Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   250
To’rtinchidan,  xalq  suverenitetini,  demokratik  siyosiy  rejimni  ta’minlab, 
siyosiy elitani aholi nazoratida bo’lishini ta’minlaydi. Bu degani har bir yangi saylov 
davrida  avval  saylanganlar  saylovchilar  oldida  hisobot  berishini  ta’minlashni 
bildiradi. 
O’zbekiston o’z taraqqiyotini insonparvar demokratik huquqiy davlat qurishda 
ko’rmoqda.  Shu  maqsadda  barcha  jabhalarda  demokratik  islohotlar  o’tkazilmoqda, 
natijada 
demokratiyaning 
o’zi  ham  takomillashmoqda.  Demokratiyaning 
takomillashuvini  esa  saylovlarning  takomillashuvisiz,  demokratlashuvisiz  tasavvur 
qilib bo’lmaydi. 
O’zbekistonning  Birinchi  Prezidenti  tomonidan  2010-yil  12-noyabrda  ilgari 
surilgan  “Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va 
fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  Konsepsiyasi”da  “O’zbekistonda  saylov  huquqi 
erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish” masalasiga alohida bob 
ajratilishining  o’zi  ham,  saylov  masalasi,  saylov  huquqi  demokratiya  tizimida, 
jamiyat, fuqarolar hayotida muhim  masala ekanligini ko’rsatadi. Konsepsiyada qayd 
qilinishicha  “erkin  saylov  va o’z  xohish-irodasini  erkin  bildirish prinsiplari, birinchi 
navbatda,  har  bir  shaxsning  davlat  hokimiyati  vakillik  organlariga  saylash  va 
saylanish bo’yicha Konstitusiyaviy huquqi milliy davlatchiligimiz modelining asosini 
tashkil etadi”. 
Saylov  saylov  huquqi  orqali  amalga  oshiriladi.  Saylov  huquqi  esa 
konstitusiyaviy  huquqning  muhim  institutidir.  Saylov  huquqining  jamiyat,  fuqaro 
hayotidagi  muhim  ahamiyati  uni  alohida  maxsus  o’quv  kursi  sifatida  o’qitish 
zaruriyatini keltirib chiqaradi. 
Toshkent  davlat  yuridik  universiteti  o’quv  rejasiga  “Saylov  huquqi”ning 
alohida  o’quv  kursi  sifatida  kiritilishi  ushbu  o’quv  kursi  dasturini  tuzish  va  uning 
asosida  darslik  tayyorlashga  ehtiyoj  tug’dirdi.  Shuning  asosida  mazkur  o’quv  kursi 
darsligi tayyorlangan. 



 
Darslik o’quv kursi dasturidagi mavzular negizida tayyorlanib, dasturda ko’zda 
tutilgan  barcha  masalalar  qamrab  olingan.  Unda  mavzularni  ikki  “Umumiy”  va 
“Maxsus” qismlarga bo’linganligi uslubiy jixatdan to’g’ri bo’lib, “Umumiy” qismda 
saylov  huquqiga  tegishli  umumiy-nazariy  masalalar,  “Maxsus”  qismda  esa  amaliy 
masalalarga taalluqli mavzular haqida bilimlar berilgan. 
Darslikda Prezident va deputat, senator saylashga tegishli masalalardan boshqa 
masalalar,  jumladan:  “Fuqarolar  yig’ini  raislari  (oqsoqollari)  va  ularning 
maslahatchilarini  saylash”,  “Deputat  va  senatorlarni  vakolat  muddatidan  oldin 
chaqirib  olish”,  “Referendum  o’tkazish”  masalalari  ham  alohida  mavzular  sifatida 
berilgan  hamda  ular  O’zbekiston  saylov  tizimining  ajralmas  tarkibiy  qismi  ekanligi 
ko’rsatilgan. 
Darslik  tayyorlashda  rahbariy  manbalardan,  normativ  hujjatlardan  unumli 
foydalanilgan. 
Saylov  huquqi  o’quv  kursi  bo’yicha  tayyorlangan  mazkur  darslik 
respublikamizda ilk bor tayyorlangan ishdir. Shuning uchun unda ayrim kamchiliklar 
bo’lishi  tabiiydir.  Darslikdan  foydalanish  davomida  aniqlangan  kamchiliklar, 
noaniqliklar  muallifga  еtkazilsa,  darslikni  kelajakda  yanada  mukammal  bo’lishiga 
olib kelar edi. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish