Xususiy mulk huquqining himoya qilish kafolatlari
“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdor huquqlarining kafolatlari
toʻgʻrisida”gi Qonunida xususiy mulk huquqini himoya qilish va
mulkdorlar huquqlarining muhim va asosiy kafolatlari belgilandi.
Jumladan, qonunda “xususiy mulk boʻlgan mol-mulkning miqdori va
qiymati cheklanmasligi”, “xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidaligi”,
“davlat xususiy mulkning but saqlanishini ta’minlash va uning
koʻpaytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishi”, “mulkdor faqat
qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina oʻz mol-mulkidan
mahrum etilishi” kabi umumiy qoidalar bilan birga, oʻta muhim
ahamiyatga ega boʻlgan kafolatlar ham nazarda tutildi. Masalan,
Qonunning 5-moddasiga binoan, xususiy mulk huquqi muddatsizdir.
Mulkdorga mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf
etish muddati belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qolaversa, Qonunning 7-moddasida milliy huquqshunoslik uchun
oʻziga xos yangi qoida “mulkdor huquqlarining ustuvorligi”
mustahkamlandiki, bu qoidaning mohiyatga koʻra, mulkdorning davlat
organlari bilan oʻzaro munosabatlarida mulkdor huquqlarining ustuvorligi
prinsipi amal qiladi, unga muvofiq qonun hujjatlaridagi xususiy mulk
huquqini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha
bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdorning
foydasiga talqin etiladi.
Mazkur Qonuning 2-bobi xususiy mulk huquqini himoya qilish
usullariga bagʻishlangan va bunda xususiy mulk huquqining buzilishi va
xususiy mulk huquqiga yetkazilgan zararlarni qoplash nazarda tutilgan
boʻlsa, Qonunning 3-bobi mulkdor huquqlarining kafolatlarini nazarda
tutgani holda har bir aniq holat uchun alohida kafolatlarni belgilaydi. Ana
shunday muhim kafolatlardan biri Qonunning 17-moddasi 2-qismida
belgilangan boʻlib, unga koʻra, xususiy mulk boʻlgan mol-mulkni, shu
jumladan yer uchastkasini natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan
hollarda olib qoʻyish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan
boʻlsa, mulkdorga uning bozor qiymati, shuningdek, bunday olib qoʻyish
munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni toʻla qoplanishi
sharti bilangina amalga oshiriladi.
174
Qonunda mulkdorlar huquqlari uchun belgilangan eng muhim
kafolatlardan yana biri bu uning 19-moddasida nazarda tutilgan
qoidalardir. Aynan mazkur qoidalar mulk huquqi mulkdorning mol-
mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan holda bekor qilinganda
uning huquqlari kafolatlari sifatida “mulk huquqining bekor qilinishiga
faqatgina qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyilib, bunda
mulkdorga olib qoʻyilgan mol-mulkka teng mol-mulk beriladi va u
koʻrgan boshqa zararlarning oʻrni qoplanadi yoki mulk huquqi bekor
qilinishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni toʻla hajmda qoplanishi”
mustahkamlandi.
Qonunning
19-moddasi
3-qismida
esa,
“olib
qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni
buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qoʻporib tashlashga zararning oʻrni
bozor qiymati boʻyicha oldindan va toʻla qoplanmagunga qadar yoʻl
qoʻyilmasligi” belgilangan boʻlib, uning muhim jihati sifatida mol-
mulkning bozor qiymati oldindan mulkdor toʻlanganidan soʻng mulk
huquqini bekor qilinishi hisoblanadi. Binobarin bu qoida mulkdor oʻz mol-
mulkiga nisbatan huquqlariga boʻlgan ishonchi oshishiga xizmat qilishi
bilan birga, xususiy mulk huquqining daxlsizligini ta’minlaydi.
“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdor huquqlarining kafolatlari
toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan, fuqarolik qonunchiligi uchun yangi
qoidalardan navbatdagisi bu – uning 24-moddasida belgilangan
xususiylashtirish natijalarining qayta koʻrib chiqilmasligi va bekor
qilinmasligi qoidasidir. Mazkur qoida mulkdorlarning xususiylashtirish
natijasida qoʻlga kiritgan mol-mulkiga nisbatan kafolatlar boʻlib, bu davlat
organlari tomonidan suiiste’mollik holatlariga yoʻl qoʻyilmasligini
ta’minlaydi.
175
Do'stlaringiz bilan baham: |