmasi rahbarining shtampi va imzosi qo‘yiladi.
Kontrakt, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha bitimga identifikatsiya raqami beriladi.
Markaz tomonidan kontrakt, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha bitim ro‘yxatga olingandan keyin ko‘pi bilan ikki kun ichida Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida tegishli belgi qo‘yiladi.
34. Markaz tomonidan kontrakt, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha bitim yuzasidan berilgan xulosa kontrakt, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha bitimning amal qilish muddati tugagunga qadar haqiqiy hisoblanadi.

Download 123,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish