Loyihalash texnologiyasi


Loyihada koʻzda tutilgan faoliyatning ustunligiga koʻra



Download 354 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana10.07.2022
Hajmi354 Kb.
#768254
1   2   3   4   5
Bog'liq
11. Loyihalash-texnologiyasi

Loyihada koʻzda tutilgan faoliyatning ustunligiga koʻra:

tadqiqot xarakteridagi loyihalar;

ijodiy xarakterdagi loyihalar;

rolli loyihalar; 

amaliy xarakterdagi loyihalar;

izlanish va moʻljal olishga moʻljallangan loyihalar.
Loyihalarning predmeti va mazmuniga koʻra: 

bir fan sohasini qamrab olgan loyihalar;

fanlararo izlanishni talab etadigan loyihalar.
Loyihalar xarakteriga koʻra: 

aniq natija olishga moʻljallangan loyihalar;

koʻp yoʻnalishli natija olishga moʻljallangan loyihalar.
Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar soniga koʻra: 

yakka tartibdagi loyihalar;

ikki oʻquvchiga moʻljallangan loyihalar;

oʻquvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga moʻljallangan loyihalar.
Loyiha koʻlamiga koʻra: 

bir sinf oʻquvchilariga moʻljallangan loyihalar;

maktab oʻquvchilariga moʻljallangan loyihalar;

shahar miqyosida hal etilishi moʻljallangan loyihalar;

mamlakat miqyosida hal etilishi moʻljallangan loyihalar;

dunyo miqyosida hal etilishi moʻljallangan loyihalar.
Loyiha muddatiga koʻra: 

qisqa muddatli;

uzoq muddatlilarga ajratiladi.
Tadqiqot xarakteridagi loyihalar.
 
Ushbu loyihalarning tuzilishi juda yaxshi ishlangan, 
jumladan, loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar uchun tadqiqot predmeti, dolzarbligi, 
ijtimoiy ahamiyati, foydalaniladigan metodlar, tadqiqotlar va tajribalar oʻtkazish, natijalarni 
rasmiylashtirish metodlari aniq boʻlishi kerak. Mazkur loyiha mantiqan toʻligʻicha ilmiy 
tadqiqot muammolariga yaqinlashgan va uning yechimiga mos va boʻysingan boʻlishi 
kerak. Loyihaning ushbu turi tadqiqot mavzusining dolzarbligi, tadqiqot muammosining 
predmeti va ob’ekti, vazifalarning izchil va bosqichma-bosqich aniqlanishi, muammolarni 
hal etish boʻyicha farazlarni ilgari surish, uni hal etishning tadqiqot oʻtkazish va tajribalar 
qilish yoʻllarini ishlab chiqish, olingan natija va xulosalarni muhokama qilish
rasmiylashtirish, tadqiqotni davom ettirish uchun yangi muammolar belgilanishi lozim. 
Biologiya oʻqituvchisi bu toifadagi loyihalardan darsda va sinfdan tashqari 
mashgʻulotlarning ayrim oʻquvchilar bilan olib boriladigan mashgʻulotlarda foydalanishi 
mumkin.
Botanika oʻquv kursida oʻsimlik organlari oʻrganilganidan soʻng, “Oʻsimlik – yaxlit 
organism” mavzusidagi loyiha tavsiya etiladi.
Loyihaning maqsadi: 
oʻsimlik organlarining tuzilishi va funksiyasini hisobga olgan 
holda uning yaxlit organizm ekanligini isbotlash. 
Loyihaning mazmuni:
oʻsimliklarning vegetativ va generativ organlarining tuzilishi 
va funksiyasini qayd etgan holda oʻsimlik yaxlit organizm ekanligini isbotlang. Oʻsimlik 


organlari oʻrtasidagi bogʻlanishlar aks etgan jadvalni tuzing va shu asosda fikrlaringizni 
dalillang.
“Qizil lola jamoasining monitoringini tuzish” mavzusidagi loyiha iqtidorli oʻquvchilar 
bilan ishlashda, ayniqsa, qoʻl keladi. 
Loyiha mavzusi:
Qizil lola jamoasi monitoringini tuzish.
Loyiha maqsadi:
qizil lola jamoasining hozirgi tarkibi, uning kelgusidagi oʻzgarishi va 
ularni saqlab qolish chora-tadbirlarini belgilash.
Loyihada foydalaniladigan metodlar:
kuzatish, biologik statistika, tajribalar oʻtkazish, 
umumlashtirish.
Loyihaning mazmuni:
agar qizil lola oʻsadigan maydonning 100 m
2
da 100 ta lola 
uchrasa, shu maydondagi lolalarning soni 10 yil davomida qanday oʻzgarishini yillar 
boʻyicha hisoblab toping. Mazkur oʻzgarishlarni grafik shaklda tasvirlang.
Eslatma:
qizil lola koʻsakchasida 6 ta urugʻ yetilib, urugʻdan chiqqan nihol 9-10 yilda 
gullaydi. Har bir tup lolada bir yilda 4 ta piyozcha hosil boʻlib, undan ungan nihol 4-5-yilda 
gullaydi. Lola urugʻining unuvchanligi 75% ni tashkil etadi.

Download 354 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish