Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   205
Elektron shartnomalarni tuzish oʻzgartirish va bekor qilish asoslari 
va tartibi. Elektron shartnomalar bilan bog’liq munosabatlarni Oʻzbekiston 
Respublikasining “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi qonuni tartibga soladi. 
Axborot  tizimlaridan  foydalangan  holda  amalga  oshiriladigan, 
tovarlarni  sotish,  ishlarni  bajarish  va  xizmatlar  koʻrsatishga  doir 
tadbirkorlik faoliyati elektron tijoratdir.  
Elektron  tijoratni  amalga  oshiruvchi  yuridik  va  jismoniy  shaxslar, 
shuningdek  tegishli  tovarlarning  (ishlarning,  xizmatlarning)  xaridorlari 
boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar elektron tijorat ishtirokchilaridir. 
Elektron  tijoratda  axborot  vositachilari  ham  ishtirok  etishlari 
mumkin.  Elektron  hujjat  aylanishi  bilan  bogʻliq  xizmatlar  koʻrsatuvchi 
yuridik  va  jismoniy  shaxslar  axborot  vositachilaridir.  Elektron  tijorat 
ishtirokchilari  yuqoridagi  qonun,  boshqa  qonun  hujjatlarida,  shuningdek 
tuzgan  shartnomalarida  nazarda  tutilgan  huquqlardan  foydalanadilar  va 
majburiyatlarni bajaradilar. 
Elektron  tijoratda  ishtirok  etish,  agar  qonun  hujjatlarida  boshqacha 
qoida  belgilanmagan  boʻlsa,  uning  ishtirokchilariga  nisbatan  axborot 
tizimlaridan 
foydalanmasdan 
amalga 
oshirilayotgan 
tadbirkorlik 


302 
 
faoliyatiga  nisbatan  qoʻshimcha  talablar  yoki  cheklashlar  belgilanishi 
uchun asos boʻla olmaydi.  
Qonun  hujjatlarida  elektron  tijoratni  amalga  oshiruvchi  yuridik  yoki 
jismoniy  shaxs  toʻgʻrisidagi  axborotga  nisbatan  boshqa  talablar  ham 
belgilanishi  mumkin.  Axborot  vositachilarining  xizmatlari  shartnoma 
asosida koʻrsatiladi. 
Axborot  vositachilari,  agar  elektron  tijorat  ishtirokchilari  bilan 
tuzilgan shartnomalarning shartlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
boʻlsa, elektron hujjatlarning mazmunini yoki ulardan foydalanish tartibini 
oʻzgartirishga haqli emas.  
Elektron  tijoratdagi  shartnoma  shartlari  qonun  hujjatlarining 
talablariga  muvofiq  boʻlishi  kerak.  Bu  shartnomalar  tovarlar,  ishlar  va 
xizmatlar  turlariga  qarab  FKning  tegishli  normalariga  shuningdek  boshqa 
fuqarolik qonun hujjati talablariga muvofiq boʻlishi kerak. 
Elektron  tijoratdagi  shartnoma  unga  hamma  erkin  foydalanishi 
mumkin boʻlgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola 
qilish yoʻli bilan kiritiladigan alohida shartlarni oʻz ichiga olishi mumkin. 
Bu holda elektron hujjatni joylashtirgan elektron tijorat ishtirokchisi qonun 
hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan muddat mobaynida undan erkin 
foydalanish  imkoniyatini  ta’minlashi,  bu  muddat  oʻtgandan  keyin  esa 
ushbu  elektron  hujjatning  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  tartibda 
saqlanishini ta’minlashi shart.  
Elektron  tijoratda  shartnoma  akseptni  (taklif  qabul  qilinishini)  oʻz 
ichiga  olgan  elektron  hujjat  elektron  tijoratni  amalga  oshiruvchi  yuridik 
yoki jismoniy shaxs tomonidan qabul qilib olingan paytda yoxud ofertani 
oʻz ichiga olgan elektron hujjatda aksept uchun nazarda tutilgan harakatlar 
tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  xaridori  tomonidan  amalga  oshirilgan  paytda 
tuzilgan deb e’tirof etiladi.  
Ofertani  oʻz  ichiga  olgan  elektron  hujjat  olinganligini  oferta 
shartlariga  rozilikni  koʻrsatmasdan  tasdiqlash,  xuddi  shuningdek  tovarlar 
(ishlar,  xizmatlar)  xaridorining  harakatsizligi,  agar  qonun  hujjatlarida 
boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, aksept hisoblanmaydi.  
Agar qonun hujjatlarida shartnoma boʻyicha tarafning boshqa tarafga 
shartnomani  tuzish  yoki  ijro  etish  bilan  bogʻliq  hujjatni  taqdim  etish 
majburiyati  nazarda  tutilgan  boʻlsa,  koʻrsatilgan  majburiyatni  bajarish 
shartnomani tuzish usulidan qat’i nazar amalga oshiriladi.  
Elektron  tijoratda  shartnoma,  agar  qonun  hujjatlarida  boshqacha 
qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, faqat elektron hujjatlardan foydalanilgan 
holda tuzilganligiga asoslanib haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.  


303 
 
Elektron  tijoratda  ofertaga  taklif  etish,  shu  jumladan  taklif 
qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisidagi reklama yoki boshqa 
ma’lumotlar  maxsus  bilimga  ega  boʻlmagan  qabul  qilib  oluvchiga  qabul 
qilib olingan axborotning elektron tijoratga taalluqliligini aniq belgilash va 
oferta joʻnatuvchining huquqiy holati, uning tovarlari (ishlari, xizmatlari), 
bu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxlari va ularni olish shartlari 
haqida toʻgʻri tasavvur hosil qilish imkoniyatini beradigan shaklda taqdim 
etilishi kerak.  
Elektron  hujjatlardan  bitim  tuzilganligining  disklar  va  qogʻoz 
koʻrinishida  dalil  sifatida  foydalanish  mumkin.  Taraflar  elektron  matnni 
qogʻoz  matnga  tegishli  tarsza  rasmiylashtirish  (notarial  tasdiqlash  va 
davlat roʻyxatidan oʻtkazish) istisno etilmaydi. 
Elektron  shartnomalarni  tuzish  va  ijro  etish  jarayonida,  shuningdek 
subyektlar oʻrtasidagi boshqa fuqarolik shartnomalarda elektron hujjatlarni 
muomalada  boʻlishi  Oʻzbekiston  Respublikasining  “Elektron  hujjat 
aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi. 
Elektron  hujjat  aylanishi  elektron  hujjatlarni  axborot  tizimi  orqali 
joʻnatish  va  qabul  qilib  olish  jarayonlari  yigʻindisidan  iborat  boʻladi. 
Elektron  hujjat  aylanishidan  bitimlar  tuzish  (shu  jumladan,  shartnomalar 
tuzish),  hisob-kitoblarni,  rasmiy  va  norasmiy  yozishmalarni  amalga 
oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish mumkin. 
 
Elektron  shaklda  qayd  etilgan,  elektron  raqamli  imzo  bilan 
tasdiqlangan  va  elektron  hujjatning  uni  identifikastiya  qilish 
imkoniyatini  beradigan  boshqa  rekvizitlariga  ega  boʻlgan  axborot 
elektron hujjatdir. 
 
Elektron  hujjat  texnika  vositalaridan  va  axborot  tizimlari 
xizmatlaridan  hamda  axborot  texnologiyalaridan  foydalanilgan  holda 
yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.  
Elektron  hujjat  elektron  hujjat  aylanishi  ishtirokchilarining  mazkur 
hujjatni  idrok  etish  imkoniyatini  inobatga  olgan  holda  yaratilishi  kerak. 
Elektron hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat: 
- elektron raqamli imzo; 
- elektron hujjatni joʻnatuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron 
hujjatni joʻnatuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; 
- elektron hujjatni joʻnatuvchining pochta va elektron manzili
- hujjat yaratilgan sana. 


304 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish