O’zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar oqimini jadal sur’atlarda o’sishini
mamlakatdagi investitsiya muhitining barqarorligi. Yirik investitsion loyihalar
sabablarga ko’ra investorlarga, birinchi navbatda, xorijiy investorlarga biznes olib
18
-
valyuta kursini tartibga solishdagi ijobiy o’zgarishlar. Milliy valyutaning
diversifikatsiyalanishuvi, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarga xorijiy tovar ishlab
chiqaruvchilar va import qilinadigan tovarlarga nisbatan raqobat kurashida ma’lum
afzallikni beradi;
-
2008 yilga qadar jahon tovar bozorlaridagi ijobiy holatlar va milliy eksport
tarkibidagi asosiy tovarlarga (oltin, mis, paxta) qulay narx kon’yunkturasi yirik milliy
eksportyorlarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirdi va o’zlarining investitsion
dasturlarini moliyalashtirishning faollashtirilishiga, kengayishiga olib keldi. Bu esa,
o’z navbatida, o’zaro bog’liq tarmoqlar mahsulotiga talabning o’sishiga sababchi
bo’ldi;
-
davlat moliyasi va davlat qarziga xizmat ko’rsatish holatining mo’’tadillashuvi,
mamlakatimizga 18 oylik import miqdoriga teng oltin-valyuta zaxiralarining
jamlanishiga, byudjet taqchilligini bartaraf etishga va 2005 yildan boshlab byudjet
profitsitiga chiqishga imkon berdi.
Investitsiya jarayonlarini faollashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli 2000-
2010 yillarda iqtisodiyotga yo’naltirilgan investitsiyalar hajmi sezilarli darajada ortdi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan 2010 yilda
9,7 mlrd. dollar miqdorida investitsiyalar jalb etildi. Ushbu ko’rsatkich 2009 yil bilan
taqqoslaganda, 18,3 foizga ko’p bo’lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan
investitsiyalar ulushi 27,9 foizni tashkil etdi.
2003 yilda markazlashgan investitsiyalar hajmi umumiy investitsiyalarning 36,4
foizini tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilga kelib ushbu ko’rsatkich 18,5 foizni tashkil etdi
(2-jadval). Byudet mablag’lari hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiyalar ulushi
9,2 punktga kamaydi. Ma’lum bir sohalarni rivojlantirish uchun ochilgan maqsadli
fondlar hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiyalar ulushining keskin oshishi
kuzatilmoqda. 2003 yilda ushbu manba ulushi 0,4 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2010
yilga kelib 7,0 foizga etdi. Davlat kafolati ostida jalb qilingan investitsiyalar hajmini
19,1 foizdan 3,7 foizgacha tushirishga erishildi, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investitsiyalar ulushi esa 7,3 foizdan 25,2 foizga ortdi. Ushbu jarayon ijobiy holat
hisoblanib, iqtisodiyotimizga modernizatsiyalash loyihalariga uzoq muddatli
investitsiyalar kiritilayotganligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: