Loyihalash va modellashtirish dars ishlanma Loyihalash va modellashtirish dars ishlanma Zamonaviy mashinalarni ishlab chiqish murakkab va uzoq muddat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. U o’z tarkibiga muhandislik bashoratlari, loyihalash, tayyorgarlik va ishlab chiqarishni o’zlashtirish bosqichlarini qamrab oladi. Dastlabki bosqich - muhandislik bashoratini qurish ikki yo'nalishda amalga oshiriladi: mavjud bazis obyektidan kelajak toinon bashorat qilish hamda kelajakda erishilishi talab qilinadigan maqsaddan muammoning bugungi kundagi holatiga tomon.
Loyihalash buyumning umumiy konstruktsiyasini ishlab chiqishni ko’zda tutadi. Loyihalashning dastlabki bosqichida erishilishi lozim bo’lgan maqsad, yoki qondiriladigan maqsad belgilab olinadi. So’ngra maqsadga erishish uchun aniq vazifalar shakllantiriladi. Vazifalarni belgilashda mavjud imkoniyatlar va sharoitdan kelib chiqiladi.
Bunda model ko’rsatkichlari aniqlashtiriladi, zarur holatlarda haqiqiy buyumga yaqin ko'rsatkichlarga ega bo'lgan model yaratiladi. Shu asosda buyumni ishlab chiqishning texnik vazifasi shakllantiriladi. Texnik vazifa konstruktorning loyihani ishlab chiqishidagi dastíabki asoslovchi hujjat hisoblanadi. U quyidagi masalalarni yoritib berishi lozim:
Texnik loyihalash va modellashtirish uchun kerakli materiallar. Ish o'rni deganda ustaxona maydonining o'quv ishlab chiqarish va konstruktorlik-texnologik ishlarni bajarishi uchun zarur uskunalar (verstak, stanok), asboblari va moslamalarning maqsadga muvofiq holda joylashtirilgan qismi tushuniladi. Ishlash vaqtida o'quvchining gavdasi eng qulay joylashsa va ortiqcha harakatlanmasa, bunday ish o'rni ratsional tashkil qilingan hisoblanadi. Texnik konstruktsiyalash va modellashtirish uchun tegishli materiallar detallarning hamda yig’ish birliklariga tahsir etadigan kuchlarning xarakterini nazarda tutgan holda tanlanadi.
Bunda materiallaming tegishli lug’atlardan topish mumkin bo'lgan xossalarini ham albatta hisobga olish kerak. Texnik loyihalash va modellashtirishda metallardan tashqari metalmas materiallar ishlatiladi. Modellar va texnik qurilmalarni yasashda ana shunday materiallardan yog'och, qog’oz, plastmassalar keng qo’llaniladi. Modeilaming tozaligini, zanglash va chirishga chidamliligini oshirish, tashqi ko'rinishini yaxshilash uchun ularga diqqat bilan ishlov beriladi. Bunda loklar, bo’yoqlar va boshqa materiallar bilan pardozlash maqsadga muvofiq; chunki bular metall va yog’och yuzalaridan yoriqlarni, chuqurchalarni yaxshi berkitib, ulami chiroyli, rangdor va yaltiroq qiladi.
Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari. Ta’lim jarayonining eng muhim komponentlari - uning tashkiliy shakllari. Oliy maktabda konstruktsiyalash - tcxnologik masalalarni hal qilish uchun ta'limning kuyidagi shakllari eng samaralidir: texnik konstruktsiyalash va modellashtirish bo’yicha amaliy mashg'ulotlar; brigada, individual, zveno shakllari va ularning turlari birlashmalari; har xil yoshdagi talabalardan iborat brigada va xokazolar.
Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari. Ta’lim jarayonining eng muhim komponentlari - uning tashkiliy shakllari. Oliy maktabda konstruktsiyalash - tcxnologik masalalarni hal qilish uchun ta'limning kuyidagi shakllari eng samaralidir: texnik konstruktsiyalash va modellashtirish bo’yicha amaliy mashg'ulotlar; brigada, individual, zveno shakllari va ularning turlari birlashmalari; har xil yoshdagi talabalardan iborat brigada va xokazolar.
Bu klassifikatsiya studentlaming mehnatga tayyorlanishi va unumli mehnatida asosiy o’rinni egallaydi. Ijodiy faoliyat metodlarining ana shunday klassifikatsiyasi sifatida quyidagilar qabul qilinishi mumkin:
Bunda pedagogning vazifasi har bir amaliy mashg’ulotda texnik ijodkorlikning turli metodlarini uyg’unlashtirib, talabalar o’quv materialini chuqur o'zlashtirishini ta’minlashdan iboratdir.