Operatsiyalarning davomiyligi va kalendar tarmoqli grafiklar.
Loyiha bo’yicha ishlarning kalendar jadvalini ishlab chiqish uchun kritik usulini qo`llash to`rt tahlil bosqichini amalga oshirishni ko`zda tutadi:
Birinchi bosqich - loyihaning maqsadlari va cheklashlarni aniqlash. Loyihaning maqsad va cheklashlari odatda loyihani amalga oshirishning uch jihati (muddati, qiymati va sifati) bilan bog’liq. Tahlil uchun misol sifatida ombor uchun bino qurilishi loyihasini olsak, maqsad sifatida quyidagi cheklovchi shartlarni hisobga olgan xolda qurilishni tezroq tugatish deb belgilash mumkin:
1. Butun loyihaning qiymati 750 ming so’mdan oshmasligi kerak; 2. Loyihaning barcha texnik shartlari va qurilish normalariga rioya qilish majburiy;
3. Binoni qurish uchun faqat sakkizta ishchi mavjud;
4. Ayrim ishlarni yomon ob-xavo sharoitlarda bajarish mumkin emas.
Ikkinchi bosqich - loyihaga kiruvchi ishlarni aniqlash va har bir ish yoki operatsiyani davomiyligini hisoblashdan iborat. Beton qatlam qotishini kutish operatsiya xisoblanadi, chunki unga vaqt talab etiladi, va qatlam qotmaguncha boshqa operatsiyalarni boshlash mumkin emas. Ombor qurilishida operatsiyalar tarkibi va ularning muddati jadvalda ko’rsatiladi.( — jadval)
Uchinchi bosqich - o’z ichiga operatsiyalarning ketma-ketligi nisbatlarini aks ettiruvchi tarmoqli grafik tuzishni oladi. Misolimizdagi bino qurilishi loyihasi bo’yicha ishlarning tarmoqli grafigi chizmada ko’rsatilgan. Ba’zi operatsiyalar ma’lum ketma-ketlikda amalga oshirilishi kerak, ba’zilarni esa bir vaqtning o’zida parallel bajarilishi mumkin. Ishlarni bajarish ketma-ketliklari texnik sabablar bilan belgilanadi. Masalan, binoga elektr simlarini devorlari ko’tarilgandan so’ng o’rnatish mumkin, lekin sim va armaturalarga yomg’ir tushmasligi uchun elektr tarmoqlarni tom yopilgandan so’ng o’tkazish mumkin.
To’rtinchi bosqich - operatsiyalar muddatlarini baholash va tuzilgan tarmoqli grafikni tuzishni ko’zda tutadi. Bizning misolimizdagi ombor binosini qurilishi loyihasi bo’yicha ishlarning kalendar tarmoqli grafigi bo’yicha ishlar muddati 15 kunni tashkil etadi
Ombor qurilishi bo’yicha loyiha ishlari
Operatsiyalar
|
Nomi
|
Davomiyligi (kun)
|
A
|
Fundament va pol plitasi uchun er kovlash
|
1
|
B
|
Opalubkalar o’rnatish, betonlashtirish, beton qotishi
|
3
|
V
|
Devorlarni ko’tarish
|
2
|
G
|
Tom uchun yog’och to’sinlar o’rnatish
|
1
|
D
|
Tomning ichi va tashqarisini yopish
|
1
|
E
|
Deraza romlarini o’rnatish
|
1
|
J
|
Tashqi devorlarni pardozlash
|
2
|
Z
|
Elektr simlari va armaturani montaj qilish
|
2
|
I
|
Avtomatik eshiklar o’rnatish
|
1
|
K
|
Beton polni tozalash va germetizatsiyalash
|
2
|
L
|
Sirtlarni bo’yash (2 qatlam)
|
2
|
M
|
Tarnovlarni va suv tushish quvurlarini montaj qilish
|
1
|
N
|
Qurilish maydonchasini tozalash ishlari
|
1
|
Ombor qurilishi loyihasini bajarishning kritik yo’l usuliga asoslangan tarmoqli grafigi.
Do'stlaringiz bilan baham: |