142
Mahkum homilador ayollar, emizikli onalar, voyaga yetmaganlarga,
shuningdek I va II guruh nogironlariga beriladigan ovqat normalari
oshiriladi. Tibbiy xulosa asosida ularga qo’shimcha oziq-ovqat maxsulotlari
olishga ruxsat berilishi mumkin.
Jazoni ijro etish muassasalarining intizomiy bo’linmalariga kiritib
qo’yish tariqasidagi jazo chorasi o’n besh sutkagacha bo’lgan muddatga
qo’llanilgan mahkumlarga ovqat kamaytirilgan norma bo’yicha beriladi.
Ma’lum toifadagi, ya’ni og’ir mehnatga jalb qilingan mahkumlarga
oshirilgan normada ovqat beriladi. Har bir jazoni ijro etuvchi muassasada
maxsus ovqat pishirish joylari bo’ladi va ular zarur idish-tovoq bilan
ta’minlanadi. Bir kunda mahkumlarga
uch mahal ovqat berilishi shart.
Shuningdek, mahkumlarni ishga jalb qilgan korxona yoki muassasalar
mablag’i hisobidan qo’shimcha ovqat berilishiga yo’l qo’yiladi.
Mahkumlarning ovqati maxsus oshxonalarda yollanma mehnatga jalb
qilinganlar va mahkumlarning o’zlaridan foydalangan holda tayyorlanadi,
Kun
tartibida
belgilangan
vaqtlarda
mahkumlar
ovqatlanadilar.
Mahkumlarga pishiriladigan ovqat birinchi navbatda sifatli va kaloriyaga boy
bo’lishi lozim. Mahkumlarga tarqatiladigan ovqat ma’muriyat vakili va
tibbiyot xodimi tomonidan tekshiriladi. Ovqat uchun tayyorlash zarur
bo’lgan xom ashyolar maxsus omborlarida saqlanadi. Koloniya hududidagi
do’kondan mahkumlarga normada belgilangan miqdorida qo’shimcha oziq-
ovqat sotib olishlariga ruxsat beriladi. Bundan tashqari, belgilangan miqdor
bo’yicha posilkalar olishlariga yo’l qo’yilganligi ham ularning qo’shimcha
oziq-ovqat olishlariga imkoniyat yaratadi.
Mahkumning ovqati albatta, inson jismining normal faoliyat yuritishi
uchun zarur talablarga javob bera oladigan bo’lishi lozim. Ovqat normasini
belgilashda ham mahkumlarning toifasiga qarab emizikli va homilador
ayollarga, voyaga yetmaganlar, I va II guruh nogironlari va kasalmand
mahkumlarga hamda og’ir mehnatga jalb qilingan mahkumlarga beriladigan
ovqat boshqalarnikidan farq qilishi mumkin. Ularga oshirilgan miqdorda
ovqat beriladi. Bir kunda uch mahal ovqatlantirilish tartibiga amal qilinadi.
Mahkumlarni ishga jalb qilgan korxona yoki muassasalar mablag’i hisobiga
qo’shimcha ovqat berishga yo’l qo’yiladi.[ Jinoyat-ijroiya kodeksiga
sharhlar. / M.H.Rustamboev, B.J.Axrarov va boshqalar. / Mas’ul muharrir:
yu.f.d., prof. M.H.Rustamboev. – T.: TDYI, 2007. – 574 b.]
Do'stlaringiz bilan baham: