Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Nomzod ko’rsatish tartibi



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   250
3-§. Nomzod ko’rsatish tartibi 
Prezidentlikka,  Qonunchilik  palatasi  deputatligiga  nomzodlar  siyosiy 
partiyalarning  yuqori  organlari  tomonidan  ko’rsatiladi.  Siyosiy  partiyalar 
deputatlikka bir yuz o’ttiz besh nafar nomzod, ya’ni har bir saylov okrugidan bittadan 
deputatlikka  nomzod  ko’rsatish  huquqiga  egadir.  Bir  shaxs  faqat  bitta  saylov 
okrugidan  deputatlikka  nomzod  etib  ko’rsatilishi  mumkin.  Deputatlikka  nomzod 
tanlash  tartibini  siyosiy  partiyalarning  o’zlari  hal  etadilar.  Xotin-qizlar  soni 
partiyalardan  ko’rsatilgan  deputatlikka  nomzodlar  umumiy  sonining  kamida  o’ttiz 
foizini tashkil etishi lozim. 
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar 
siyosiy partiyalarning tegishli viloyat, tuman, shahar organlari tomonidan (tuman va 
shahar  Kengashlariga  nomzodlar)  hamda  fuqarolarning  yig’inlarida  yoki  vakillari 
yig’ilishlarida  ko’rsatiladi.  Bunda  siyosiy  partiyalar,  fuqarolarning  o’zini  o’zi 
boshqarish  organlari  tegishli  hududda  joylashgan  har  bir  saylov  okrugidan  faqat 
bittadan deputatlikka nomzod ko’rsatishga vakolatlidir. Agar tegishli xalq deputatlari 
tuman, shahar Kengashiga saylov o’tkazuvchi saylov okrugi hududida fuqarolarning 
ikki  va  undan  ortiq  o’zini  o’zi  boshqarish  organi  joylashgan  bo’lsa,  deputatlikka 
nomzod  fuqarolar  vakillarining  yig’ilishlarida  ko’rsatiladi.  Yig’ilishda  ishtirok 
etadigan vakillar normasini tegishli tuman, shahar saylov komissiyasi belgilaydi. 
Qonunga  muvofiq  siyosiy  partiyalar  faqat  o’z  partiyasi  a’zolarini  yoki 
partiyasizlarni deputatlikka nomzod etib ko’rsatish vakolatiga egadirlar. Deputatlikka 
nomzodlar ko’rsatish to’g’risida bayonnoma tuziladi. 
Shundan keyin siyosiy partiyaning rahbari deputatlikka nomzodlarni ro’yxatga 
olishni  iltimos  qilib,  Markaziy  saylov  komissiyasiga  ariza  bilan  murojaat  etadi. 
Hujjatlarni  taqdim  etgan  shaxsga  Markaziy  saylov  komissiyasi  hujjatlar  qabul  qilib 
olingan  sana  va  vaqt  ko’rsatilgan  ma’lumotnoma  beradi.  Markaziy  saylov 
komissiyasi taqdim  etilgan hujjatlarni  еtti kunlik  muddat  ichida  tekshirib  chiqadi va 
ularning qonun talablariga muvofiqligi to’g’risida xulosa beradi. 
Markaziy  saylov  komissiyasi  siyosiy  partiyalardan  deputatlikka  nomzodlarni 
ro’yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni ro’yxatga olish muddati tugashiga еtti 
kun  qolganida  to’xtatadi.  Deputatlikka  nomzodlarni  ro’yxatga  olish  saylovga  o’ttiz 
besh  kun  qolganida  tugallanadi.  Deputatlikka  nomzod  etib  ko’rsatilgan  shaxslarga 
ro’yxatga olinganlik guvohnomasi beriladi. 
Qonunchilik  palatasi  deputatlikka  nomzodlar  Markaziy  saylov  komissiyasi 
tomonidan ro’yxatga olingandan keyin hamda tegishli viloyat, tuman, shahar saylov 


143 
 
komissiyasi deputatlikka nomzodlar ro’yxatga olinganidan keyin besh kunlik muddat 
ichida  tegishli  okrug  saylov  komissiyasi  ro’yxatga  olinganlik  to’g’risidagi  xabarni 
deputatlikka  nomzodning  familiyasini,  ismi  va  otasining  ismini,  tug’ilgan  yilini, 
partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini, ish va yashash joyini, shuningdek, 
uni deputatlikka nomzod etib ko’rsatgan siyosiy partiyani ko’rsatgan holda mahalliy 
matbuotda e’lon qiladi. 
Qonunchilik  palatasiga,  Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar  Kengashi 
deputatligiga siyosiy partiya, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi deputatlikka 
nomzod  etib  ko’rsatish  to’g’risidagi  o’z  qarorlarini  saylovga  kechi  bilan  besh  kun 
qolganda  bekor  qilish  huquqiga  ega,  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan 
deputatlikka  nomzodlar  ko’rsatish  muddati  tugaguniga  qadar  Markaziy  saylov 
komissiyasiga  yangi  nomzodni  ro’yxatga  olish  to’g’risida  taklif  kiritishi  mumkin. 
Siyosiy  partiya  faoliyatining  tugatilganligi  deputatlikka  nomzodni  shu  partiyadan 
saylovda ishtirok etish huquqidan mahrum etadi. 
Deputatlika  nomzod  saylovga  qadar  istalgan  vaqtda  nomzodlikdan  voz 
kechishi  mumkin.  Buning  uchun  u  Markaziy  saylov  komissiyasiga  yoki  tegishli 
viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.  
“O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to’g’risida”gi  qonunda 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko’rsatish tartibi belgilangan. 
Unga  ko’ra,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzodlar  ko’rsatish 
saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va qirq besh kun qolganida tugaydi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzodlar  ko’rsatish  siyosiy 
partiyalarning  yuqori  organlari  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Siyosiy  partiyaning 
yuqori  organi  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  bittadan  nomzod  ko’rsatishi 
mumkin. 
Siyosiy  partiya  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  faqat  o’z  partiyasi 
a’zolari orasidan yoki partiyasiz shaxsni nomzod etib ko’rsatishga vakolatlidir. 
Siyosiy  partiyaning  rahbari  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga 
nomzodni ro’yxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan 
murojaat etadi. 
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 
-  siyosiy  partiya  yuqori  organining  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga 
nomzod ko’rsatish to’g’risidagi qarori; 
-  siyosiy  partiya  yuqori  organi  majlisining  O’zbekiston  Respublikasi 
Prezidentligiga  nomzod  ko’rsatish  to’g’risidagi  bayonnomasi,  unda  O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentligiga nomzodning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug’ilgan 
sanasi,  kasbi,  lavozimi  (mashg’ulotining  turi),  ish  va  yashash  joyi,  partiyaga 
mansubligi ko’rsatiladi. 
-  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzodning  o’z  nomzodi  ovozga 
qo’yilishiga rozi ekanligi to’g’risidagi arizasi; 
-  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  ko’rsatilgan  nomzodni  qo’llab-
quvvatlovchi  imzo  varaqalari.  Siyosiy  partiya  tomonidan  taqdim  etilgan  imzo 
varaqalari O’zbekiston Respublikasi jami saylovchilarning umumiy soni kamida besh 
foizining,  kamida  sakkizta  ma’muriy-hududiy  tuzilma  namoyandasi  bo’lgan 
saylovchilarning  imzosini  qamrab  olgan  bo’lishi  kerak.  Ma’muriy-hududiy 


144 
 
tuzilmalardan  birida  (Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyat,  Toshkent  shahri) 
siyosiy  partiya  imzolar  umumiy  miqdorining  ko’pi  bilan  sakkiz  foizini  to’plashi 
mumkin. 
Siyosiy  partiya  o’zining  vakolatli  vakiliga  ro’yxatga  olinganlik  guvohnomasi 
berilganidan  keyingina  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzodni  qo’llab-
quvvatlash  yuzasidan  saylovchilar  imzosini  to’plashga  haqli.  Bu  sanaga  qadar 
to’plangan imzolar hisobga olinmaydi. 
Saylovchilar  faqat  bitta  nomzodni  qo’llab-quvvatlab,  bir  martagina  imzo 
qo’yishga haqli. Bunda saylovchi o’z familiyasini, ismini, otasining ismini, tug’ilgan 
yilini  (yoshi  o’n  sakkizda  bo’lsa,  qo’shimcha  ravishda  tug’ilgan  kuni  va  oyini), 
yashash  joyi  manzilini,  pasporti  seriyasi  va  tartib  raqamini,  shuningdek,  imzo 
qo’ygan sanani ko’rsatadi. 
Saylovchilar  imzosini  to’plash  ish,  xizmat,  o’qish,  yashash  joyida,  saylovoldi 
tadbirlarida,  shuningdek,  tashviqot  yuritish  va  imzo  to’plash  qonun  hujjatlari  bilan 
taqiqlanmagan  boshqa  joylarda  olib  boriladi.  Imzo  to’playotgan  shaxs  tomonidan 
saylovchilarni  majbur  qilish  va  ularni  pora  evaziga  o’ziga  og’dirib  olishning  har 
qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo’ladi. 
Imzo  to’plash  tamomlanganidan  so’ng  siyosiy  partiyaning  vakolatli  vakili 
Qoraqalpog’iston Respublikasi, har bir viloyat va Toshkent shahri bo’yicha alohida-
alohida qilib tikilgan imzo varaqalarini Markaziy saylov komissiyasiga topshiradi. 
Hujjatlarni  taqdim  etgan  shaxsga  Markaziy  saylov komissiyasi  hujjatlar  qabul 
qilib olingan sana va vaqt ko’rsatilgan ma’lumotnoma beradi. 
Markaziy  saylov  komissiyasi  taqdim  etilgan  hujjatlarni  еtti  kunlik  muddat 
ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligi to’g’risida 
xulosa beradi. 
Imzo  varaqalarida  imzolar  soxtalashtirilgan  taqdirda  Markaziy  saylov 
komissiyasi siyosiy partiyadan u ko’rsatgan nomzodni ro’yxatga olish uchun hujjatlar 
qabul qilishni rad etadi. 
Markaziy  saylov  komissiyasi  ro’yxatga olish  uchun  taqdim  etilgan hujjatlarda 
aniqlangan  nomuvofiqliklar  va  ushbu  Qonun  talablaridan  chetga  chiqish  hollari 
to’g’risida  tegishli  siyosiy  partiyalarning  rahbarlariga  belgilangan  tartibda  ma’lum 
qiladi. 
Markaziy  saylov  komissiyasi  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga 
nomzodlarni ro’yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni ro’yxatga olish muddati 
tugashiga еtti kun qolganida to’xtatiladi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzodlar  ko’rsatish  tartibi  saylov 
jarayonining eng muhim asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzodlar  ko’rsatish  siyosiy 
partiyalarning  yuqori  organlari  tomonidan  uyushtiriladi  va  siyosiy  partiyalarning 
asosiy yig’ilishi Qurultoyda ko’rsatiladi. 
Siyosiy  partiya  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzodni  tanlash 
uchun  dastlab,  boshlang’ich  tashkilotlarining  yig’ilishlarini  o’tkazadi  hamda 
aholining  mehnat  va  istiqomat  joylarida,  ilmiy-o’quv  muassasalarida,  jamoat 
tashkilotlari  va  birlashmalarida  turli-xil  tadbirlar  uyushtiradilar.  Albatta  nomzodni 
tanlashda  uning  shaxsiga  alohida  e’tibor  beriladi.  Bu  esa  siyosiy  partiyaning 


145 
 
jamiyatdagi mavqеini oshishiga xizmat qiladi. Shuning uchun siyosiy partiya nafaqat 
o’z  partiyasi  a’zolarini  balki  umuman  biron-bir  partiyaga  a’zo  bo’lmagan 
shaxslarning nomzodini ham ko’rsatishi mumkin. 
Siyosiy  partiyadan  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzod 
ko’rsatish  uchun  qurultoy  chaqiriladi  va  bu  jarayon  yig’ilish  bayonnomasida  o’z 
ifodasini topadi. 
Siyosiy  partiyaning  rahbari,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga 
nomzodni ro’yxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan 
murojaat etadi.  
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 
- siyosiy partiya oliy rahbar organining nomzod ko’rsatish bo’yicha o’tkazgan 
yig’ilish qarori; 
-  siyosiy  partiya  yuqori  organi  majlisining  O’zbekiston  Respublikasi 
Prezidentligiga  nomzod  ko’rsatish  to’g’risidagi  bayonnomasi,  unda  O’zbekiston 
Respublikasi  Prezidentligiga  nomzodning  familiyasi,  ismi,  otasining  ismi,  tug’ilgan 
sanasi,  kasbi,  lavozimi  (mashg’ulotining  turi),  ish  va  yashash  joyi,  partiyaga 
mansubligi ko’rsatiladi. 
Ikkita partiyadan bir shaxsning nomzodi ko’rsatilishi mumkin emas. 
Barcha demokratik davlatlarda bo’lgani kabi O’zbekiston Respublikasida ham 
har  bir  siyosiy  partiyaning  o’z  tarafdorlari  va  a’zolari  bor.  Shuning  uchun  har  bir 
saylovchi  faqatgina  o’z  manfaatini  himoya  qiluvchi  siyosiy  partiyaning  dasturini 
ma’qullaydi.  Siyosiy  partiya  faqatgina  o’z  tarafdorlariga  ega  bo’lgan  taqdirdagina 
siyosiy maydonga chiqishi mumkin. 
Har qanday tuzumdagi mamlakatlarda turli xil ommaviy tadbirlarni o’tkazilish 
tartibini  belgilaydigan  davlat  organining  alohida  hujjati  qabul  qilinadi.  O’zbekiston 
Respublikasida  ham  davlat  siri  hisoblangan  ob’ektlarni  boshqaruviga  oid  hujjatlar 
mavjud.  Bundan  tashqari  viloyat,  tuman  va  shahar  hokimliklarining  ommaviy 
tadbirlarni  o’tkazishga  oid  hujjatlari  qabul  qilingan.  Shuning  uchun  ham  siyosiy 
partiya  o’z  nomzodlarini  qo’llab-quvvatlash  uchun  saylovchilar  imzosini  to’plash 
ta’qiqlangan hududlarda amalga oshirilmasligi qonunda nazarda tutilgan. 
Imzo to’playotgan shaxs tomonidan saylovchilarni majbur qilish va ularni pora 
evaziga  o’ziga  og’dirib  olishning  har  qanday  shakli  qonunda  belgilangan  tartib 
bo’yicha javobgarlikka sabab bo’ladi. 
Imzo  to’plash  tamomlanganidan  so’ng  siyosiy  partiyaning  vakolatli  vakili 
Qoraqalpog’iston Respublikasi, har bir viloyat va Toshkent shahri bo’yicha alohida- 
alohida  qilib  tikilgan  imzo  varaqalarini  Markaziy  saylov  komissiyasiga  belgilangan 
tartibda saylovga o’ttiz besh kun qolganicha topshirishi lozim. 
Hujjatlarni  taqdim  etgan  shaxsga  Markaziy  saylov komissiyasi  hujjatlar  qabul 
qilib olingan sana va vaqt ko’rsatilgan ma’lumotnoma beradi. 
Markaziy  saylov  komissiyasi  taqdim  etilgan  hujjatlarni  еtti  kunlik  muddat 
ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligi to’g’risida 
xulosa beradi. 
Imzo  varaqalarida  imzolar  soxtalashtirilgan  taqdirda  Markaziy  saylov 
komissiyasi siyosiy  partiyadan,  saylovchilar  tashabbuskor  guruhidan  ular ko’rsatgan 
nomzodni  ro’yxatga  olish  uchun  hujjatlar  qabul  qilishni  rad  etadi.  Markaziy  saylov 


146 
 
komissiyasi  ro’yxatga  olish  uchun  taqdim  etilgan  hujjatlarda  aniqlangan 
nomuvofiqliklar  va  ushbu  Qonun  talablaridan  chetga  chiqish  hollari  to’g’risida 
tegishli siyosiy partiyalarning rahbarlariga belgilangan tartibda ma’lum qiladi. 
Markaziy  saylov  komissiyasi  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga 
nomzodlarni ro’yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni ro’yxatga olish muddati 
tugashiga еtti kun qolganida to’xtatadi. 
Markaziy  saylov  komissiyasi  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga 
nomzodlarning  siyosiy  partiyaga  mansubligi  bo’yicha  ro’yxatga  olinganligini 
matbuotda e’lon qiladi va so’ngra saylovoldi tashviqoti boshlanadi. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish