335
Aniqladi :
Da’vogar (F.I.O.) javobgarlar (F.I.O.) va (F.I.O.)larga nisbatan uy-joydan
foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish va uydan ko‘chirish haqida da’vo arizasi
bilan sudga murojaat etgan.
O‘z navbatida, (F.I.O.) javobgarlar (F.I.O.) va (F.I.O.)larga nisbatan
ishonchnomani va oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi qarshi
da’vo arizasi bilan sudga murojaat etgan.
Yakkasaroy tumanlararo sudining ajrimiga asosan ishga (F.I.O.) qo‘shimcha
javobgar sifatida jalb etilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudining
2013-yil 20-dekabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, da’vogarning da’vo talablari
qanoatlantirilib, javobgar (F.I.O.) va qo‘shimcha javobgar (F.I.O.)lar oila a’zolari bilan
Sirg‘ali tumani, O‘zgarish mavzesi, 8-uy, 54-xonadondan uy-joy bilan
ta’minlanmasdan majburiy tartibda ko‘chirilgan. Javobgar (F.I.O.) Sirg‘ali tumani,
O‘zgarish mavzesi, 8-uy, 54-xonadondan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb
topilgan. Javobgar (F.I.O.)ning (F.I.O.) va (F.I.O.)larga nisbatan ishonchnoma va oldi-
sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo talablarini qanoatlantirish
rad etilgan. (F.I.O.)dan davlat foydasiga 380.623 so‘m davlat boji undirilgan.
Javobgar (F.I.O.) Yakkasaroy tumanlararo sudining mazkur hal qiluv qaroridan
norozi bo‘lib, apellyatsiya tartibida shikoyat keltirgan va hech qayerda
ishlamayotganligi sababli moddiy jihatdan qiynalayotganligini, shikoyat berish uchun
25.000 so‘m miqdorida davlat boji to‘laganligini ko‘rsatib, to‘lanishi lozim bo‘lgan
davlat boji to‘lovlarining qolgan qismidan ozod etishni so‘ragan.
Sud arizachi (F.I.O.)ning vajlarini va ish hujjatlarini muhokama etib, quyidagi
asoslarga ko‘ra, arizani qanoatlantirish va apellyatsiya shikoyati berishda undiriladigan
davlat boji to‘lovidan qisman ozod qilish lozim deb hisoblaydi.
FPKning 110-moddasida sud fuqaroning mulkiy ahvoliga qarab, uni davlat
daromadiga undiriladigan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etishga haqli ekanligi
ko‘rsatilgan.
Sud javobgar (F.I.O.)ning hech qayerda ishlamayotganligi sababli moddiy
jihatdan qiynalayotganligini, apellyatsiya shikoyati berishda 25.000 so‘m davlat boji
to‘laganligini inobatga olib, uni apellyatsiya shikoyati berishda to‘lanadigan davlat boji
to‘lovining qolgan qismidan ozod etish lozim deb hisoblaydi.
Yuqoridagilarga binoan, FPKning 110-, 237–238-moddalarini, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli qarori bilan
tasdiqlangan «Davlat boji stavkalari»ning 1-qismi «d» va «j» bandlarini qo‘llab, sud
Do'stlaringiz bilan baham: |