Quyidagilar tergov hibsxonasida yoki turmada qoldirilmaydi:
ajnabiy fuqarolar va
fuqaroligi bo’lmagan
shaxslar;
Voyaga
yetmagan
shaxslar;
shuningdek sudlar va huquq-
tartibotni
muhofaza
qilish
organlarining
sobiq
xodimlariga
mansub
mahkumlar.
93
Masalan, Jinoyat-ijroiya kodeksi 53-moddasiga ko’ra, mahkumni
xo’jalik ta’minoti bilan bog’liq ishlarni bajarishi uchun zarurat bo’lsa, tergov
hibsxonasi yoki turmada qoldirish mumkin.
Mahkumni tergov hibsxonasida yoki turmada xo’jalik ta’minoti ishlarni
bajarish uchun qoldirish, bu ishlarni bajarish uchun ixtiyoriy yollanma
ishchilarni to’ish qiyin (kam haq to’lanishi, obro’siga to’g’ri kelmasligi bilan
bog’liqdir). Tergov hibsxonasida yoki turmada qoldirishga ko’pi bilan sakkiz
yilgacha va sakkiz yil muddatgacha ozodlikdan mahrum etishga hukm
qilinganlarga yo’l qo’yiladi.
Buning uchun albatta mahkumlarning yozma roziligi talab qilinadi. Bu
holat mahkumni tergov hibsxonasida yoki turmaga qoldirish uchun nafaqat
rasmiy ahamiyatga ega, balki uning huquqlarini buzilmasligiga ham xizmat
qiladi. Masalan: agar, mahkum o’zini yana jazoni ijro etish koloniyasiga
o’tkazish to’g’risida ariza bersa, tergov hibsxonasi yoki turma ma’muriyati
uning talabini qondirishi shart.
Tergov hibsxonasi yoki turma boshlig’ining buyrug’i mahkumni
xo’jalik ishlarni bajarishga qoldirish uchun asosiy yuridik asos hisoblanadi.
Bu hujjatning bir nusxasi mahkumning shaxsiy yig’ma jildiga tikib qo’yiladi.
Tergov hibsxonasi yoki turmada qoldirilgan shaxslarni boshqalardan
ajratgan holda saqlash lozim. Chunki tergov hibsxonasida odatda og’ir va
o’ta og’ir jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslar saqlanadi.
Ularning birga saqlanishi mahkumning xulqiga, boshqa tarafdan esa, tergov
jarayonining borishiga ham salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Xo’jalik
ta’minoti ishlarini bajarish uchun tergov hibsxonasida qoldirilgan
mahkumlar qulflanmaydigan umumiy kameralarda saqlanadilar, shuningdek,
bu mahkumlar jazoni ijro etish koloniyalarida o’tayotganlar foydalanayotgan
barcha huquqlardan foydalanadilar.
Ular o’z qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan qisqa muddatli yoki
uzoq muddatli uchrashish huquqiga egadirlar. Agar uzoq muddatli
uchrashuvga ruxsat berish imkoni bo’lmasa, bir martalik uzoq muddatli
uchrashuv o’rniga, ikki marta qisqa muddatli uchrashuvga ruxsat beriladi.
Qonunda tergov hibsxonasida yoki turmada qoldirilishi mumkin
bo’lmagan shaxslar toifasi belgilangan. Voyaga yetmagan shaxslar, xorijiy
davlat fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, shuningdek, sudlar va
huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining sobiq xodimlari bo’lgan
94
mahkumlar shular jumlasiga kiradi. Bunday cheklovlardan ko’zlangan
maqsad ularning xavfsizligini ta’minlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |