256
xavfi katta bo’lmagan yoki uncha og’ir bo’lmagan jinoyatni birinchi marta
sodir etgan shaxs, agar u jinoyat sodir etganidan keyin yetkazilgan zararni
bartaraf etib, o’z ixtiyori bilan aybini bo’yniga olish to’g’risida arz qilgan
bo’lsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin. Ya’ni mazkur modda
mazmunidan ko’rinib turibdiki, ushbu asosda ham jinoyat sodir etgan shaxs
ish sudda ko’rilayotgan vaqtda tegishli asoslar mavjud bo’lgan holda jazodan
ozod qilinishi mumkin. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 72-
moddasiga ko’ra, agar sud ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga
jo’natish, xizmat bo’yicha cheklash yoki axloq tuzatish ishlari jazolarini
tayinlash vaqtida sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik
darajasi, aybdorning shaxsi va ishdagi boshqa holatlarni e’tiborga olib,
aybdor tayinlangan jazoni o’tamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish
orqali tuzatish mumkin, degan qat’iy fikrga kelsa, shartli hukm qo’llashi
mumkin. Bunday holda sud, basharti, belgilangan sinov muddati davomida
jazoning shartliligini bekor qilish asoslari kelib chiqmasa, tayinlangan jazoni
ijro etmaslik to’g’risida qaror chiqaradi. Demak, shartli hukm qilingan
shaxsga nisbatan sud tomonidan tayinlagan jazo ijro etilmaydi. Lekin,
O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 72-moddasi 6-qismiga va
O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 535-moddasiga
muvofiq, agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud unga
yuklangan majburiyatlarni bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat
intizomini buzganligi uchun unga ma’muriy yoki intizomiy ta’sir chorasi
qo’llanilgan bo’lsa sud uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ
taqdimnomasiga binoan jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda
tayinlangan jazoni ijro etish to’g’risida ajrim chiqarishi mumkin. Bunday
holda mahkumning jazoni o’tashdan ozod qilinishi masalasi umumiy
asoslarda hal qilinadi.
Jinoyat-ijroiya kodeksi 163-moddasiga muvofiq, sud tomonidan
tayinlangan jazo muddati tugagunga qadar mahkum quyidagi hollarda jazoni
o’tashdan ozod qilinishi mumkin:
– muddatidan ilgari
shartli ozod qilinganda;
– jazo yengilrog’i bilan almashtirilganda;
– kasalligi yoki mehnat qobiliyatini yo’qotganligi tufayli;
– amnistiya yoki avf etilganligi tufayli.
Mahkum sud tomonidan belgilangan jazo muddatini to’liq o’tab
bo’lgunga qadar jazoni o’tashdan ozod qilinishi mumkin. Shuni ta’kidlash
kerakki, jinoyat uchun sud tomonidan tayinlangan jazo muddati qat’iydir.
Ammo axloqan tuzalgan mahkumlarga nisbatan rag’batlantirish hamda
ayrim mahkumlarning holatini hisobga olgan holda, jazoni o’tashdan ozod
qilinishi mumkin.
257
Jazoni o’tashdan ozod qilish mahkumga sud tomonidan tayinlangan
jazoning o’talmagan qismida yangi jinoyat sodir qilmasligiga ma’lum bir
ma’noda ishonch bildirish orqali jazoni keyingi qismini o’tashdan ozod
qilishda ifodalanadi.
Sud tomonidan tayinlagan jazo muddatlarini aniq hisoblash uchun
mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga qabul qilishni belgilangan
tartibi tashkil etilishi va jazo muddatlari hisoblab chiqilishi lozim. Jazo
muddatlari yillar, oylar va sutkalar bilan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: