Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Fuqaroning vafot etishi yoki yuridik shaxsning tugatilishi sababli



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   205
Fuqaroning vafot etishi yoki yuridik shaxsning tugatilishi sababli 
majburiyatning bekor boʻlishi 


284 
 
 
Majburiyat  ishtirokchisi  boʻlgan  fuqaro  vafot  etishi  tufayli 
majburiyatlar  barcha  hollarda  ham  tugatilmaydi,  chunki  qonun  bilan 
belgilangan  ba’zi  hollarda  marhumning  huquq  va  burchlari  uning 
vorislariga  oʻtadi.  Jumladan,  merosni  qabul  qilgan  voris  meros 
qoldiruvchining qarzlari yuzasidan oʻziga oʻtgan meros mulkining haqiqiy 
qiymati  doirasida  javobgar  boʻladi.  Meros  mulki  vorislar  boʻlmagani 
uchun davlatga oʻtgan boʻlsa, davlat ham shu tartibda marhumning qarzlari 
uchun javob beradi. 
Agar  majburiyatni qarzdorning shaxsiy ishtirokisiz bajarish  mumkin 
boʻlmasa  yoki  majburiyat  boshqacha  tarzda  qarzdorning  shaxsi  bilan 
chambarchas  bogʻliq  boʻlsa,  qarzdor  vafot  etishi  bilan  bekor  boʻladi  (FK 
351-modda). Chunonchi, vakil vafot etsa, u tomondan olingan majburiyat 
ham  bekor  qilinadi,  chunki  vakillik  shaxsiy  ishonchga  asoslanib 
belgilangan  huquqiy  munosabat  hisoblanadi.  Agar  majburiyatni  bajarish 
shaxsan  kreditor  uchun  moʻljallangan  yoki  majburiyat  boshqacha  tarzda 
kreditorning  shaxsi  bilan  bogʻliq  boʻlsa,  kreditor  vafot  etishi  bilan 
majburiyat  bekor  boʻladi.  Chunonchi,  sogʻligʻiga  shikast  yetkazganligi 
tufayli zarar haqini olib turgan fuqaroning vafot etishi bilan unga nisbatan 
belgilangan majburiyatlar ham bekor boʻladi va hokazo. 
Majburiyat  qarzdor  yoki  kreditor  boʻlgan  yuridik  shaxs  tugatilishi 
bilan  ham  agar  qonun  hujjatlarida  boshqacha  tartib  nazarda  tutilmagan 
boʻlsa  bekor  boʻladi.  Yuridik  shaxslarni  tugatilishi  hamma  vaqt  ham 
majburiyatlarni  bekor  boʻlishiga  olib  kelmaydi
.  Masalan,  MChJ,  AJlarda 
muassislar  qoʻshgan  xissasi  doirasida  javobgar  boʻlishi  belgilangan  va  ularda 
majburiyatlar jamiyat tugatilishi bilan bekor boʻladi. 
Ba’zi  hollarda  ayrim  yuridik  shaxslarning  ta’sis  hujjatlarida  yoki 
qonun  hujjatlarida  yuridik  shaxs  tugatilgandan  soʻng  uning  huquq  va 
majburiyatlari mulkdori, ishtirokchisi yoki ta’sischisiga oʻtishi belgilanishi 
mumkin
.  Masalan  xususiy  korxona,  fermer  xoʻjaligi,  toʻliq  shirkat,  qoʻshimcha 
mas’uliyatli  jamiyati,  ishlab  chiqarish  kooperativi,  davlat  muassasalarida  uning 
huquq va majburiyatlari mazkur korxona muassislari zimmasiga oʻtishi mumkin. 
Yuridik  shaxs  bankrot  boʻlgani  sababli  tugatilganda,  uning 
majburiyatlari bekor boʻladi. Ayrim majburiyatlar, masalan, yuridik shaxs 
fuqaroning  hayoti  yoki  sogʻligʻiga  zarar  yetkazgani  uchun  toʻlovlar 
boʻyicha  majburiyatda  qarzdor  boʻlsa,  bekor  boʻlmaydi.  Bunda  FKning 
247-moddasiga 
va 
bankrotlik 
haqidagi 
qonunchilikka 
asosan 
tugatilayotgan  yuridik  shaxs  mablagʻlari  kapitallashtirilib  qoʻyiladi  va 
majburiyatning ijrosi boshqa shaxs zimmasiga yuklanadi. 


285 
 
Yuqorida  koʻrsatilgan  usullar  majburiyatni  bekor  qiladigan  umumiy 
asoslar  boʻlib,  ba’zi  hollarda  majburiyatlar  boshqa  asoslarda  ham  bekor 
boʻlishi mumkin. 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish