AJRIM
(sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash to‘g‘risida)
2014-yil iyun oyining 19-kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo
sudining ochiq sud majlisi o‘z binosida bo‘lib, raislik etuvchi sudya (F.I.O.),
(F.I.O.)ning kotibligida, taraflar ishtirokida, da’vogar (F.I.O.)ning javobgar Respublika
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markaziga nisbatan ishga tiklash va majburiy
progul vaqti uchun ish haqi undirish haqidagi 1-3565/14-sonli fuqarolik ishini ko‘rib,
quyidagilar
Aniqlandi:
Respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi Bosh vrachining
2014-yil 28-maydagi 8-sonli buyrug‘iga ko‘ra, (F.I.O.) O‘zbekiston Respublikasi
Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismiga binoan, bajarayotgan ishiga
noloyiqligi va sog‘ligi nochorligi tufayli egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Buyruqda ishdan bo‘shatishga Toshkent shahar Tibbiy mehnat ekspertizasi
hamda tibbiy ko‘rik nazorat komissiyasi xulosalari asos qilib olinganligi ko‘rsatilgan.
Aniqlanishicha, Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 6-sonli oilaviy poliklinika
qoshidagi tibbiy ko‘rik komissiyasi tomonidan (F.I.O.)ning mehnat vazifasini davom
ettira olmasligi haqida xulosa berilgan.
Tuman Markaziy poliklinikasi qoshidagi tibbiy ko‘rik komissiyasi tomonidan esa
(F.I.O.)ning mehnat vazifalarini davom ettira olishi mumkinligi haqida xulosa berilgan.
Yuqoridagi holatlarni hamda mazkur holatda sud-tibbiyot sohasidagi mutaxassis
bilimi talab qilinishini inobatga olgan holda, sud mazkur ish bo‘yicha sudga oid sud-
tibbiyot ekspertizasi tayinlash lozim deb hisoblaydi.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
345
Shuningdek, sud bunday toifadagi ekspertizani o‘tkazish uchun ma’lum vaqt
talab qilinishini inobatga olib, FPKning 93-moddasi beshinchi qismiga asosan, ushbu
fuqarolik ishi bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatib turishi lozim.
Binobarin, sud FPKning 84-, 93-, 237–238-moddalarini qo‘llab,
Ajrim qiladi:
Mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlansin va uni
o‘tkazish respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi sud-tibbiyot ekspertizasi
Toshkent shahar bo‘limi mutaxassislari zimmasiga yuklatilsin.
Ekspertlar oldiga quyidagi savollar qo‘yilsin:
1. Tibbiy mehnat ekspertizasi tomonidan (F.I.O.) ga 2-guruh nogironligi to‘g‘ri
belgilanganmi?
2. (F.I.O.) sog‘lig‘i holati bo‘yicha Respublika DSENMda bo‘lim boshlig‘i
lavozimida ishlashi mumkinmi ?
Ekspertlar ixtiyoriga fuqarolik ishi, ajrim nusxasi va tibbiyot hujjatlari yuborilsin.
Ekspertiza o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash da’vogar zimmasiga
yuklatilsin.
Ekspertlar bila turib noto‘g‘ri xulosa berganlik yoki xulosa berishdan bosh
tortganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238–240-
moddalarida ko‘rsatilgan jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilsin.
Ekspertiza o‘tkazish tugaguniga qadar fuqarolik ishi bo‘yicha ish yuritish
vaqtincha to‘xtatilsin.
Ajrimning ish yuritishni to‘xtatib turish haqidagi qismiga 10 kun muddat ichida
shu sud orqali fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga apellyatsiya tartibida
xususiy shikoyat yoki protest keltirilishi mumkin.
Sudya: imzo (F.I.O.)
Do'stlaringiz bilan baham: |