GLOSSARIY
Abstrakt bitim – haqiqiyligi muayyan asos - maqsad bilan bevosita
bogʻliq boʻlmagan bitim.
Ashyolar – muayyan moddiy qiymatga ega boʻlgan hamda iqtisodiy
munosabatning predmeti boʻla oladigan narsalar.
Ashyoviy huquq – ashyoni egallash, undan foydalanish va tasarruf
etish bilan bogʻliq huquq.
Birgalikdagi mulk – mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi
ulushi aniqlab qoʻyilmagan mol-mulk.
Bitim – fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va
burchlarini belgilash, oʻzgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |