Feed gas-oltingugurtli birikma gaz, air-havo, waste heat boiler-issiqlik qozoni, combustion chamber-yonish kamerasi, steam-bug’, S-oltingugrt, condenser- kondensator, reheater-isitish qurilmasi, claus reactor-klaus reakotri, ABC control system-ABS boshqaruv tizimi QC-nasos, selective oxidation reactor-selektiv oksidlanish reaktori, FC-kompressor, incinerator-yondirgich, stack- fakel.
Super-Klaus qurilmasi ikki xii: termik va katalitik bosqichlardan iborat. Katalizator sifatida boksitlardan foydalaniladi. Tabiiy boksit asosan aluminiy gidroksidi va ternir oksidlaridan iborat. Uning tarkibida SO2, TiO2, CaO, MgO, MnO, P2O5 va boshqalar ham bo'ladi. Hozirgi kunda boksit o'rniga aktivlangan alurniniy oksidi (Al2O3) keng qo'llanmoqda. Termik bosqichda nordon gazlarning yonishini ta'minlash uchun yoqish bo'limiga nasos yordamida bosim bilan havo yuboriladi. Havo filtr va qizdirgich orqali o'tadi. Havoni qizdirishdan maqsad H2S ning g'ayri ixtiyoriy yonib ketishini hamda gaz quvurlarini korroziyalanishini oldini olishdir, chunki H2S yonganda SO3 hosil bo'lishi ham mumkin va u suv bug'lari ishtirokida past haroratda sulfat kislotasiga aylanadi. Havoning sarflanishini issiqlik qozonidan chiqayotganda nordon gazlar miqdori (H2S:CO2)ning nisbatiga bog'liq holda to'g'rilab turiladi. Gazlar pech-reaktordan o'tgach, yonish mahsulotlari issitish qozonining quvurlari majmuilaridan o’tib 5000C gacha soviydi.Keyin kondensaterga uzatiladi bunda S bug'lari qisman kondensatlanadi. Olingan S maxsus eshikcha orqali apparatdan chiqarib olinadi. Isitish qozonidan esa yuqori bosimli bug' (p = 2,1 MPa) olinadi. Kondensator yuqorisidan chiqqan yonish mahsulotlari isitish qurilmasi orqali klaus reaktorga o'tadi, u yerda COS, CS2 lar gidrolizga uchraydi. Konvertorda boradigan reaksiya ekzoterrnik bo'lganidan katalizator yuzasida harorat taxminan 30-600C gacha ko'tariladi. Bu holat S ning suyuq cho'kmasini hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi, aks holda katalizator yuzasiga tushib uning aktivligini kamaytirgan bo'lardi. Reaktordagi bunday harorat qo'shimcha reaksiya mahsulotlarini (COS va CS2) parchalanishini ham ta'minlaydi. Gazning asosiy qismi (90 % ga yaqini) reaktordan chiqib sovitish uchun keying kondensatorning quvurlari oralig'iga o'tadi, so'ngra ikkinchi Klaus reaktorga boradi.1-kondensatorda suv bug'lanishi natijasida issiqlik olinib turiladi va bunda past bosimli (p = 0,4 MPa) bug' olinadi. Gazlarning kondensatorda sovishidan oltingugurt kondensatlanadi. Suyuq oltingugurt maxsus eshikchadan chiqarib olinadi. Gazni bir qismi (10 % ga yaqini) kondensatorga kirmasdan shu kondensatordan chiqqan ancha sovuq gaz bilan qo'shiladi. Aralashmaning harorati 1- Klaus reaktorga kirishdan oldin 225° C atrofida bo'ladi. Reaktorlarda haroratni to'g'rilash uchun (ishga tushirish davrida va oltingugurt yonib ketganda) ularga past bosimli bug' va azot yuborish mo'ljallangan. Apparatlar normal ishlanganda gazlar harorati 2-kondensatordan chiqqanda 191°C va 2- Klaus reaktordan chiqqanda gazlar harorati 312°C bo'ladi. 3-kondensatordan apparatida issiqlik uning quvurlari oralig'ida suvning bug'lanib past bosimli bug' hosil bo'lishi hisobiga olinib turiladi. Gazlar 2-reaktordan 2-kondensatorga, undan 3-selektiv oksidlanish reaktoriga, bir qismi sirkulyatsiyani ta’minlash uchun ABC nazorat tizimiga va 3-reaktordan chiqgach, sovitish uchun 4-kondensatoriga boradi, u yerdan 130°C harorat bilan chiqarib yuboriladi va tozalanmay qolgan zararli gazlar yondirgichda yondirilib fakel orqali chiqarib yuboriladi. Kondensatorlardan chiqarib olinadigan oltingugurt oqimi tarkibida 0,02-0,03 % (massa bo'yicha ) vodorod sulfidi saqlaydi. Oltingugurt gazsizlantirilgandan so' ng H2S ning konsentratsiyasi unda 0,0001 % gacha kamayadi. Oltingugurtni gazsizlantirish (uning tarkibidagi erigan gazlami chiqarib yuborish) maxsus blokda oltingugurtli usti yopiq chuqurda (xandaqda) amalga oshiriladi. Buning uchun oltingugurtli chuqurda suyuq oltingugurti sachratuvchi ikkita nasos o'matilgan bo'lib, nasos oltingugurtni purkab sachratadi. Natijada H2S oson ajralib chiqadi va chuqurning tepasidan maxsus gaz chiquvchi quvur orqali mo'rilarga borib atmosferaga chiqib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |