Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


partiyadan saylovda ishtirok etish huquqidan mahrum etadi



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   250

partiyadan saylovda ishtirok etish huquqidan mahrum etadi. 


148 
 
Deputatlikka  nomzod  saylovga  qadar  istagan  vaqtda  nomzodlikdan  voz 
kechishi  mumkin.  Buning  uchun  u  Markaziy  saylov  komissiyasiga  ariza  bilan 
murojaat qilsa bas. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzodliik  maqomidan  mahrum 
etish  va  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzodlikdan  voz  kechish 
tartiblari saylov qonunchiligida batafsil tartibga solingan. Jumladan, siyosiy partiya u 
yoki  bu  shaxsni  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzod  etib  ko’rsatish 
to’g’risidagi  o’z  qarorini  saylovga  kechi  bilan  еtti  kun  qolganida  bekor  qilish 
huquqiga  ega,  bu  shaxs  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  O’zbekiston 
Respublikasi  Prezidentligiga  nomzodlik  maqomidan  mahrum  etilishi  mumkin. 
Siyosiy  partiya  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzodlar  ko’rsatish 
muddati tugaguniga qadar Markaziy saylov komissiyasiga yangi nomzodni ro’yxatga 
olish to’g’risida taklif kiritishi mumkin. 
Ro’yxatga  olingan  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzod  uni 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzod  etib  ko’rsatgan  siyosiy  partiya 
faoliyatini  tugatgan  taqdirda  ham  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzod 
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan o’z maqomidan mahrum etilishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod saylovga kechi bilan еtti kun 
qolganida  nomzodlikdan  voz  kechishi  mumkin.  Buning  uchun  u  Markaziy  saylov 
komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlik maqomidan mahrum etish 
va  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzodlikdan  voz  kechish  bir  qator 
demokratik mamlakatlarda qo’llaniladigan amaliyot hisoblanadi. 
Prezidentlikka  nomzod  ko’rsatgan  sub’ektlar,  ya’ni  siyosiy  partiyalar 
tomonidan  o’z  nomzodlarining  siyosiy  mavqеiga  putur  еtganida  yoki  nomzod  o’z 
siyosiy  pozisiyasini  o’zgartirganida  yohud  nomzod  ixtiyoriy  ravishda  o’z 
nomzodligini  bekor  qilishni  so’raganda  va  hokazo  sabablarga  ko’ra  nomzod  etib 
ko’rsatish to’g’risidagi o’z qarorlarini bekor qilishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko’rsatgan siyosiy partiyalar 
tomonidan  Markaziy  saylov  komissiyasiga  o’z  nomzodini  bekor  qilishni  so’rab 
murojaat  qilishi  asosida  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  nomzodlik 
maqomidan mahrum etilishi mumkin. 
Agar  shunday  hol  yuz  berib,  nomzod  ko’rsatish  muddati  tugamagan  bo’lsa, 
siyosiy  partiyalar  prezidentlikka  yangi  nomzod  ko’rsatishi  mumkin.  Nomzod 
ko’rsatish  muddati  tugagandan  so’ng  yuqoridagi  holat  takror  sodir  bo’lsa,  yangi 
nomzod ko’rsatilmaydi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlik maqomidan mahrum etish 
va  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzodlikdan  voz  kechish  saylovga 
kechi bilan еtti kun qolganiga qadar amalga oshiriladi. 
Siyosiy  partiya  saylov  davrida  konstitusiyaviy  tuzumga  zid  faoliyat 
yuritayotganligi aniqlangan taqdirda uning ko’rsatgan va ro’yxatga olingan nomzodi 
Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  nomzodlik  maqomidan  mahrum  etilishi 
mumkin. 
Siyosiy  partiya  saylov  davrida  o’z  faoliyatini  qonuniy  asosda  to’xtatsa,  ham 
uning  ko’rsatgan  va  ro’yxatga  olingan  nomzodi  Markaziy  saylov  komissiyasi 


149 
 
tomonidan  nomzodlik  maqomidan  mahrum  etilishi  mumkinligi  ushbu  normada  o’z 
aksini topgan. 
Prezidentlikka  nomzodi  ko’rsatilgan  shaxslar  o’z  nomzodining  sog’lig’i, 
oilaviy  sharoiti,  saylov  kampaniyasida  siyosiy  mavqеini  anglagan  holda  ixtiyoriy 
ravishda  qaytarib  olishi,  saylovga  kechi  bilan  еtti  kun  qolguniga  qadar  amalga 
oshiriladi.  Bu  haqda  ariza  bilan  Markaziy  saylov  komissiyasiga  murojaat  qiladi  va 
shu  ariza  asosida  Markaziy  saylov  komissiyasi  uni  nomzodlik  huquqidan  mahrum 
qiladi. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish