196
Maxsus tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga o’tkazilgan mahkumlar
jazoni bu yerga o’tkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida
o’taydilar.
Maxsus tartibli koloniyalarda mahkumlar sharoiti og’irlashtirilganligi
bilan ajralib turadi. Umumiy sharoitdagi maxsus rejimli koloniyalarda ham
mahkum sharoitining alohida og’irlashtirilganligini ko’rish mumkin.
Shuning uchun xam maxsus rejimli koloniyalarda faqat o’ta xavfli
retsidivistlar yoki umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi avf etilib,
ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan mahkumlargina saqlanishi
mumkin. Maxsus tartibli koloniyalarga ayollar yuborilmaydi.
Maxsus tartibli koloniyalarda saqlanayotgan mahkumlar ham jazoning
uchdan bir qismni o’tab bo’lgandan so’ng yengillashtirilgan sharoitga
o’tkazilishi mumkin. Yengillashtirilgan sharoitga o’tkazilgan mahkumlarga
JIKning 104-moddasi talablariga binoan qo’shimcha imtiyozlar beriladi.
Mahkum qanday shartlarga ko’ra yengillashtiriladigan sharoitlarga
o’tkazilgan bo’lsa, xuddi shu tartibda kartserlarga kiritib qo’yilishlari
mumkin. Kartserga kiritib qo’yishga o’n besh sutkagacha ruxsat beriladi.
Jumladan, mahkumlar turmalardan jazoni ijro etish koloniyasiga va maxsus
tartibli koloniyadan qattiq tartibli koloniyaga sud tayinlagan jazo
muddatining kamida yarimini o’taganlaridan keyin, JPK 537-moddasida
nazarda tutilgan tartibda o’tkaziladi.
Jumladan, ushbu moddada ta’kidlanishicha qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan asoslarga muvofiq mahkumni jazoni ijro etishning bir tartibli
koloniyasidan boshqa tartibli koloniyasiga, turmadan koloniyaga va
koloniyadan turmaga o’tkazish jazoni ijro etish muassasi ma’muriyatining
taqdimnomasiga binoan, shuningdek, mahkum yoki uning himoyachisining
iltimosnomasiga ko’ra, sudya tomonidan amalga oshiriladi.
Sudya jazoni ijro etishning bir tartibli koloniyasidan boshqa tartibli
koloniyasiga, turmadan koloniyaga, koloniyadan turmaga o’tkazishni rad
etsa, bu masala yuzasidan kiritilgan taqdimnoma yoki iltimosnoma rad qilish
haqida qaror chiqarilgan kundan boshlab kamida olti oy o’tgach, qayta ko’rib
chiqilishi mumkin.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish
bilan almashtirilgan mahkumlar odatda alohida kameralarda saqlanadilar.
Kameralarda saqlanayotgan mahkumlar mehnati ham kamera
sharoitlariga mos ravishda tashkil etiladi. Maxsus tartibli koloniyalarda
saqlanayotgan mahkumlar har kuni bir yarim soatgacha, yengillashtirilgan
sharoitga o’tkazilgach esa ikki soatgacha sayrga olib chiqilishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: