Maxsus tartibli koloniyalar quyidagi xususiyatlarni hisobga olgan
holda jihozlanadi:
- turar joy zonasi ikki qismga: kamera tipidagi va oddiy turar joylar
hududiga bo’linadi;
- oddiy turar joylar hududida boshqa turdagi koloniyalarda bo’lgan kabi
xizmat va kommunal-maishiy obyektlar joylashadi. Bunda turar-joylar
ma’muriy va xo’jalik-maishiy binolardan batamom ajratiladi. Tibbiyot
bo’limi va statsionar binosi yaxlit devor bilan o’raladi.
Intizomiy bo’linma kamera tipidagi xonalar mavjud bo’lgan hududga
joylashtiriladi, unda hibsxona va kartserlar kameralari bo’lib, kartser
kameralari mahkumlarni yakka saqlash uchun mo’ljallangan. Bu binolar
yaqinida sayr qilish maydonchalari jihozlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |