Insofli egallovchi – mol-mulk uni boshqa shaxsga berish huquqiga
ega boʻlmagan shaxsdan haq toʻlab olgan, buni bilmagan va bilishi
mumkin boʻlmagan shaxs.
Insofsiz egallovchi – oʻz egaligining qonuniy emasligini bilgan yoki
bilishi lozim boʻlgan shaxs.
Ish muomala odati – biror-bir hujjatda yozilgan-yozilmaganidan
qat’i nazar tadbirkorlik faoliyatining biror-bir sohasida vujudga kelgan va
keng qoʻllaniladigan xulq-atvor qoidasi.
Ishlab chiqarish kooperativi – fuqarolarning shaxsiy ishtiroki
a’zolarning (ishtirokchilarning) mulki bilan qoʻshiladigan pay badallarini
birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xoʻjalik
faoliyatini olib borish uchun a’zolik negizidagi ixtiyoriy birlashmasi.
Ishonchnoma – bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi
shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun
berilgan yozma vakolat.
Do'stlaringiz bilan baham: |