Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Okrug va uchastka saylov komisiyalarning vakolatlari



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   250
4-§. Okrug va uchastka saylov komisiyalarning vakolatlari 
Saylov  komissiyalarining  vakolatlari  qonunlarda  belgilab  quyilgan.  Prezident 
saylovi to’g’risidagi va vakillik organlariga saylov to’g’risidagi qonunlarda Markaziy 
saylov  komissiyasi,  okrug,  uchastka  saylov  komissiyalari  va  turli  pog’onadagi 
Kengashlarga  saylov  o’tkazuvchi  komissiyalar  vakolatlari  aniq  belgilab  quyilgan. 
Mazkur  bandda  okrug,  uchastka  va  turli  pog’onadagi  Kengashlarda  saylov 
o’tkazuvchi komissiyalar vakolatlarini tahlil qilamiz
1
.  
Okrug  va  uchastka  saylov  komissiyalari  hamma  saylovlarda  tashkil  qilinadi. 
Viloyatlar tumanlar va shaharlarga saylov o’tkazuvchi saylov komissiyalari mahalliy 
Kengashlarga saylovlarda tashkil qilinadi. 
Okrug  saylov  komissiyasi  saylovlarda  muhim  o’rin  tutuvchi  o’rta  bo’g’indagi 
saylov  tuzilmasidir.  Qaysi  saylovlarda  tuzulmasin  ularning  vazifalari  o’xshash, 
shuning  uchun  ularni  vakolatlari  deyarli  bir  xil,  shu  bilan  birga  turli  saylovlarda 
tuziladigan okrug saylov komissiyalari vakolatlarida, qiladigan ishlarida ayrim farqlar 
mavjud.  “O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to’g’risida”gi  qonunning  16-
moddasida,  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to’g’risida”  va  “Xalq 
deputatlari  mahaliy  Kengashlariga  saylov  to’g’risida”gi  qonunlarning  13-
moddalarida  shu  saylovlarda  tuziladigan  okrug  saylov  komissiyalarining  vakolatlari 
belgilanib quyilgan.  
                                                           
1
 Bundan  tashqari  MSKning  vakоlatlari  “Markaziy  saylоv  kоmissiyasi  tо‘g‘risida”gi  qоnunda  ham 
mustahkamlangan bо‘lib, uning vakоlatlarini keйingi mavzuda kо‘rib chiqamiz. 


102 
 
Bu  vakolatlar  okrug  saylov  komissiyasining  tashkilotchilik,  nazorat  qilish, 
rasmiylashtirish  va  muvofiqlashtiruvchi  vazifalarini  to’la  amalga  oshirish 
imkoniyatini beradi.  
“O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to’g’risida”gi  qonunning  16-
moddasida  okrug  saylov  komissiyasining  quyidagi  vakolatlari  belgilangan.  Okrug 
saylov komissiyasi: 
1) butun okrug hududida ushbu qonunning ijrosini nazorat qiladi va uni bir xil 
tarzda qo’llanishini ta’minlaydi; 
2) saylov  uchastkalarini  tuzadi,  ularni  okrug  bo’yicha  tartib  raqamini 
belgilaydi,  manzilini  ko’rsatgan  holda  ularning  ro’yxatini  e’lon  qiladi,  uchastka 
saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib turadi; 
3) O’zbekiston Respublikasi Prezdentligiga nomzodlarni saylov kampaniyasida 
ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi; 
4) siyosiy  partiyalar,  okrug  hududida  joylashgan  korxonalar,  muassasalar  va 
tashkilotlar rahbarlarining saylovlarga tayyorgarlik ko’rish hamda uni o’tkazish bilan 
bog’liq masalalar yuzasidan axborotlarini tinglaydi; 
5) saylovchilar  ro’yxatlarining  tuzilishini  va  hammaning  ular  bilan  tanishib 
chiqishini kuzatib boradi; 
6) pul  mablag’larini  uchastka  saylov  komissiyalari  o’rtasida  taqsimlaydi, 
saylov  komissiyalarining  binolar,  transport  va  aloqa  vositalari  bilan  ta’minlanishini 
nazorat  qiladi  hamda  saylovni  moddiy  texnika  jihatdan  ta’minlanishini,  boshqa 
masalalarini ko’rib chiqadi; 
7) okrug  bo’yicha  saylov  yakunlarini  chiqaradi  va  ma’lumotlarni  Markaziy 
saylov komissiyasiga taqdim etadi; 
8) uchastka  saylov  komissiyalari  faoliyati  ustidan  tushgan  ariza  va 
shikoyatlarni ko’rib chiqib, o’z qarorini qabul qiladi; 
9) ushbu qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi qonunning 13-
moddasida  Qonunchilik  palatasiga  saylov  bo’yicha  tuziladigan  okrug  saylov 
komissiyalarini vakolati belgilangan. Unga asosan okrug saylov komissiyasi:  
- okrug hududida ushbu qonun ijrosini nazorat qiladi; 
- saylov uchastkalarini tuzadi, saylov okrugi bo’yicha ularning tartib raqamini 
belgilaydi, manzilini ko’rsatadi hamda ularni ro’yxatini e’lon qiladi;  
- uchastka saylov komissiyalarining faoliyati muvofiqlashtirib boradi; 
-  mablag’larni  uchastka  saylov  komissiyalari  o’rtasida  taqsimlaydi,  uchastka 
saylov  komissiyalarining  binolar,  transport,  aloqa  vositalari  bilan  ta’minlanishini 
nazorat  qiladi  va  saylov  okrugida  saylovni  moddiy  texnika  jihatdan  ta’minlanishini 
boshqa masalalarini ko’rib chiqadi; 
- deputatlikka nomzodlarga saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng 
imkoniyatlar yaratadi; 
-  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  ro’yxatga  olingan  nomzodlar 
to’g’risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi va bu nomzodlarga tegishli guvohnomalarni 
beradi; 
-  deputatlikka  nomzodlarning  saylovchilar  bilan  uchrashuvini  tashkil  etishga 
ko’maklashadi; 


103 
 
-  deputatalikka  nomzodlarning  ishonchli  vakillarini  ro’yxatga  oladi  va  ularga 
tegishli guvohnomalar beradi; 
-  siyosiy  partiyalar,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari,  davlatni  boshqa 
organlari  hamda  jamoat  birlashmalari  vakillarining,  korxonalar,  muassasalar  va 
tashkilotlar  rahbarlarining  saylovga  tayyorgarlik  ko’rish  hamda  uni  o’tkazish  bilan 
bog’liq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitadi; 
-  saylovchilar  ro’yxatining  tuzilishini  va  ular  bilan  hamma  tanishib  chiqishi 
uchun taqdim qilinishini kuzatib boradi; 
-  saylov  okrugi  bo’yicha  Markaziy  saylov  komissiyasi  tasdiqlagan  namunaga 
muvofiq  saylov  byulleteni  matnini  tasdiqlaydi,  byulletenlarni  tayyorlanishini, 
ularning uchastka saylov komissiyalariga еtkazilishini ta’minlaydi; 
-  saylov  okruglari  bo’yicha  ovoz  berish  natijalarini  aniqlab,  natijalarini 
Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi; 
-  takroriy  ovoz  berish,  takroriy  saylov,  shuningdek,  bo’shab  qolgan  o’ringa 
deputat saylovini tashkil etadi; 
- uchastka saylov komissiyalari faoliyati ustidan tushgan ariza va shikoyatlarni 
ko’rib chiqib, o’z qarorini qabul qiladi; 
- ushbu va boshqa qonunlarda belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Prezident  saylovida  tuziladigan  okrug  saylov  komisiyalari  bilan  Oliy  Majlis 
Qonunchilik  palatasi  saylovida  tuziladigan  okrug  saylov  komissiyalarining 
vakolatlarida  ko’plab  o’xshashliklar,  bir  xillik  bo’lsada,  bir-biridan  farqlari  ham 
mavjud. Bu farqlar, birinchidan, bir masalani turlicha tahlil qilishda ko’rinadi.  
 
Masalan,  “Prezident  saylovi  to’g’risida”gi  qonuning  birinchi  bandida  “okrug  saylov 
komissiyasi  butun  okrug  hududida  ushbu  qonunning  ijrosini  nazorat  qiladi  va  uning  bir  xil  tarzda 
qo’llanilishini  ta’minlaydi”  deb  yozilgan  bo’lsa,  “Oliy  Majlisga  saylov  to’g’risidagi  qonunning 
tegishli  moddasi  birinchi  bandida  “okrug  saylov  komissiyasi  saylov  okrugi  hududida  ushbu 
qonunning ijrosini nazorat  qiladi”  deb  yozilgan.  Bu ikki  ta’kidni  mazmuni bir  xil.  Xuddi shunday 
holatni  qonunlarning  okrug  saylov  komissiyasi  saylovga  tayyorgarlik  haqidagi  axborotni  eshitish 
vakolati  belgilangan  modda  bandlarida  va  har  ikki  qonunning  oxirgi  bandlarida  ko’rishimiz 
mumkin. 
 
 Ikkinchi  farq  bir  qonunda  bir  necha  masala  bir  bandda  yoritilgan  bo’lsa, 
ikkinchi qonunda ajratilib boshqa boshqa bandlarda belgilangan, masalan “Prezident 
saylovi  to’g’risida”gi  qonunda  saylov  komissiyasining  saylov  uchastkalarini  tuzish, 
ularni  faliyatini  muvofiqlashtirib  turish  vakolati  bitta  (16-modda  ikkinchi  bandi)da 
berilgan  bo’lsa,  “Oliy  Majlisga  saylov  to’g’risida”gi  qonunning  13-moddasi  saylov 
uchastkasi  tuzish  uchun  alohida,  uchastka  saylov  komissiyalarining  faoliyatini 
muvofiqlashtirish uchun alohida bandni nazarda tutgan (2, 3 - bandlar).  
Uchinchi  farq  bu  jiddiy  farq  bo’lib,  bir  okrug  saylov  komissiyasi  vakolatida 
uchramaydigan, ikkinchisida mavjud vakolatlarni borligidan kelib chiqadi. Bu farqlar 
asosan okrug saylov komissiyalariga yuklangan vazifalardan kelib chiqadi. Masalan, 
Oliy Majlisga saylov davrida tuziladigan okrug saylov komissiyalariga qonun: 

Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  ro’yxatga  olingan  nomzodlar 
to’g’risidagi  ma’lumotlarni  e’lon  qilish  va  nomzodlarga  tegishli  guvohnomalar 
berish; 


104 
 

deputatlikka  nomzodlarning  ishonchli  vakillarini  ro’yxatga  olish  va  ularga 
tegishli guvohnomalar berish; 

saylov byulletenini tasdiqlash, tayyorlash; 

takroriy  ovoz  berish,  takroriy  saylov  va  o’rni  bo’shab  qolgan  okruglarda 
saylov tashkil qilish vakolatini yuklagan. 
“Prezident saylovi to’g’risida”gi qonunda okrug saylov komissiyasiga bunday 
vakolatlar  berilmagani  sababi,  bu  vakolatlar  Prezident  saylovida  Markaziy  saylov 
komissiyasiga  tegishli.  Prezident  alohida  okrugdan  emas  butun  mamlakat  bo’yicha 
saylanadi.  Deputat  saylovida  deputat  okrugdan  saylangani  uchun,  shu  saylovni 
o’tkazish bo’yicha okrug saylov komissiyasiga kengroq vakolatlar berilgan. 
Turli  saylovlarda  tuziladigan  okrug  saylov  komissiyalarining  vazifalaridan 
kelib  chiqib,  ularning  vakolatlarida  ayrim  farqlar  bo’lsa,  uchastka  saylov 
komissiyalari,  ular  qaysi  saylovda  tuzilmasin  vakolatlari  bir  xil,  hеch  qanday  farq 
yo’q.  Chunki  uchastka  saylov  komissiyasining  vazifasi  bir  xil.  “O’zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to’g’risida”gi  qonunning  18-moddasi,  “O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi va “Xalq deputatlari viloyat tuman 
va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonunlarning 15-moddalari “Uchastka 
saylov  komissiyalarining  vakolatlari”  deb  nomalangan.  Ularga  asosan,  uchastka 
saylov komissiyasi:  
- uchastka bo’yicha saylovchilar ro’yxatini tuzadi; 
-  saylovchilarni  ro’yxat  bilan  tanishtiradi,  ro’yxatda  yo’l  qo’yilgan  xatolar  va 
noaniqliklar  to’g’risidagi  arizalarni  qabul  qiladi  va  ko’rib  chiqadi  hamda  ro’yxatga 
tegishli o’zgartirish kiritadi; 
-  saylov  kuni  turli  joyda  bo’ladigan  va  ovoz  berishda  ishtirok  etish 
imkoniyatiga ega bo’lmagan saylovchilarning ovoz berishini muddatdan oldin tashkil 
etadi; 
- saylovchilarni ovoz berish kuni, joyi haqida ogohlantiradi; 
-  ovoz  berish  binolari  va  saylov  qutilari  hamda  boshqa  saylov  ashyolarini 
tayyorlab qo’yadi; 
- saylov kuni saylov uchastkasida ovoz berishni tashkil etadi; 
- saylov uchastkasida berilgan ovozlarni sanab chiqadi; 
-  saylovga  tayyorgarlik  ko’rish  va  ovoz  berishni  tashkil  etish  masalari 
yuzasidan tushgan ariza va shikoyatlarni ko’rib chiqadi hamda ular yuzasidan adolatli 
qarorlar qabul qiladi; 
- Qonunlarda belgilangan boshqa vakolatlarini amalga oshiradi. 
Ko’rinib turibdiki,  uchastka saylov komissiyalarining  vakolatlari  asosan  ovoz 
berishni  qonuniy,  adolatli  tashkil  etish  va  uchastka  bo’yicha  dastlabki  natijani 
aniqlashdir. Natija bo’yicha bayonnoma tuzilib, u okrug saylov komissiyasiga taqdim 
qilinadi.  
Markaziy saylov komissiyasi “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov 
o’tkazuvchi  uchastka  saylov  komissiyalari  ishini  tashkil  qilish  tartibi  to’g’risida”gi 


105 
 
Nizomni  qabul  qilgan  (2014-yil  11-sentabr).  Shu  hujjatda  uchastka  saylov 
komissiyalarining vakolatlari bilan birga majburiyati ham belgilangan
1
.
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish