Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish – O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining 191-moddasiga ko‘ra, egasi bo‘lmagan yoki egasi
noma’lum bo‘lgan ashyo egasiz ashyo hisoblanadi. Egasiz ko‘chmas
ashyolar tegishli davlat organining yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish
organining arizasiga muvofiq ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatiga
oluvchi organ tomonidan hisobga olinadi. Egasiz ko‘chmas ashyo, hisobga
olinganidan keyin uch yil muddat o‘tgach, davlat mol-mulkini boshqarishga
vakolati bo‘lgan organ yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bu
ashyoni davlat mulkiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi
mulkiga kirgan deb hisoblash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat etishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |