BINOLARNI LOYIHALASH BO’YICHA
UMUMIY TAVSIYALAR
Yashash uchun mo’ljallangan binolarni loyihalashdaobodonlashtirish bo’yicha
talablarni hisobga olgan holda xonalar bilan birgalikda tarxlashtirish masalalarini
birlashtiruvchi, sanitariya-gigiena, iqtisodiy, konstruktiv echim masalalari va
ekspluatastiyasi, konstruktiv elementlarning industiralligi va unifikastiyanganligi
bilan boғliq bo’lgan konstruktiv echim masalalari, qurilish konstrukstiyalari va
detallarini yiғmaligi va iqtisodiyoti kabi murakkab kompleks muammolar ko’zda
tutiladi.
Loyihaning
grafik
qismini
ESKD
(konstruktorlik
xujjatlarining
yagona tizimi) va SPDS (qurilish uchun loyihalash xujjatlarining tizimi) talablarini
bajargan holda A1 yoki A2 bichimdagi chizma varoqlarida bajariladi[24]. GOSTlar
sborniklariga birlashtirilgan chizmalarni rasmiylashtirish qoidalari va shartlari
ESKD tarkibiga olingan [24, c. 45-46]. Qurilish uchun loyihalash xujjatlarining
tizimi (SPDS) ESKD ga qo’shimcha bo’lib bosilib chiqadi. Bajariladigan AS
markali chizmalar arxitekturaviy-qurilish qismiga taaluqlidir.
Qavatlar tarxlari, qirqimlar va tarzlarni bajarishda M1:100, M1:200 ba’zida
M1:50 masshtablar, tom qoplamalari, pollar, texnik qavatlar tarxlarini bajarishda
M1:200, M1:500 masshtablar; tugunlarni chizishda esa M1:5, M1:10, M1:15,
M1:20 kabi masshtablar ishlatiladi.
Loyihada masshtablarni burchak shtampida, yoki agar chizma varoғida bir
nechta masshtablar ishlatilsa, har bir tasvirni tepasida ko’rsatish kerak. Chizmalar
chiziqlarining qalinliklarini GOST 2.303-68*[24, 234 – 237b.] bo’yicha qabul
qilinadi. Shuningdek, GOSTlar [24, 237-239 b] talablariga tarx, qirqim, tarz,
tugunlar sathlarining (balandligi, ichkarisi o’lchamlari (glubinы)) shartli belgilari
mos kelishi kerak.
Bino birinchi qavatining polidan nul belgi qabul qilinadi.
Qurilish chizmalarida nishablar oddiy kasr ko’rinishida (
1:12) yoki
uchtagacha son aniqligida (
0.070) o’nli kasr ko’rinishida keltiriladi.
Tarxda nishabning yo’nalishi strelka (
) bilan ko’rsatiladi.
Qurilish chizmalari uchun asosiy yozuvlar namunalari [24, 5, 9, 16- rasmlarda]
keltirilgan.
Loyihaning grafik qismini bajarishdan avval, issiqlik texnikasi hisobi (tashqi
devorlarni issiqlik texnikasi hisobiga qaralsin) asosida tashqi devorning qalinligini
aniqlash zarur va ikki qavatli binolar uchun zina katagi hisobini bajarish kerak. [24,
301-303 b]. Zinani hisoblashga [24, 301-303b] da misol keltirilgan. Qurilish
chizmalaridagi yozuvlar uchun shriftlar GOST 2.304-81 [24, 242-243b] bo’yicha
bajariladi.
Qurilish chizmalarini tushuntirib beruvchi yozuvlar izohlari, sharhlari GOST
21.105-79 [24, 243-246 b qurilish uchun loyiha xujjatlari talablarini hisobga olgan
holda GOST 2.316-68* va GOST 2.308-68** talablariga mos kelishi kerak.
A1 bichimdagi chizma varoғini o’rab turuvchi ramkaning chiziғini varoqni
chetidan 5-10mm. oraliq qoldirib 0,7mm dan kam bo’lmagan qalinlikda chizish
kerak.