Nazorat uchun savollar 1. Har bir demokratik davlatda siyosiy partiyalarning o’rni beqiyos, ularsiz
demokratik davlatni tassavur qilib bo’lmaydi. Ularning paydo bo’lishi, rivojlanishi
hamda ularning faoliyat olib borishining tartibi mavjud.
O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq siyosiy partiyalarni tashkil etilishi, faoliyat yuritish tartibi qanday? Siyosiy partiyalarning hokimiyatni amalga oshirishda ishtirokining ahamiyati nimalarda ko’rinishiga huquqiy baho bering. 2. Siyosiy partiyalar saylovlarda eng asosiy sub’ekt hisoblanadi. Ularning
saylovlardagi ishtiroki saylovlarni dekmokratik tarzda o’tishini ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida siyosiy pariyalarning saylovlardagi ishtiroki, ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi qay tartibda belgilangan? Bu borada rivojlangan mamlakatlarda qanday tartib o’rnatilgan? Milliy va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlarini o’zaro qiyosiy huquqiy tahlil qiling. 3. Faraz qiling “Mеhnat” partiyasining vakolatli vakili “V” Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi saylovlari jarayonida uchastka saylov komissiyasi tomonidan
ovozlarni sanab chiqishda nomzodlar to’plagan ovozlarning soxtalashtirilganligi, bu
jarayonda siyosiy partiya vakolatli vakili ishtiroki ta’minlanmaganligi, saylov
natijalari bayonnomada noto’g’ri aks ettirilganligini vaj qilib okrug saylov
komissiyasiga murojaat qildi. Okrug saylov komissiyasi hеch qanday qonunbuzarlik
sodir etilmaganligini sabab qilib arizani ko’rib chiqishni rad etdi.
Savol 1. Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish tartibini qonun hujjatlari va nizomlarda belgilangan tartib asosida yoriting. 2. Ovoz berish natijalarini aniqlashda saylov komissiyalarining vakolatlarini tahlil qiling. 3. Mazkur holatda okrug va uchastka saylov komissiyasi harakatlarigi baho bering. O’zining huquqlarini buzilgan deb hisoblagan vakolatli vakilga qonuniy manfaatlarining ta’minlanish yo’llarini tushintiring. 4. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida 2009-
yilgi saylovlarda ko’pchilik o’rin olgan O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi o’z
fraksiyasini tuzdi. Natijada Qonunchilik palatasida ko’pchilik o’rinni egallagan
O’zbekiston Liberal demokratik partiyasining fraksiyasi parlamentdagi ko’pchilikni
tashkil etdi va o’z dasturini amalga oshirishga keng imkoniyatlar yuzaga keldi. Biroq
parlamentda O’zbekiston Milliy tiklanish partiyasi fraksiyasi va Adolat sosial-
demokratik partiyasi partiyasi fraksiyasining a’zolari kamchilikni tashkil etib, o’z
dasturlarining amalda belgilangan maqsadiga erishishda qiyinchilikka duch kela
boshladi. Shuning uchun partiyalar yagona bir blokka birlashishga kelishib oldilar.
94
Savol 1. Sizningcha, O’zbekiston Milliy tiklanish partiyasi fraksiyasi va Adolat sosial-demokratik partiyasi fraksiyasi yagona blokka birlashishlari mumkinmi? 2. Agar ular birlashishsa, qanday asoslarni inobatga olgan holda birlashadilar? 3. Fikringizni huquqiy jihatdan isbotlab bering?