Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§.  Fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  va  davlat



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   250
 
9-§.  Fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  va  davlat 
organlarining saylovlarda ishtiroki 
Fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  siyosiy  partiyalar  bilan  birga 
tuman, shahar xalq deputatlari Kengashiga saylovda nomzod ko’rsatish huquqiga ega 
sub’ekt. Bu ularning rasman saylov ishtirokchisi ekanligini ko’rsatuvchi asosdir. 
Bundan  tashqari  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  saylov 
kampaniyasi  davrida  norasmiy  tarzda  saylovlarga  tayyorgarlik  ko’rish,  o’tkazish 
ishlarida faol ishtirok etadi. 
Saylovchilar ro’yxatini tuzishda, saylovchilar bilan uchrashuv tashkil qilishda, 
saylov  kuni,  vaqti  haqida  saylovchilarni  ogohlantirishda  fuqarolarning  o’zini  o’zi 
                                                           
1
 Qarang: Конституцинное право зарубежных стран. M.: «Норма Инфра-M», 2010, стр. 243. 


80 
 
boshqarish  organlari  uchastka  saylov  komissiyasiga  amaliy  yordam  beradi.  Bundan 
tashqari fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari saylovlarda targ’ibot ishlarini 
olib borishda ishtirok etadi. 
Saylovlarda  turli  davlat  orgalari  ham  ishtirok  etadi.  Ularning  ishtiroki 
saylovlarni o’tkazishga ko’maklashish, qonun buzilishlarini oldini olish, saylovchilar 
huquqlari  buzilganda  ularni  tiklash  hisoblanadi.  Ularda  biror  –  bir  tazyiq  o’tkazish 
vakolati yo’q. Turli davlat organlarining saylovda ishtirok etish vazifasi turlicha. 
Mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  (kengashlar,  hokimlar)  saylov 
okruglarini,  saylov  uchastkalarini  tuzishda  tegishli  saylov  komissiyalarini 
shakllantirish,  saylov  o’tkazish  joylarini  ajratish,  ularni  rasmiylashtirish,  saylov 
uchastkalarini moddiy ta’minlashga yordam berish orqali saylovda ishtirok etadi. 
Sud,  prokuratura  organlari  saylovlarni  qonuniy  o’tishini  ta’minlaydi.  Sudlar 
saylov  jarayoni  davrida  fuqarolar  shikoyatlarini  darhol  ko’rib  chiqib,  baxslarni  hal 
qiladi. 
Davlatning  turli  ijro  organlari  ham  saylov  ishtirokchisi  sifatida  ishtirok  etadi. 
Ichki  ishlar  organlari  havfsizlikni  ta’minlaydi,  saylov  hujjatlarini  еtkazib  berish, 
saqlanishini ta’minlaydi. 
Tashqi  ishlar  vazirligi  xorijiy  mamlakatlarda  saylov  uchastklarini  tuzishda, 
xorijiy  mamlakatlardagi  diplomatik  muassasalarda,  saylovchilar  ro’yxatini  tuzishda, 
saylovni tinch o’tishini ta’minlashda ishtirok etadi. 
Saylovlarda  harbiy  tashkilotlar  ham  ishtirokchi  bo’lishi  mumkin.  Harbiy 
qismlarda  tuziladigan  saylov  uchastkalarida  saylovchilar  ro’yxati  harbiy  qism 
qo’mondonligi taklifiga binoan tuziladi. 
Sanatoriyalar,  dam  olish  uylari,  kasalxonalar  ham  saylovlarda  ishtirok  etadi. 
Shu  joylarda  tuziladigan  saylovchilar  ro’yxati  mazkur  muassasaning  rahbarlari 
tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tuziladi. 
 
Xulosa 
Saylov-huquqiy  munosabatlari,  huquqiy  munosabatlarning  bir  turi  bo’lib, 
alohida  huquqiy  normalar  bilan  tartibga  solinadi.  Saylov-huquqiy  munosabatlari 
mavjud  ekan,  tabiiy  ravishda  ularning  ishtirokchilari  (sub’ektlari)  ham  mavjud. 
Konstitusiyaviy-huquqiy  munosabatlarning  sub’ektlarining  ba’zilari  saylov-huquqiy 
munosabatlar ishtirokchisi bo’lishi mumkin. Faqat ular oldiga ba’zi talablar qo’yiladi. 
Masalan,  fuqaro  saylov-huquqiy  munosabat  ishtirokchisi  bo’lishi  uchun  ma’lum 
yoshga (yoshlarga) to’lgan bo’lishi kerak. 
O’zbekistonda  saylov  ishtirokchilari  turlicha  bo’lib,  ular  bir  butun  tuzilmani 
tashkil  etadi.  Sub’ektlar  orasida  fuqaro  alohida  o’ringa  ega.  U  boshqa  sub’ektlar 
tarkibida yoki vakillar bo’lib saylovda qatnashadi. 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish