Sud tomonidan tayinlangan jazo
muddati tugagunga qadar mahkum
quyidagi hollarda jazoni o’tashdan
ozod qilinishi mumkin:
muddatidan
ilgari shartli
ozod qilinganda;
jazo yengilrog’i
bilan
almashtirilganda;
kasalligi yoki
mehnat
qobiliyatini
yo’qotganligi
tufayli;
amnistiya yoki
avf etilganligi
tufayli.
258
Mahkumni muddatidan ilgari shartli ozod qilish – ozodlikdan
mahrum qilish, intizomiy qismga jo’natish, xizmat bo’yicha cheklash yoki
axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazoni o’tashdan
muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo’llanilishi mumkin.
Jinoyat kodeksi 73-moddasida muddatidan ilgari shartli ozod qilish
tartibi keltirilgan. Mazkur moddaga muvofiq, o’n sakkiz yoshga to’lgan,
sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish, intizomiy qismga
jo’natish, xizmat bo’yicha cheklash yoki axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm
qilinib, jazoning muayyan muddatini o’tagan hamda o’rnatilgan tartib-qoida
talablarini bajargan, mehnatga halol munosabatda bo’lgan mahkumlarga
nisbatan qo’llaniladi hamda mahkum jazoni keyingi qismini o’tashdan ozod
qilinadi.
Jazodan muddatidan ilgari ozod qilish uchun mahkum umuman jazoni
ijro qilish davrida tegishli tartib qoidalarni buzmagan yoxud qilmishi uchun
berilgan intizomiy chorani o’tagan yoki undan ozod qilingan, yaxshi xulqi va
tarbiyaviy tadbirlarni o’tashda faolligi uchun rag’batlantirilgan bo’lishi talab
qilinadi.
Jazodan muddatidan ilgari ozod qilinadigan o’n sakkiz yoshga to’lgan
mahkum:
- ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan yoki uncha og’ir bo’lmagan jinoyati
uchun sud tayinlagan jazoning kamida uchdan birini;
- og’ir jinoyati uchun, shuningdek, qasddan sodir etgan jinoyati uchun,
agar shaxs ilgari ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo’lsa, sud
tayinlagan jazoning kamida yarmini;
- o’ta og’ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari
shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilrog’i bilan almashtirilgan shaxs,
jazoning o’talmagan qismi mobaynida yana qasddan yangi jinoyat sodir
etgani uchun hukm qilingan bo’lsa, sud tayinlangan jazo muddatining
kamida uchdan ikki qismini o’tagan bo’lishi shart.
Demak, jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish uchun
quyidagilar asos bo’ladi:
1) Jinoyat kodeksi 73-moddasining birinchi qismida ko’rsatilgan jazo
turlari uchun o’rnatilgan tartib-qoidalar talablarini bajarganligi;
2) shu jazolarni o’tash vaqtida mehnatga halol munosabatda
bo’lganligi;
3) jazoning qonunda ko’rsatilgan qismini o’tab bo’lganligi.
Shaxsni jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish uchun
asos yuqorida keltirilgan shartlarning barchasi bir vaqtda mavjud bo’lishi
259
lozim. Ushbu shartlarning birortasining bo’lmasligi jazodan muddatidan
ilgari shartli ravishda ozod qilishni istisno qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |