Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Vakillarning vazifasi, vakolatlari, faoliyatining kafolatlari



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   250
 
2-§. Vakillarning vazifasi, vakolatlari, faoliyatining kafolatlari 
Nomzodlarning ishonchli vakillari va siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari-
ning  vazifalari  tegishli  saylov  to’g’risidagi  qonunlarda  belgilab  qo’yilgan. 
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 29-moddasiga 
binoan: 

ishonchli  vakillar  nomzodlarga  saylov  kampaniyalarini  o’kazishda 
yordam beradilar; 

nomzodlarni Prezident etib saylanishi uchun targ’ibotlar olib boradilar; 

davlat  va  jamoat  tashkilotlari,  saylov  komissiyalari  bilan  bo’ladigan 
munosabatlarda nomzodlarning manfaatini himoya qiladilar. 
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi qonunning 28-
moddasida  va  “Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar  kengashlariga  saylov 
to’g’risida”gi  qonunning  26-moddasida  nomzodlarning  ishonchli  vakili,  nomzod 
deputat  etib  saylanishi  uchun  tashviqot  yuritishi,  davlat  organlari  va  jamoat 
birlashmalari  organlari,  saylovchilar  bilan  munosabatlarda,  shuningdek,  saylov 
komissiyalarida nomzodning manfaatlarini himoya qiladilar. 
Prezident  saylovi  va  mahalliy  Kengash  deputatligiga  saylov  to’g’risidagi 
qonunlarda,  nomzodlarning  ishonchli  vakillari  vazifalarini  belgilashda  ba’zi  farqlar 
mavjud. 
  
Masalan, Prezident saylovi to’g’risidagi qonunda nomzodlarning ishonchli vakillari vazifasi 
sifatida,  ishonchli  vakillar  nomzodlarga  saylov  kampaniyasini  o’tkazishda  yordam  berishi  vazifa 
sifatida  ko’rsatilgan  bo’lib,  bu  alohida  vazifa  sifatida  deputatlar  sayloviga  tegishli  qonunlarda 
ko’rsatilmagan.  Yoki  deputatlikka  saylov  to’g’risidagi  qonunlarda  ishonchli  vakillarning  vazifasi 
sifatida ko’rsatilgan –  saylovchilar bilan o’zaro  munosabatda ishtirok etish vazifasi Prezidentlikka 
saylov  to’g’risidagi  qonunda  alohida  vazifa  sifatida  ko’rsatilmagan.  Lekin  saylov  kampaniyasini 
o’tkazishda yordam beradi degan qoida, saylovchilar bilan munosabatga ham taalluqlidir. 


157 
 
 
Nomzodlarning ishonchli vakillari vakolatlariga (huquqlariga): 
- saylovchilar bilan bo’ladigan uchrashuvlarda ishtirok etish; 
-  uchrashuvlarda  so’zga  chiqish,  nomzodlarning  faoliyati  bilan  saylovchilarni 
tanishtirish; 
- OAVda nomzod haqida, uning dasturi haqida ma’lumotlar berish; 
- radio va televidenieda debatlarda ishtirok etish; 
-  tashviqot  ishlari  olib  borilishida  qonun  normalari  buzilsa,  tegishli 
komissiyalarga shikoyat bilan murojaat etish; 
- saylov uchastkalarida saylovga tayyorgarlik ishlarini borishi bilan tanishish; 
- ovoz berishning boshlanishi, ovoz berish natijalarini aniqlashda ishtirok etish, 
shu  holatlar  bo’yicha  qonun  buzilishlari  sodir  etilsa,  tegishli  organlarga  (saylov 
komissiyalariga, sudga) murojaat qilish kiradi. 
Saylovlarda barcha nomzodlarga bir hil imkoniyat yaratiladi. 
Nomzodlarning  ishonchli  vakillari  istalgan  paytda  vakolatlarini  zimmasidan 
soqit  qilishi  mumkin.  Ishonchli  vakil  sylov  komissiyalari  a’zosi  bo’lishi  mumkin 
emas. 
Nomzodlarning ishonchli vakili, atigi, bir nomzod nomidan harakat qiladi. 
Saylov 
to’g’risidagi  qonunchilikka  kiritilgan  o’zgarishlar  natijasida 
vakillarning  yana  bir  turi  –  siyosiy  partiyalarning  vakolatli  vakillari  degan  institut 
vujudga keldi. 
Ularning  vazifasi  deputatlikka  saylov  to’g’risidagi  qonunlarning  17
1
-
moddasida  belgilab  qo’yilgan.  Unga  asosan  “Deputatlikka  nomzodlar  ko’rsatgan 
siyosiy  partiya  ovozlarni  sanab  chiqishda  ishtirok  etish  uchun  Markaziy  saylov 
komissiyasi  tomonidan  belgilangan  tartibda  o’z  a’zolari  orasidan  vakolatli  vakil 
tayinlashga haqli”. 
 Nomzodlarning  ishonchli  vakili  bilan,  siyosiy  partiyalarning  vakolatli 
vakilining asosiy farqi: nomzodlarning ishonchli vakili nomzod tomonidan tanlanadi 
va  aniq  nomzodning  manfaatini  ifoda  etadi,  saylovning  barcha  tadbirlarida  ishtirok 
etadi, partiya a’zosi yoki partiyasiz bo’lishi mumkin. Siyosiy partiyalarning vakolatli 
vakilini siyosiy partiya tayinlaydi, u partiya manfaatini himoya qiladi, faqat ovozlarni 
sanab chiqishda ishtirok etadi, albatta partiya a’zosi bo’lishi kerak. 
Siyosiy  partiyaning  ishonchli  vakilining  vakolatlari  Markaziy  saylov 
komissiyasi  tasdiqlagan  “Siyosiy  partiya  vakolatli  vakilining  saylov  uchastkalarida 
ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish tartibi”da aniq belgilab qo’yilgan. 
Unga asosan siyosiy partiya vakolatli vakili: 

uchastka saylov komissiyasining ovozlarni sanab chiqishida ishtirok etish; 

foydalanilmagan  saylov  byulletenlari  va  saylov  varaqlarini  sanab  chiqish  va 
bekor qilish, ularni haqiqiy emas deb topish kabi jarayonlar bilan tanishish; 

ovozlarni  sanab  chiqish  natijalarini  ko’rib  chiqish  va  bayonnoma  tuzishda 
uchastka saylov komissiyasi majlislarida qatnashish; 

ovozlarni sanab chiqish bayonnomasi bilan tanishish huquqiga ega. 
Siyosiy  partiyaning  vakolatli  vakili,  takroriy  ovoz  berish  va  takroriy 
saylovlarda  ham  shu  huquq  bilan  ishtirok  etadi,  vakolatli  vakil  qonunchilikka 


158 
 
muvofiq  uchastka  saylov  komissiyasi  xatti-harakatlari  ustidan  shikoyat  qilish 
huquqiga ega. 
Tegishli  hujjatda  vakolatli  vakilning  majburiyatlari  ham  belgilab  qo’yilgan. 
Unga asosan vakolatli vakil: 

saylovchi  saylov  byulleteniga  o’z  belgisini  qo’yayotgan  paytda  yashirin  ovoz 
berish kabinasida yoki xonada hozir bo’lishga; 

saylovchilarga  ta’sir  ko’rsatish,  biron-bir  tashviqot  materiallari  yoki  adabiyot 
tarqatishga; 

saylovlarda  kimni  yoqlab  ovoz  berganini  surishtirish  yoki  saylovchilarga 
saylov byulleteniga belgi qo’yishda biron-bir tarzda yordam ko’rsatishga; 

uchastka  saylov  komissiyasi  faoliyatiga,  shu  jumladan  saylov  qutilarini 
muhrlashga, ochishga, ovozlarni sanab chiqishda aralashishga haqli emas. 
Siyosiy partiyaning vakolatli vakilining vakolat muddati saylov natijalari e’lon 
qilinganidan so’ng tugaydi. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish