Qattiq tartibli koloniyalarda saqlanayotgan mahkumlar sharoitini
yengillashtirish asoslari va tartibi. JIKning 119-moddasiga ko’ra,
qattiq
tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar.
Mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdorining bir yarim
baravarigacha bo’lgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur
narsalar sotib olishlari mumkin.
Mahkumlar yil mobaynida:
– uch marta qisqa muddatli va uch marta uzoq muddatli uchrashuv;
– to’rt marta telefon orqali so’zlashuv;
– to’rtta posilka yoki yo’qlov;
194
– to’rtta banderol olish huquqiga ega hisoblanadilar.
Qattiq tartibli koloniyalarda chekish, stolda o’ynaladigan o’yinlar
o’ynash, ko’r’a-to’shaklardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Beriladigan
ovqat ham kamaytirilgan normada, ularga bir sutkada bir soatgacha ochiq
havoda sayr qilishga ruxsat beriladi.
Qattiq tartibli koloniyalar kartserlarining bir kishilik kameralarida
saqlanayotgan mahkumlar oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar
sotib olish uchun belgilangan eng kam ish haqi miqdorining 30 foizigacha
pul sarflash hamda har kuni muddati bir yarim soatlik sayr qilish huquqiga
ega.
Qattiq tartibli koloniyalarning hibsxonalariga yoki tergov hibsxonalari
va turmalarining kartserlariga kiritib qo’yilgan mahkumlarga kamaytirilgan
normalar bo’yicha beriladi.
Mahkumlar hibsxona va kartserlarda bo’lgan paytlarida muassasa
ma’muriyati ularning shaxsiy buyumlari to’la-to’kis saqlanishini ta’minlaydi.
Intizomiy bo’limga kiritib qo’yilgan mahkumning oziq-ovqat mahsulotlari
va shaxsiy ashyolari omborxonaga to’shiriladi va jazo chorasi tugagandan
keyin unga qaytarib beriladi. Bunda uzoq saqlash oqibatida oziq-ovqat
mahsulotlari tabiiy sabablarga ko’ra buzilib, iste’mol uchun yaramay qolsa,
komissiya tuzilib, ushbu komissiya dalolatnoma tuzadi va mahkumning
roziligi bilan ular yo’q qilinadi.
Mahkumlarning ko’pi bilan uch mart qisqa muddatli va uch marta uzoq
muddatli uchrashuv, to’rt marta telefon orqali so’zlashuv, to’rtta posilka yoki
yo’qlov, to’rtta banderol olish huquqiga ega ekanligi haqida ham so’z
yuritiladi. Bu imtiyozlar mahkum sharoitining o’zgartirilishi bilan o’zgarishi
mumkin. Bu hol unga berilgan barcha imtiyozlarning bekor bulishi bilan
namoyon bo’ladi va JIK 109-moddasining to’rtinchi, beshinchi va oltinchi
qismlarida belgilangan huquqiy cheklash turlari va qo’shimcha huquqlardan
foydalanishga ruxsat etiladi. Jumladan, yengillashtirilgan sharoitdagi qattiq
tartibli koloniyalarda mahkumlar eng kam oylik ish haqining o’n foizigacha
qiymatda pul sarflash, qo’shimcha posilka, banderol yoki yo’qlov olish
huquqlari, telefon orqali so’zlashuv huquqlari bilan ta’minlanishi mumkin.
Qattiq tartibli koloniyadagi intizomiy bo’limlarida kartserlarda jazoni
o’tayotgan mahkumlar esa chekish, stolda o’ynaladigan o’yinlardan, kitob,
gazeta-jurnal va boshqa adabiyotlardan, o’rin-ko’r’a buyumlardan, telefon
orqali so’zlashuv va uchrashuvlardan foydalanish, oziq-ovqat mahsuloti va
eng zarur narsalarni sotib olish, yo’qlov, posilka hamda banderollarni olish
195
va jo’natish, xat va boshqa jo’natmalarni yuborish man etiladi. Ularga o’zlari
bilan birga oziq-ovqat va shaxsiy buyumlarni olib kirish taqiqlanadi,
yuvinish paytida foydalanish uchun beriladigan narsalar bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |