Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylov-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari tizimi



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   250
2-§. Saylov-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari tizimi 
Huquqiy  munosabat  (saylov-huquqiy  munosabati)  mavjud  ekan  ularning 
ishtirokchilari  (sub’ektlari)  ham  bo’lishi  tabiiydir.  Huquq  sohasiga  qarab  huquqiy 
munosabatlar  ishtirokchilari  har  xil  bo’ladi.  Masalan,  konstitusiyaviy-huquqiy 
munosabatlar  ishtirokchilari  doirasi  jinoyat  huquqiy  munosabatlar  ishtirokchilaridan 
kengroq. 
Saylov  huquqi  konstitusiyaviy  huquqning  alohida  instituti  hisoblanganligi 
tufayli  uning  ishtirokchilari  konstitusiyaviy-huquqiy  munosabatlar  ishtirokchilari 
doirasidan kelib chiqadi. 
  
                                                           
1
 Qarang: Tadjixanоv U va bоshqalar. О’zbekistоn Respublikasi Kоnstitutsiyaviy huquqi. T.: “Sharq”, 2001, 24-25 
betlar 
2
 Xusanоv О.T. Kоnstitutsiyaviy huquq. T.: “Adоlat”, 2013, 13-bet. 


70 
 
Masalan,  fuqaro  –  konstitusiyaviy-huquqiy  munosabat  ishtirokchisi  ham,  saylov-huquqiy 
munisabat  ishtirokchisi  ham  hisoblanadi.  Shu  bilan  birga  saylov-huquqiy  muniosabatlarni  o’z 
ishtirokchilari ham mavjud, masalan kuzatuvchilar, ishonchli vakillar va boshqalar. 
 
Agar  konstitusiyaviy-huquqiy  munosabatlar  ishtirokchisi  bo’lish  uchun 
aniqlangan ishtirokchilarga hеch qanday talab qo’yilmasa, хuddi shu konstitusiyaviy-
huquqiy  institutlar  sub’ektlarini  saylov-huquqiy  sub’ekti  bo’lishi  uchun  ularga 
qo’shimcha  talablar  qo’yiladi.  Masalan,  fuqaro  saylov-huquqiy  munosabatlar 
ishtirokchisi bo’lishi uchun ma’lum yoshga to’lgan (aktiv saylov uchun alohida yosh, 
passiv  saylov  uchun  alohida  yosh  o’rnatiladi)  bo’lishi,  siyosiy  partiyalar  saylov 
huquqini  sub’ekti  bo’lishi  uchun  tegishli  tartibda,  muddatda  ro’yхatdan  o’tgan 
bo’lishi kerak. 
Shulardan  kelib  chiqib  saylov-huquqiy  munosabatlari  ishtirokchilari  tizimiga 
kiruvchi  sub’ektlarni  shartli  ravishda  guruhlarga  bo’lish  mumkin.  Bir  guruh 
ishtirokchilar  konstitusiyaviy-huquqiy  munosabatlar  ishtirokchilari  ham  hisoblanib, 
ular  ayrim  talablar  asosida  saylov-huquqiy  munosabatlar  ishtirokchilari  ham 
hisoblanishadi,  bunga:  fuqarolar,  siyosiy  partiyalar,  ekoharakat  kiradi.  Boshqa  bir 
guruhga  hеch  qanday  shart,  talablarsiz,  saylov-huquqiy  munosabatlar  ishtirokchisi 
hisoblanuvchi  konstitusiyaviy-huquqiy  munosabatlar  ishtirokchilari  kiradi:  davlat 
organlari,  ommaviy  axborot  vositalari.  Uchinchi  guruhga  saylov  kampaniyasi 
boshlanishi  bilan  maydonga  chiqadigan  saylov-huquqiy  munosabatlar  sub’ektlari 
kiradi: saylov komissiyalari, kuzatuvchilar, nomzodlar, vakillar. 
Shuni  ta’kidlash  kerakki,  ayrim  saylov  komissiyalari,  jumladan,  Markaziy 
saylov  komissiyasi  va  viloyatlarga,  shaharlarga,  tumanlarga  saylov  o’tkazuvchi 
saylov  komissiyalari,  saylov  kampaniya  davridan  boshqa  vaqtlarda  ham  saylov-
huquqiy  munosabat  sub’ekti  hisoblanadi.  Sababi,  Markaziy  saylov  komissiyasi 
doimiy  ishlovchi  tuzilma  bo’lsa,  viloyatlarga,  tumanlarga  va  shaharlarga  saylov 
o’tkazuvchi  komissiyalar  o’tkazilgan  saylovdan  keyingi  saylovgacha  faoliyat 
ko’rsatadi.  
O’zbekiston  saylov-huquqiy  munosabatlar  ishtirokchilari  tizimiga  quyidagi 
turdagi  saylov  ishtirokchilari  kiradi:  fuqarolar,  saylov  komissiyalari,  siyosiy 
partiyalar,  Ekoharakat,  ommaviy  axborot  vositalari,  nomzodlar,  nomzodlarning 
ishonchli  vakillari,  siyosiy  partiyalarning  vakolatli  vakillari,  kuzatuvchilar,  davlat 
organlari,  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  kiradi.  Saylov-huquqiy 
munosabatlari  ishtirokchilarining  saylovda  ishtirok  etish  darajasi,  har  birining 
vazifasi  har  xil  bo’lib  ular  konstitusiya  hamda  saylov  qonunchiligida  belgilab 
qo’yiladi.  
Shunga  e’tibor  berish  kerakki,  saylov  qonunchiligining  takomillashib  borishi 
saylovlarning  yanada  demokratlashib  borishi,  saylov-huquqiy  munosabatlar 
sub’ektlari  doirasini  kengayib  borishiga  ta’sir  qiladi.  O’zbekiston  saylov 
qonunchiligini  rivojlanishi  natijasida  saylov-huquqiy  sub’ektlari  qatoriga  siyosiy 
partiyalarning  vakolatli  vakili  degan  sub’ekt  qo’shildi  hamda  fuqarolarning  sub’ekt 
sifatidagi tarkibi, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan fuqarolarni ovoz 
berishda ishtirok etish huquqiga ega bo’lishi munosabati bilan kengaydi.  


71 
 
Ekoharakatning  saylovda  ishtirok  etish  tartibi  o’rnatilgach,  ular  ham  saylov-
huquqiy munosabatlar sub’ektlari doirasini kengaytirdi.  
Saylov  qonunchiligini  takomillashtiruvchi  tartiblarni  o’zgarishi,  faqat 
ishtirokchilar  miqdorini  kengaytirib  qolmay,  ayrim  hollarda  jahon  xalqaro 
demokratik  tajribalaridan  kelib  chiqib,  ba’zi  saylov  ishtirokchilarining  bekor 
qilinishi, ishtirokchilar tizimidan chiqarilishiga ham olib keladi. Jumladan, dastlabki 
saylovlarda  deputatlikka,  prezidentlikka  nomzod  ko’rsatuvchilar  orasida 
fuqarolarning  tashabbuskor  guruhlari  degan  tuzilma  saylov  ishtirokchilari  sifatida 
e’tirof etilgan edi. Hozir bu institut bekor qilingan. Demak, o’z-o’zidan tashabbuskor 
guruh saylov ishtirokchilari tarkibidan chiqib ketgan.  
Saylov  ishtirokchilari  turlari  haqida,  “Konstitusiyaviy  huquq”  darsligida 
ma’lumot  berilgan,  lekin  unda  “nomzodlar”  nima  uchundir  saylov  ishtirokchlari 
qatoriga kiritilmagan
1

 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish