Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Jinoyat–ijroiya qonun hujjatlari va uning



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/317
Sana09.09.2021
Hajmi2,49 Mb.
#169271
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   317
Bog'liq
jazoni ijro etish muassasalari

 
Jinoyat–ijroiya qonun hujjatlari va uning  
prinsiplari 
Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari Insonparvarlik prinsipidan kelib chiqqan 
holda  har  bir  jinoyatchiga  jazo  tayinlaydi  va    shu  bilan  birga  jamiyat 
huquqlarini ‘oymol bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. 
 
 
Jinoyat-ijroiya  qonun  hujjatlari  Jinoyat-ijroiya  kodeksining  3-
moddasida  ta’kidlanganidek,  O’zbekiston  Respublikasining  butun  hududida 
qo’llaniladi.  Jazolarni  ijro  etish  va  mahkumlarni  axloqan  tuzatish  vositalari 
ham amalda bo’lgan qonun hujjatlariga muvofiq ravishda qo’llaniladi.  
 
 
O’zbekiston  Respublikasi  juda  ko’plab  xalqaro  hujjatlarni  ratifikatsiya
 
qilganligi  ma’lum,  jinoyat-ijroiya  qonun  hujjatlari  ham  xalqaro  huquqning 
muomaladagi prinsip va normalarini inobatga olib boradi [Ratifikatsiya (lot. 
Tasdiq  qilmoq)-xalqaro  shartnomaning  davlat  hokimiyati  oliy  organi 


31 
 
tomonidan  tasdiqlanishi.  “Huquqshunoslikka  oid  o’zlashma  terminlar” 
Toshkent “Adolat” 1999-y.].  
Jinoyat-ijroiya kodeksining 4-moddasida belgilanganidek, jinoyat-ijroiya 
qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilganidan  boshqacha  qoidalar  belgilangan 
bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari ko’llaniladi. 
Shuni  ta’kidlash  lozimki,  O’zbekiston  1948-yilda  qabul  qilingan  Inson 
huquqlari  umumjahon  Deklaratsiyasini  ratifikatsiya  kilgan.  Masalan,  unda 
xech  bir  shaxs  kiynoqqa  solinishi  mumkin  emasligi  (5-modda)  bayon 
qilingan. 
O’zbekiston  Respublikasi  ratifikatsiya  qilgan  yana  bir  xalqaro  hujjat 
1966-yilda  qabul  qilingan  “Fuqarolarning  siyosiy  huquqlari  to’g’risida”gi 
paktdir.  Uning  6-moddasida  belgilangan,  “har  bir  o’limga  hukm  qilingan 
shaxs avf so’rab murojaat qilish huquqiga ega”. 
Shu  bilan  birga  O’zbekiston  Respublikasi  tomonidan  quyidagi  jinoyat-
ijroiya qonunchiligiga oid xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilingan: 

  1948-yil qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi; 

  1966-yil qabul qilingan “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida” gi 
xalqaro pakt; 

  1984-yil  qabul  qilingan  “Inson  sha’ni,  qadr-qimmatini  xo’rlashga 
qarshi” Konvensiya; 

  1984-yil qabul qilingan o’lim jazosiga mahkum qilingan shaxslarning 
huquqiy kafolatlari to’g’risidagi akt; 

  1990-yil  qabul  qilingan  BMTning  voyaga  yetmaganlarning  ishini 
himoyalash to’g’risidagi me’yoriy akt va boshqalar. 
O’zbekiston  Respublikasining  Jinoyat-ijroiya  kodeksining  5-moddasida 
xalqaro hujjatlarga asoslangan holda jazoni ijro etish uchun sudning qonuniy 
kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya yoki avf akti 
asos bo’ladi, deb belgilab qo’yilgan. 
Mustaqillik  yillarida  jamiyatdagi  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga 
soluvchi 
bir 
qator 
qonunlar 
qabul 
qilindi. 
Bularning 
hammasi 
Respublikamizda xalqimizning turmush farovonligini yaxshilash, qonunlarga 
og’ishmay amal qilish va jazolarni ijro etishda o’ziga xosa ahamiyatga ega. 
Davlatning  ravnaqiga,  uning  rivojlanishiga  jinoyatchilik  jiddiy  to’siq 
bo’lishiga  qaramasdan  davlat  bunday  illatga  qarshi  faqat  adolatli  qonun  va 
unda belgilangan jazolari bilan kurashadi.  
Hozirgi  davrda  jazolarni  ijro  etish  borasida  O’zbekiston  Respublikasi 
qonunlarida 
nazarda 
tutilgan 
mahkumlarning 
huquq 
va 
qonuniy 
manfaatlarini  to’liq  ta’minlashga  erishilmoqda  va  mahkumga  sobiq  ittifoq 
tuzumi davridagi “xavfli jinoyatchi” nazari bilan qarash fikri fuqarolarimizda 


32 
 
asta-sekinlik 
bilan  yo’qolib  bormoqda,  sababi  yurtimizda  inson 
manfaatlariga  hurmat  bilan  qaralib,  uning  sha’n  va  qadr-qimmati  ezozlanib 
kelingan.  Mustaqilligimizning  ilk  yillaridan  boshlab  jazo  va  uni  ijro  etish 
masalalariga 
hukumatimiz 
tomonidan 
alohida 
e’tibor 
qaratilib, 
fuqarolarimizning  haq  huquqlari,  sha’nu  qadr  qimmati  birinchi  o’ringa 
qo’yildi.  
Hozirgi  davrda  jazolarni  adolatli  ijro  etish,  jazoni  ijro  etish 
muassasalari, organlari va vazifalarining asosiy xususiyatlarini o’rganish eng 
dolzarb  masalalar  sirasiga  kiradi,  uni  atroflicha  chuqur  tadqiq  tadqiq  etish 
har bir huquqshunos uchun ham qarz, ham farzdir. 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish