Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


  Markaziy  saylov  komissiyasining  ayrim  vakolatlari,  ma’lum  faktlarni



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   250
  5.  Markaziy  saylov  komissiyasining  ayrim  vakolatlari,  ma’lum  faktlarni 
rasmiylashtirish va e’lon qilish bilan bog’liq vazifalardan kelib chiqadi, bularga 
quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 

saylov  kampaniyasi  boshlanganligini  ommaviy  axborot  vositalarida 
e’lon qilish; 

saylovchilar  hamda  referendumda  ishtirok  etish  huquqiga  ega  bo’lgan 
fuqarolar sonini ko’rsatgan holda okruglar ro’yхatini e’lon qilish; 

okrug  saylov  komissiyalarini  joylashgan  еri  to’g’risidagi  ma’lumotlarni 
e’lon qilish; 

Prezidentlikka va deputatlikka nomzodlarni ro’yxatga olib, ro’yxatlar va 
nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni matbuotda e’lon qilish; 

saylangan  deputatlarni  va  Senat  a’zolarini  ro’yxatga  olib,  ularni 
matbuotda e’lon qilish; 

saylangan  shaxsga  Prezident  etib  saylanganligi  haqida  guvohnoma 
berish; 

Qonunchilik  palatasi  deputati  va  Senat  a’zosiga  guvohnoma  va  ko’krak 
nishonini berish. 
Markaziy  saylov  komissiyasining  ayrim  vakolatlari  boshqa  qonun  va 
hujjatlarda  ham  belgilangan.  “O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi 
to’g’risida”gi  qonunning  36-moddasi  va  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga 
saylov  to’g’risida”gi  qonunning  44-moddasiga  asosan  Markaziy  saylov  komissiyasi 
saylovni  haqiqiy  emas  deb  topishi,  shuningdek,  ayrim  saylov  uchastkalarida, 


116 
 
Prezident  saylovida  esa  ayrim  okrug  va  uchastkalarda  saylovni  haqiqiy  emas  deb 
topib, umumiy natijadan chiqarib tashlashi mumkin.  
Markaziy  saylov  komissiyasining  yuqoridagi  qonunlardan  tashqari  boshqa 
hujjatlarda  ham  ayrim  vakolatlari  belgilangan,  masalan,  “O’zbekiston  Respublikasi 
Oliy Majlisi Senati a’zolarini saylash tartibi to’g’risida”gi Nizomda. Senat a’zolarini 
saylashga 
bag’ishlangan 
viloyatlar, 
Toshkent 
shahar 
xalq 
deputatlari 
Kengashlarining, 
shuningdek, 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasining 
Jo’qorg’i 
Kengesining  qo’shma  majlislarining  vaqti  va  joyi  haqidagi  qaror  Markaziy  saylov 
komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. 
Deputatlarning  qo’shma  majlisini  Markaziy  saylov  komissiyasi  vakili  ochadi 
va majlisda albatta ishtirok etadi.  
“Xalq  deputatlari  mahalliy  Kengash  deputatini,  O’zbekiston  Respublikasi 
Qonunchilik  palatasi  deputatini  va  Senati  a’zosini  chaqirib  olish  to’g’risida”gi 
qonunda ham Markaziy saylov komissiyasiga ta’luqli vakolatlar berilgan
1
.  
 Deputatni  chaqirib  olish  to’g’risidagi  masala  tegishli  vakillik  organlarining, 
Qonunchilik  palatasining,  Senatning  majlisida  ko’rib  chiqilib,  chaqirib  olish 
to’g’risida  qaror  qabul  qilinsa,  u  qaror  Markaziy  saylov  komissiyasiga  yuboriladi, 
tegishli  okruglarda  chaqirib  olish  bo’yicha  ovoz  berishni  Markaziy  saylov 
komissiyasi  tashkil  etadi.  Senatorlarni  deputat  bo’lib  saylangan  okrugida,  chaqirib 
olishga bag’ishlangan ovoz berishni ham  Markaziy saylov komissiyasi tashkil etadi. 
Ovoz  berish  natijalari  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  ro’yxatga  olinadi  va 
matbuotda  e’lon  qilinadi.  Markaziy  saylov  komissiyasi  ovoz  berishni  haqiqiy  emas 
deb topishi ham mumkin.  
Markaziy  saylov komissiyasi  Prezident saylovi hamda  Qonunchilik palatasiga 
saylovni  o’tkazuvchi  tuzilma  sifatida  faoliyat  ko’rsatadi,  ayrim  holatlarda  ularni 
mahalliy Kengash deputatini sayloviga ham ta’sir qiladi, masalan; 
-  mahalliy  Kengash  deputatlari  saylovi  ham  Markaziy  saylov  komissiyasi 
tomonidan e’lon qilinadi; 
-  mahalliy  Kengashlarga  saylovda  ishtirok  etuvchi  siyosiy  partiya  vakolatli 
vakilini tayinlash tartibini belgilaydi; 
- deputatlarni chaqirib olish uchun ovoz berishni tayinlaydi.  
Markaziy saylov komissiyasi, o’z vakolatlari doirasida davlat organlari, jamoat 
birlashmalari,  shuningdek,  xalqaro  tashkilotlar  bilan  aloqa  o’rnatadi.  Ular  bilan 
munosabatda Markaziy saylov komissiyasi nomidan uning Raisi ish olib boradi.  
Saylov  qonunchiligining  yanada  takomillashtirishda,  uning  xalqaro  talablarga 
javob  berishini  ta’minlashda,  xalqaro  tajribalarni  o’rganishda,  o’z  tajribamizni 
umumlashtirib,  jahonga  yoyishda  Markaziy  saylov  komissiyasi  katta  ko’lamdagi 
ishlarni olib boradi.  
Markaziy 
saylov 
komissiyasi 
tashabbusi 
bilan 
o’tkazilgan  xalqaro 
anjumanlarda  O’zbekiston  saylov  tizimi  haqida  ma’lumotlar  bilan  xorij 
mutaxassislari  tanishadi  va  saylov  qonunchiligini  yanada  takomillashtirish  bo’yicha 
ularning fikr-mulohazalari tinglanadi.  
  
                                                           
1
 О’zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisining Axbоrоtnоmasi. 2005 yil, №1., 12-mоdda. 


117 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish